Dinamika qatorlarini qayta ishlash usullari - Dinamika qatorlaridagi mavjud tendentsiyalarni aniqlash va baholash statistikaning muhim vazifalaridan biridir. Asosiy tendentsiyalarni o'rganish jarayonida o'zaro bog'langan ikkita vazifa hal etiladi: l)o'rganilayotgan hodisada trendning mavjudligi; 2)aniqlangan trendni statistik o'lchash.
- Dinamika qatorlaridagi trendning mavjudligini aniqlash bir qancha mezonlar bilan amalga oshiriladi.
Dinamika qatorlarini o'rganishning boshqa statistik metodlari Mavsumiylikni aniqlash va o'lchash - Bizga ma'lumki, ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarish va ayniqsa ularni iste'moli mavsumga bog'liq.
- Masalan, go'sht va go'sht mahsulotlari iste'moli qish oylarida ancha yuqori, issiqlik energiyasi sarfi yoz oylarida qishga nisbatan ancha kam, qishloq xo'jalik mahsulotlarining iste'moli va ayniqsa ularni qayta ishlash masalalari ham mavsumiy xarakterga ega, dehqon bozoridagi mahsulotlarga bo'lgan narxlarni olib qarang, ayrim oylarda ularning narxi mavsum oylarga nisbatan 6-8 barobar (undan ham ortiq bo'lishi mumkin) yuqori.
Mavsumiylik nega o'rganiladi? Bu muammoni o'rganish juda katta ahamiyatga ega. Birinchidan, ishlab chiqaruvchilar biznes-rejani tuzayotganda shu korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotga talabning eng yuqori darajasi qaysi oylarga to'g'ri kelishini bilishadi; ikkinchidan, tadbirkorlar qishloq xo'jalik mahsulotlarini xarid qilishga va ularni qish oylarida saqlashga tayyorgarlik ko'radilar; uchinchidan makroiqtisodiy darajada rejalar tuzilayotganda (ayniqsa, investitsiya masalalari bo'yicha) tarmoqlarni rivojlanish istiqbollariga e'tibor beriladi; to'rtinchidan, eng asosiysi, etishtirilgan mahsulotni (qishloq xo'jalik mahsulotlarini ko'proq nazarda tutayapmiz) iste'molchilarga etkazib berishda tabiiy va notabiiy yo'qotishlar kamaytiriladi (ayrim olimlarning hisob-kitobiga qaraganda daladan dasturxongacha bo'lgan masofada 35-40% mahsulot yo'qotilar ekan). - Mavsumiylik nega o'rganiladi? Bu muammoni o'rganish juda katta ahamiyatga ega. Birinchidan, ishlab chiqaruvchilar biznes-rejani tuzayotganda shu korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotga talabning eng yuqori darajasi qaysi oylarga to'g'ri kelishini bilishadi; ikkinchidan, tadbirkorlar qishloq xo'jalik mahsulotlarini xarid qilishga va ularni qish oylarida saqlashga tayyorgarlik ko'radilar; uchinchidan makroiqtisodiy darajada rejalar tuzilayotganda (ayniqsa, investitsiya masalalari bo'yicha) tarmoqlarni rivojlanish istiqbollariga e'tibor beriladi; to'rtinchidan, eng asosiysi, etishtirilgan mahsulotni (qishloq xo'jalik mahsulotlarini ko'proq nazarda tutayapmiz) iste'molchilarga etkazib berishda tabiiy va notabiiy yo'qotishlar kamaytiriladi (ayrim olimlarning hisob-kitobiga qaraganda daladan dasturxongacha bo'lgan masofada 35-40% mahsulot yo'qotilar ekan).
Do'stlaringiz bilan baham: |