while mantiqiy ifoda :
tsikl jismi;
Bu usulda tsikl tashkil qilinganda, dastlab mantiqiy ifodaning qiymati aniqlanadi. Agar u True boʻlsa, tsikl jismi bir marta bajariladi. Shundan soʻng, yana mantiqiy ifodaning qiymati hisoblanadi. Bu jarayon to mantiqiy ifodaning qiymati False boʻlib qolmaguncha davom etaveradi. Shundan keyin tsikl jismini bajarish toʻhtaydi va boshqaruv navbatdagi buyruqqa uzatiladi (3.2-rasm).
Zarur boʻlganda mantiqiy ifodaning False boʻlishini kutmay, takrorlash jarayonini break operatori yordamida toʻxtatish mumkin.
Masala-2. A va V natural sonlari berilgan boʻlsin. Ularning eng katta umumiy boʻluvchisini toping.
Yechish g‘oyasi: Bu masalani "Evklid algoritmi" yordamida hal qilish mumkin. Bu algoritmga koʻra toki A va B sonlari bir-biriga teng boʻlib qolmaguncha, kattasidan kichigi ayrilaveradi. Xar gal ayirma shu sonlardan kattasini ifodalayotgan oʻzgaruvchi nomi bilan saqlab qoʻyiladi. Bu jarayon A B boʻlganda toʻxtaydi. Yechim sifatida A yoki B lardan birini olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |