1.L miqdorga ta’sir etuvchi omillar:
ish kuni, haftasi, yilining davomi;
ishchi kuchining yosh tarkibi;
v) ishchi kuchining jins bo‘yicha tarkibi.
2.MUga ta’sir etuvchi omillar:
umumiy ta‘lim darajasi;
kasbiy ta‘lim darajasi
v) ko‘nikma darajasi (kasb bo‘yicha ishlagan vaqt);
g) mehnatga haq to‘lash darajasi va tizimi.
Ishlab chiqarish fondlari (moddiylashgan mehnat):
1.K miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar:
fondlarning qancha vaqt ishlatilishi va potensial quvvatlardan
foydalanish darajasi;
fondlarning aylanma tezligi.
2.Ishlab chiqarish fondlari baholanishiga ta’sir etuvchi omillar:
fondlar texnologik darajasi va ma‘naviy eskirish darajasi;
fondlarning tarmoqlararo taqsimlanishi;
v) fondlarning hududiy taqsimlanishi;
g) ishlab chiqarish ko‘lami.
Omilli yondashuvning rivoji ishlab chiqarish funksiyasi usuli takomillashuvidan ko‘ra, iqtisodiy va statistik ishlar chuqurlashuvini ko‘zda tutadi.
Omil tahlil va prognozlashda tarmoqlararo nuqtai nazarlarga yondashish maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, tarmoqlarning omillar va xususiyatlari roli kuchayadi, oraliq harajatlar (hom ashyo, yoqilgi, elektrenegiya, yarimfabrikatlar) muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan jonli mehnat va ishlab chiqarish fondlarini differensiyalash imkoni paydo bo‘ladi (masalan, ish kuchini kasblar va malaka darajasiga qarab guruhlash). Uchinchidan bir tarmoq o‘sishi boshqa tarmoq o‘sishiga asos bo‘lgani uchun, omil tahlil tarkibiy tahlil bilan birikib ketadi.
2. Umumiy talabni prognozlash.
Yalpi talab – bu, barcha xo‘jalik sub‘ektlari (hukumat, uy xo‘jaliklari, firmalar), tovar va xizmatlar iste‘molchilari sifatida turli narx darajalarida bu sub‘ektlar qancha tovar va xizmatlar sotib olishlarini ko‘rsatuvchi modeldir.
«Makroiktisodiyot» kursida yalpi talabning narx va narxdan boshqa omillari mavjudligi ma‘lum. Yammni xarajat bo‘yicha aniqlovchi va yalpi talab- AD ni hisobga oluvchi bahodan tashqari omillar ko‘rsatkichlari o‘xshashligiga e‘tiborni tortadi:
YaIMqS+Jg+G+Xn,
Bu yerda: S-shaxsiy iste‘mol harajatlari;
Jg-yalpi ichki xususiy investitsiyalar; G- hukumatni tovar va xizmatlar xaridi; Xn-sof eksport.
Yalpi talab iste‘mol, investitsion, davlat harajatlari va sof eksport yig‗indisidan iborat. Agar bu narxsiz omillarni qo‘shsa, narxlardagi (o‘rtacha tortilgan narx) tovar va xizmatlarga Yatni topamiz. Yamm va AD orasida farq nimaq Gap shundaki, iste‘mol harajatlari (S)- Yamm elementi sifatida qaralganda, sotilgan, ya‘ni talab qilingan tovar va xizmatlar tushuniladi. Bu holda tahlil va prognozlanganda shaxsiy iste‘mol xarajatlari va iste‘mol xarajatlari kabi tushunchalardan foydalanish mumkin. Yammning iste‘molchisini topmagan qismi Yamm hisobida yalpi ichki xususiy investitsiyalarga tovar va xizmatlar zaxiralari o‘zgarishi investitsiyasi sifatida kiradi. Zaxira oshishi ishlab chiqarish (taklif) sotuvdan (talab) oshganini bildiradi va bo‘ farq Yamm hisob - kitobida hisobga olinishi kerak.
Agar zaxiralar kamaysa, bu yil ishlab chiqarish sotuv hajmidan kamligini, ya‘ni o‘tgan yil zaxiralari sotilganini bildiradi. Bunda Yammni zaxiralar kamayishi miqdoriga kamaytirish lozim. Bundan tashqari uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar harajatlariga faqat ularning amortizatsiyasi kiritiladi. Bu ham shu yilda, ham o‘tgan davrlarda sotib olingan tovarlarga tegishli. Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarning sotilmagan qismi zaxiralarga investitsiya sifatida kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |