Keys tavsifi: mazkur keys syujetsiz hisoblanadi. Ushbu keysdagi
vaziyat korxonaning tahliliy ko'rsatkichlari asosida tuzilgan. Keysning
obyekti «Foton» OAJ korxonasi hisoblanadi. Keys m a’lumotlar va
dalillar asosida ishlab chiqilgan bo'lib, tuzilmaviy va o'rta hajmdagi
keys-stadi hisoblanadi. O ’quv vazifasi topshiriqlar sifatida berilgan.
Didaktik m aqsadlarga ko'ra, keys tahlil- qilish, baholash va
rejalashtirishni o'rgatishdan iborat. Keys muammosining shakllani-
shi va tuzilishi davriy ketma-ketlikda berilgan.
Keysning afzalliklariga quyidagilar kiradi: o'quv mashg'ulotini
keys-texnologiya bo'yicha o'qitish talabalarning mustaqil ishlashi-
ni ta ’minlaydi. Keysda natijaviy bahoni belgilovchi «Vaziyatli tahlil
varaqasi» mavjud.
U shbu keysdan «Korporativ boshqaruv», «Moliyaviy m enej
ment», «Marketingni boshqarish» va «Biznes strategiyasi» fanlarining
m ashg'ulotlarida foydalanish mumkin.
KIRISH
O ’zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish va unda tub islohot-
larni amalga oshirish uchun birinchi navbatda ishlab chiqarishni
keng yo‘lga qo'yish talab etiladi. Ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni shakl
lantirish va uni diversifikatsiya qilishda yaratilayotgan mahsulot-
larning raqobatbardoshligini ta ’minlash darkor. Tovarlarni ishlab
chiqarishda uning sifati bilan bir qatorda narxini ham muqobil dara-
jaga keltirish menejerning asosiy vazifalaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Shuni inobatga olgan holda, O ’zbekiston Respublikasi Prezi-
dentining «Mahalliy xom-ashyo asosida tayyor m ahsulotlar, ehti
yot qism lar hamda m ateriallarni ishlab chiqarishni lokalizatsiya
qilish Dasturi to ‘g ‘risida»gi Р -3 8 6 -sonli qarori qabul qilindi. Maz-
kur qarorning asosiy maqsadi, mahsulot qismlarini import qilishni
kamaytirish, uni mahalliy sharoitda arzon va sifatli ishlab chiqarish-
dan iborat. Buning uchun Davlat tomonidan korxonalarga yetarli
ravishda imtiyozlar yaratilmoqda. Xususan, mahsulot ehtiyot qism
larini ishlab chiqarish uchun kerak bo'ladigan texnika va texnologi-
yalarni chetdan olib kelayotgan tadbirkorlar uchun bojxona to'lovlari,
daromad, mulk solig'i, yagona ijtimoiy to‘lov stavkalari pasaytirilgan.
M a h alliy lash tirish d a stu ri korxona im k o niy atlaridan kelib
chiqqan holda qo'llanishi lozim, buning uchun Ishlab chiqarishni
chuqur tahiil qilish va uni strategik rejalashtirish kerak bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni alohida ta ’kidlash lozim-ki,
tay y orlangan keys talab alarn in g ishlab chiqarishni boshqarish
bo'yicha bilimini chuqurlashtiradi. Ushbu keysni yechish natijasida
talabalar mahsulotlarni mahalliylashtirish dasturini baholash, korxo
na ishlab chiqarish maqsadlarini aniqlash, tovar va baho siyosati
hamda tovar sotuvini jadallashtirish bo'yicha (rhwa-tadbirlarni ish
lab chiqish ko‘nikmalariga ega bo'ladilar.,
2 № i
Talabalar keysda shakllantirilgan muammoni hal etish uchun
ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilishi, baholashi va rejalashtirishi
zarur bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |