Dilnavoz Yusupova


»  dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

»
 dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari 
 
«Lison ut-tayr» dostoni shoir umrining so‗nggi yillarida, 1499-yili yozib tugallangan. 
Doston hajman 193 bob, 3666 baytdan iborat.
«Lison ut-tayr» dostoni falsafiy-tasavvufiy mavzuda yaratilgan bo‗lib, ulug‗ fors-
tojik adibi Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» dostoniga javoban yozilgan. Alisher 
Navoiyning o‗zi shu dostonida bolalik davridayoq «Mantiq ut-tayr»ni ishtiyoq bilan 
o‗qiganligi va yod olganligini aytadi.
«Lison ut-tayr» dostoni an‘anaviy tarzda muqaddima, asosiy qism va xotimani o‗z 
ichiga oladi. Muqaddima 13 bobdan iborat.
Dostonning asosiy qismi 14-bobdan boshlanadi. Bir kuni barcha qushlar majlis 
qurmoq uchun yig‗ilibdilar. Lekin majlisda o‗rin talashib janjallashib qolibdilar. Shunda 
ular agar bir adolatli podsho bo‗lganda, bahsga hojat qolmagan bo‗lardi deb o‗ylabdilar. 
Shu vaqt Hudhud degan qush shunday podshoh borligini, uning nomi Simurg‗ ekanligi va 


245 
Simurg‗ning huzuriga bormoqchi bo‗lganlar uzoq hamda mashaqqatli yo‗lni bosib 
o‗tishlari zarurligini aytadi.
Qushlar Hudhud boshchiligida yo‗lga tushadilar. Bir necha kun yo‗l yurgach 
mashaqqatli safar ularni toliqtiradi. Ular ortga qaytmoqchi bo‗ladilar va birin-ketin 
Hudhudga o‗z uzrlarini ayta boshlaydilar. Dastlab To‗ti uzr aytadi. Hudhud unga javoban 
«Hiylagarlikni kasb qilgan yashil chakmonli kishi» bilan bog‗liq hikoyatni keltiradi. 
To‗tidan so‗ng Tovus uzr aytib: «Tangri meni atrofdagilar ko‗rib, husnimga tahsin 
aytishlari uchun yaratgan, shunday ekan, menga bu safardan ne hojat?» – deydi. Hudhud 
unga javoban masxaraboz bir hinduning o‗zini turli naqsh-u nigorlar bilan bezab 
maydonda tomosha ko‗rsatgani, uning atrofi bir gala beboshlar to‗dasi bilan to‗lgach, 
nazoratchilar tomonidan tutib olinib, darra bilan savalangani haqidagi hikoyatni keltiradi. 
Undan so‗ng Bulbul uzr aytadi. U o‗z chamanidagi bir gulga oshiqligini, guldan ayriliqqa 
chidolmasligi va bu safar unga cheksiz hajr azobini olib kelayotganligini bayon qiladi. 
Hudhud unga bir podshohga oshiq bo‗lib qolgani haqida lof urgan gado hikoyatini 
keltiradi. Shu tariqa Qumri, Kabutar, Kabki dariy (Tog‗ kakligi), Tazarv, Qarchig‗ay, 
Shunqor, Burgut, Kuf (Boyo‗g‗li), Humoy, O‗rdak, Tovuq (Xo‗roz) kabi qushlar o‗z 
uzrlarini aytadilar. Hudhud ularning har biriga mos holatda turli hikoyatlar bilan javob 
qaytaradi.
Qushlar yo‗llarida davom etadilar. Ular Hudhuddan Simurg‗ga yetishish yo‗li haqida 
so‗raydilar. Hudhud ularga dostondagi eng katta va alohida mavqega ega bo‗lgan «Shayx 
San‘on» haqidagi hikoyatni so‗zlab beradi.
Hikoyatda keltirilishicha, Shayx San‘on
15
ismli avliyo Ka‘badagi barcha shayxlarga 
murshid – ustoz darajasida edi. Uning 400 ga yaqin muridi bo‗lib, ularning har biri 
Junayd
16
va Boyazidlarga
17
teng edi. Shayx San‘on tushida biror narsani ko‗rsa, bu voqea 
o‗ngida ham yuz berardi. Bir kuni u tushida Rum mamlakatida butxona ichida mast holda 
sayr qilib yurganligini ko‗radi. Uyg‗onib bu holiga tavba qiladi. Lekin mazkur tush bir 
necha bor takror bo‗lgach, uning ta‘biri taqdiri bilan aloqador ekanligini his qilib o‗z 
muridlari bilan Rum sari yo‗lga tushadi. Nihoyat, Rum o‗lkasiga yetib kelishadi. U yerda 
15
Shayx San‘on (ibn Saqqo) – XI – XII asrlarda yashagan tarixiy shaxs.
16
Junayd Bag‗dodiy – tasavvufdagi sahv (hushyorlik) konsepsiyasining asoschisi. 910-yili vafot etgan.
17
Boyazid Bistomiy – tasavvufdagi sukra (ilohiy sharobdan mastlik, devonalik) yo‗lining asoschisi. 961-yili vafot etgan 
mashhur shayx.


246 
g‗aroyib bir butxonani ko‗radilar. Shayx butxonaga kirgach, holatida o‗zgarish sodir 
bo‗ladi, ko‗ngli iztirobdan betoqat bo‗la boshlaydi. Shunda beixtiyor uning qarshisida 
yuziga parda tortgan tarso (xristian diniga mansub) qiz paydo bo‗ladi. Shamol ko‗tarilib, 
go‗zalning yuzidagi parda ochilgach, Shayx o‗zidan ketib tuproqqa yiqiladi. Shu tariqa 
Shayx ishq dardiga mubtalo bo‗ladi.
Shayxning bu musibatli holatini ko‗rib muridlari nasihatlar bera boshlaydilar. Ular 
Shayxga aql mezoni bilan xitob etadilar, Shayx esa ishq yo‗sinida javob qaytaradi. 
Muridlar unga tahorat olib, ibodat qilmoqni maslahat berganlarida, Shayx ularga shunday 
javob qaytaradi: 
Shayx deb: 
«
Yo‘q ko‘z yoshimdin o‘zga suv,
Qon kelur hardam bog‘irdin ko‘zga suv
»
.
Muridlardan birining Ka‘bani ziyorat qilmoq darkor degan da‘vatiga Shayx 
tomonidan shunday javob bo‗ladi: 
Shayx debkim: 
«
Onda qilg‘onni talab 
Munda topdim, ne chekay ul yon taab
»
.
Shu tariqa Shayx har muridning kuyinib aytgan o‗gitlariga ishq so‗zi bilan javob 
qaytaradi.
Butxonadagi kishilar esa din ahlining bu holatini mazax qilib, o‗z dinlarining 
ustunligini gumrohlarcha ta‘kidlay boshlaydilar. Bu hol tong yorishgunga qadar davom 
etadi. Muridlar nomusga chidolmay Shayxni yolg‗iz tashlab ketadilar. Shayx butxonadagi 
bolalarga ham masxara bo‗ladi. Shu tariqa oradan bir oy o‗tadi. Nihoyat, tarso qizi yana 
butxonada paydo bo‗ladi va islomdek buyuk din peshvosi Shayxning kofirlar butxonasida 
bu tarzda yashashidan maqsadi ne ekanini so‗raydi. Shayx tarso qiziga o‗z holini bayon 
qilib, bularning barchasiga sababchi sening orazing deb javob beradi. Tarso qizi shayx 
ishqining dalili sifatida unga to‗rt shartni bajarishi va ikki jurmona (jarima) to‗lashi 
kerakligini aytadi. Aytilgan to‗rt shart quyidagilar edi: 


247 
1)
 
may ichmoq; 
2)
 
zunnor bog‘lamoq; 
3)
 
Qur’onni o‘tda kuydirmoq; 
4)
 
butparastlar diniga kirmoq. 
Jurmona sifatida esa bir yil davomida cho‗chqaboqarlik qilish va otashgohda o‗t 
yoqishni buyuradi. Shayx bu shartlar va jurmonalarni ortig‗i bilan ado etadi. Shu tariqa 
oradan bir yil o‗tadi.
Shayxning Ka‘bada bir foniy
18
muridi bo‗lib, Shayx Rumga otlanganida, u boshqa 
bir mamlakatda safarda edi. Safardan qaytgach Shayxni topolmay, bo‗lib o‗tgan voqealar 
haqida surishtiradi. Muridlar unga ahvolni bayon qiladilar. Foniy murid ularga ta‘na qiladi 
va barcha muridlarni Rum sari yo‗lga boshlaydi. Yetib borib ko‗radiki, Shayxda na islom, 
na iymon maslagidan asar qolmagan. Sodiq shogird bu holni ko‗rib oh uradi va kecha-
kunduz Yaratganga munojot qilib Shayxning haqiga duo o‗qiydi va, nihoyat, Alloh uning 
duosini qabul etadi. Shayxga g‗oyibdan ogohlik yetib, ko‗zlaridan xijolat yoshlarini 
to‗kib, sadoqatda bemisl bo‗lgan shogirdiga uzrxohlik qiladi. Shayx yana egniga poklik 
xirqasini kiyib o‗z muridlari bilan Ka‘ba sari yo‗l oladi.
Rumda qolgan tarso qizi tush ko‗radi. Tushida Iso (a.s.)dan: «Shayx San‘ondek 
buyuk murshid sening huzuringga mehmon bo‗lib kelsa-yu, sen mezbonlik odatini 
bilmasdan uning boshiga ne kunlarni solding?! Endi vaqtni g‗animat bilib uning ortidan 
bor, diniga musharraf bo‗l», – degan xabar keladi. Tarso qizi oh urgancha, ko‗zlaridan 
nadomat yoshlarini to‗kib Ka‘ba tomon yo‗lga tushadi. Yo‗lda unga xastalik va ojizlik 
yuzlanib, tuproq ustida hushidan ketadi. Shayxga bu hol ayon bo‗lib muridlari bilan ortga 
qaytadi va tarso qizining so‗nggi lahzalarda iymon sohibasi sifatida jon berishiga shohid 
bo‗ladi.
Shu o‗rinda Navoiy agar unga Alloh umr bersa, o‗z ishqi sharhini nazmga solib bir 
doston yozish niyati borligini aytadi: 
Bir necha kun umrdin topsam amon, 
Sharhi ishqim nazm etay bir doston.
18
Foniy – o‗zligidan kechib Haq vasliga yetishgan solik. 


248 
 
Anda bilgay kimgakim insofdur 
Kim, so‘zum chinmudurur yo lofdur.
Ma‘lumki, tasavvufda Haqni tanishning ikki yo‗li mavjud. Birinchisi hayajonli, ruhiy 
kechinmalarni oshkora izhor etib borish mayli bo‗lsa, ikkinchisi osoyishta, ichki dardni 
yashirish maylidir. Birinchi mayl «sukra» (mastlik) yo‗li deb atalib, uning yirik 
namoyandalari sifatida Boyazid Bistomiy, Mansur Halloj, Abu Sa‘id Abulxayr, Farididdin 
Attor, Jaloliddin Rumiy, Boborahim Mashrab nomlarini keltirish mumkin. Ikkinchi mayl 
sahv (hushyorlik) yo‗li deb nomlanib, uning tarafdorlari qatorida Junayd Bag‗dodiy, 
Sa‘diy Sheroziy, Bahouddin Naqshband kabi ijodkorlarni sanab o‗tish mumkin.
Adabiyotshunos olim N.Komilovning fikricha, Shayx San‘onning barcha diniy 
ilmlari va Qur‘onni unutishi Haqqa yetish uchun dunyoviylikdan, jumladan, aql va aqliy 
narsalardan qutulish, o‗zligini unutishga ishoradir. Uning xotirasi qaytishi esa sukradan 
sahvga qaytish hisoblanadi. Haqiqiy baqo sahv, ya‘ni hushyorlikka qaytishdan keyin 
boshlanadi. Sukradagi solik bamisoli dengizga sho‗ng‗ib g‗arq bo‗lgan kishi bo‗lsa, 
sahvga qaytgan dengizga sho‗ng‗ib gavhar donalarini olib qaytib chiqqan g‗avvos kabidir.
Hudhud hikoyatdan so‗ng asl manzilga yetish uchun 7 vodiyni bosib o‗tish 
kerakligini aytadi. Qushlar vodiylardan o‗ta boshlaydilar: 
1.
 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish