2.2. Uyga berilgan mashqlarni imlo xatolarsiz, grammatik qoidalarga rioya qilgan holda bajarsa,
amalga oshirilgan ishlarni tushuntira olsa, ular mukammal ijro etilgan bo’lsa-3 ball;
-mashqlarni bajarishda juz’iy kamchiliklarga yo’l qo’yilib, grammatik manbalarni tushuntirishda
ikkilanishlar sodir bo’lsa, ya’ni o’zining fikrida sobit turmasa-2 ball;
-mashqlarni yozishda e’tiborsizlik qilib, imloviy va uslubiy xatolarga yo’l qo’yib, yozganlarini
tushuntirishda kamchiliklarga yo’l qo’ysa-1 ball qo’yiladi.
2.3. Berilgan matnlarni ravon, tutilmasdan, ifodali aytib, tayanch so’z va birikmalarning
barchasini qo’llab, savollarga ijobiy javob bersa-2 ball;
-matnlarni so’zlashda juz’iy kamchiliklarga yo’l qo’yilsa, yangi so’z va so’z birikmalarining
ma’lum qisminigina ishlata olmasa-1 ball;
-matnlarni gapirishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yib, tayanch so’z va iboralarning yarmidan ko’p
qismini nutqda qo’llamasa hamda talaffuzda xatolar qilsa-0,5 ball qo’yiladi.
2.4. TMIlari uchun tanlangan qo’shimcha adabiyot, EO’A, Internet tarmog’i, davriy matbuot va
boshqa axborot manbalarining murakkablik darajasi, ular asosida amalga oshirilgan ishlar
(Berilgan matnning rejasini tuzish, tayanch so’z va gaplarni ko’chirib yozish, matnning ayrim
qismlarini hikoya qilish, ifodali o’qish, tarjima qilish, o’qilganlar yuzasidan suhbat o’tkazishga
tayyor bo’lish va b.q.), mashqlar bajarish, suhbat yoki munozara tashkil qilsa-3 balldan 4
ballgacha;
-yuqorida qayd etilganlarning barchasini to’liq bajarib, ularni og’zaki nutqda bayon qilishda
kamchiliklarga yo’l qo’yib, imloviy va uslubiy xatolarga yo’l qo’ysa-2 balldan 3 ballgacha;
-TMIlar uchun berilgan topshiriqlarni yozma bajarib, og’zaki nutqda o’z fikrini bayon qilishda
qiynalsa yoki javob bera olmasa-0,5 balldan 1 ballgacha qo’yiladi.
10
2.5. O’tilganlar asosida yozma ish uchun berilgan test topshiriqlari, grammatik materiallar,
xorijiy yoki ona tillariga tarjima uchun so’z birikma yoki gaplar, matnlar tarjimalari mukammal
bajarilib, kamchiliklarsiz amalga oshirilsa-15 balldan 20 ballgacha;
-yozma ish uchun berilgan topshiriqlar bajarilib, imloviy hamda uslubiy xatolarga yo’l qo’yilsa-
10 balldan 15 ballgacha;
-topshiriqlarning yarmisi bajarilib, g’aliz jumlalar hamda xatolar etarlicha bo’lsa-5 balldan 10
ballgacha qo’yiladi.
2.6. Yakuniy baholashning yozma ishi 3 ta topshiriqdan iborat bo’lib, har biri uchun 10 balldan
ajratilgan. Agar talaba uchala topshiriqqa mukammal javob yozgan bo’lsa-25 balldan 30
ballgacha;
-uchala berilgan topshiriqqa talaba to’liq javob berib, unda imloviy, uslubiy xatolar mavjud
bo’lib, vazifalar to’liq yoritilgan bo’lsa-16 balldan 24 ballgacha;
-berilgan topshiriqlarning 50%i bajarilib, kamchiliklar etarli darajada bo’lsa, bunday nazorat
ishlariga 9 balldan 15 ballgacha qo’yiladi va talabaning fanni past darajada o’zlashtirganligi
qayd etiladi.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |