Qonun korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali qurol
Reja:
1. Manfaatlar mojarosi
2. Pora yoxud “dildan chiqqan hadya”
3. Korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari
Manfaat nima degan savolga har kim o’z javobini bergan. Umumlashtirilganda esa
moddiy, ma’naviy jismoniy va boshqa jihatlardan ko’riladigan foydaga nisbatan
beriladigan ma’no kelib chiqqan. Bu jumlalarni eshitganda hozirgi kunda biroz og’irroq
tuyulishi tabiiy. Chunki so’nggi muloqotlarimiz doirasida faqatgina salbiy jihatdan
qo’llayotgan bo’lsak ne ajab. Aytaylik: “ Falonchi o’z manfaatini ko’zlab, falonchini
ishga joylab qo’yibdi” , “O’z foydasi uchun , shuncha daromadni o’zlashtiribdi”.
Vaqti zamonlarki deyiladi: “Sizga manfaatli bo’lsin deb ushbu kitobni oldim” , “
Oilamga foydam tegsin deya tinim bilmayman”. Bir so’z ikki tushuncha. Tanlov siz-u
bizda.
To’gri insonmiz. Yolg’izlikka bardosh berish, o’zaro aloqalarga kirishmasdan hayot
kechirish anchayin mushkul. Yer yuzida inson yaratilibdiki ,o’zaro manfaatlar
to’qnashmoqda. Shu to’qnashuvlar sababli tarixda Qadimgi Rim, Yunoniston
madaniyatlari, Hindistondagi taraqqiyot-u, Shummer- Akkad podsholiklari vujudga
keldi. Afsuslar bo’lsinki ,ikki jahon urushlarini, tirik yetimlarni, begunoh qonlar
to’kib, qadamjolarni vayron bo’lishiga ham shu “yaramas manfaat” aybdor
Bu to’qnashuv hozir ham davom etmoqda. Aytaylik ,men biror tadbirkorlik bilan
shug’ullanishdan manfaatdorman. Buni yo’lga qo'yish uchun harakat boshladim. Turli
yo’llar bilan shu soha mansabdori va o’z “manfaat”larimizni to’qnashtirdik. Xalq
manfaatidan o’z foydamiz ustun bo’ldi. Shunchaki oddiy misol. Lekin shu kabi
holatlarni yurtimizda bo’lganligi haqida eshitib, ko’nglingdan xiraliklarni o’tkazasan
kishi. Bu holatlarni oldini olish va bunday holatlarni takrorlanmasligi uchun samarali
ishlar olib borilyotgani quvonarlidir. Xususan joriy yilning iyun oyidagi Prezident
farmoni loyihasiga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga
jinoiy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda. Antikorrupsiya agentligiga manfaatlar
to‘qnashuvi bilan bog‘liq shartnoma, buyruq va boshqa hujjatlarni to‘xtatish to‘g‘risida
taqdimnoma yoki uni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sudga da’vo kiritish vakolati
beriladi. 2022-yil 1-yanvarga qadar «Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish
to‘g‘risida» qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Moslovshunchanmiz-da. Neki bo’lsa nafsimizga tog’irlashni xohlaymiz. Qaysi dinni
qaramang pora haqida bayonlar va hukmlar kelgan. Bu ishdan insonlarni qattiq
qaytargan.. Aholimizning asosiy qismini tashkil etuvchi musulmonlarning muqaddas
manbalarida pora olish Qur'oni Karim va Payg'ambar alayhissalomning sunnatlarida
hamda ijmo'ga ko'ra tamoman xarom qilindi. Bosqinchilik, sudxo'rlik, qimor kabi botil,
bekor va puch narsalarga shariat aslo ruxsat bermagan. Alloh taolo o'zining kalomida
shunday deb marhamat qiladi: "Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq - harom
yo‘llar bilan yemangiz! (Ya'ni, bir-biringizning haqqingizni yemang!) Va (gunoh
qilayotganingizni) bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini gunoh - harom yo‘llar
bilan yeyish uchun (mollaringizni pora qilib) hokimlarga uzatmang". (Baqara surasi,
188-oyat) Ya'ni boshqalarning haqqini sizlarga o‘zlashtirib berishlari uchun
hokimlarga pora bermanglar.
Abu Hurayra roziyallohu anhu: "Rosululloh sallallohu alayhi vasallam hukmda pora
beruvchini ham, pora oluvchini ham la'natladilar", deganlar. Yana bir rivoyatda:
"O‘rtadagi kishini ham", deyilgan. Boshqa bir hadisda Rosululloh sallallohu alayhi
vasallam: "Bironta hukmda pora beruvchini ham, pora oluvchini ham Alloh la'natlasin",
dedilar.
Ulamolar aytganlar: "Pora beruvchining maqsadi musulmonga ozor yetkazish yoki
haqqi bo‘lmagan narsani qo‘lga kiritish bo‘lsa, u mal'undir. Bordi-yu, o‘zining haqqini
qo‘lga kiritishi yoki o‘zidan zulmni daf qilish uchun pora bersa, u mal'un bo‘lmaydi.
Hokim esa biron bir haqni bekor qiladimi yoki zulmni daf qiladimi farqi yo‘q, uning
pora olishi haromdir. O‘rtasidagi kishi esa pora beruvchi kabi maqsadiga qarab
baholanadi. Agar niyati yaxshi bo‘lsa, mal'un bo‘lmaydi. Bordi-yu niyati yomon bo‘lsa,
u mal'undir".
So’ngi paytlarda pora va hadya orasidagi farqni moslashtirishga bo’lgan
“ o’zgarishlarga” ham ko’zimiz tushmoqda. Keling shu o’rinda pora va hadyani farqlari
haqida to’xtalib o’tsak. Taniqli olim va faqih Zayniddin ibn Nujaym al-Misriy al-Xanafiy “ Pora va uning turlari” risolasida quyidagilarni bayon qiladi. Pora toʼrt xil
boʼladi. Ikki tarafdan ham harom boʼladigan turi. Аgar bulardan biri pora berib qozi
boʼlsa, qozi boʼlib hisoblanmaydi. Bu holatda pora oluvchiga ham, qozi boʼluvchiga
ham haromdir.
Ikkinchi turi, qoziga uning foydasiga hukm qilishini koʼzlagan holda pora berishdir. Bu
pora ikki tomonga ham harom. Qozining hukmi xoh haq boʼlsin, xohi nohaq boʼlsin,
buning farqi yoʼq.
Yana bir turi shuki, oʼzining jonidan yoki mol-mulkidan qoʼrqib, birovga pora bergan
boʼlsa bunday pora oluvchiga harom, beruvchiga harom emas. Аgar birov uning
molidan tama qilsa, molidan bir qismini unga bersa ham xuddi shundaydir.
Yana bir turi esa porani podshoh oldida ishini oʼtkazib berish uchun bersa, berish halol
boʼladi. Bu holatda oluvchiga pora olish halol boʼlmaydi.
«Hadya – sovgʼa uch xil boʼladi. Birinchisi, hadya beruvchi tarafga ham, oluvchiga
ham halol. Bu mehr-muhabbat sababli sovgʼa oldi-berdisidir. Ikkinchisi, ikki tarafga
ham – hadya beruvchiga ham, uni oluvchiga ham haromdir. Bu zulmga yordam berish
uchun hadya berishdir. Uchinchisi, hadya beruvchi tomonga halol. Bu oʼziga qaratilgan
zulmni toʼsish uchun hadya berishdir. Bu oluvchiga harom. Buning hiylasi uni uch yoki
bir necha kun ijaraga olib turishdir. Аgar muddatni belgilamasa, joiz boʼlmaydi.
Bularning hammasi shart qoʼyilganda boʼladi. Аgar shart qilmasdan hadya bersa, lekin
hadya berilsa podshoh oldida yordam boʼlishini aniq bilgan boʼlsa, buning hukmi nima
boʼladi? Mashoyixlarimiz buning zarari yoʼq, deganlar.
Ko’rinib turibdiki , pora bu hadya emas. Ikkalasi orasida qat’iy belgilangan chegaralar
mavjud. Endi o’z-o’zni aldab ovutgandan foyda yo’qdir. Shu o’rinda boshqa diniy
manbalarda bu haqida nimalar deyilganligi haqida ham dalillar keltirib o’tsak.
Tavrotda quyidagicha keltiriladi: sadoqatsizlar haqida ta’rif ketar ekan, “…har biri
porani sevar, Hadyaning ortidan quvar…” (Ishayo,1.23) “Yomonlik qilishga ustadir
ular. Amaldor-u qozilari pora olishadi…” (Mixo, 7.3) Bibliyada ham “ Begunohni
o’ldirmoq uchun pora olgan la’nati bo’lsin” ( Qonunlar, 27.25)
Yuqorida ham aytgan edik. Qaysi din bo’lmasin poraxo’rlikni qoralaydi. Jamiyatlar
esa buni qabul qilmaydi. Va bunga nisbat illat deb baho beradilar.Yurtimizda so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy
mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy
hujjatlar, jumladan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar
profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati
to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi
qonunlar qabul qilindi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda
litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari
mexanizmlarini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini
tasdiqlashga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish
maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar
kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. Bundan tashqari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-
sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni qabul
qilindi. Mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish
sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli
sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash
agentligi tashkil etildi.
|Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, qonun ustuvorligi ta’minlansa, ularning
ijrosida yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek shaxsiy manfaatlarga yo’l qo'yilmasa
korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib bora olamiz. O’zgarishni o’zimizdan
boshlasak, o’zgalarni ham o’zgartirishda to’siqlarga duch kelmaymiz. Milliylik bu
qaysidir ma’noda jamiyat a’zolari uchun o’z qonuni. Din o’z e’tiqod qiluvchilarining
o’z qonuni. Konstitutsiya bu mamlakatimiz qonuni. Qonun korrupsiyaga qarshi
kurashda eng samarali qurol
Do'stlaringiz bilan baham: |