Диктантлар тўплами



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/107
Sana11.02.2022
Hajmi0,89 Mb.
#443209
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107
Bog'liq
diktantlar toplami

Xotira diktant 
1-namuna.
Berilgan xalq qo`shig`ini ifodali o`qing va yod olib uni yozing.
Sumalak 
(xalq qo`shig`i) 
Sumalakjon, sumalak, 
Men senga jonim halak. 
Sumalak qadim ovqat,
Uni pishirib berish,
An‟anaviy zo`r odat.
 
Bug`doyni avval olib,
Taxtaga yayratamiz.
Haftalab suvni sepib,
Bahorday yashnatamiz.
Tayyor bo`lgan bug`doyjon, 
Yanchib-yanchib ezilar.
Suvi siqib olinib,
Doshqozonga solinar.
 
 
Yayrab-yayrab momolar, 
Qozonni bulg`ab turar. 
O`sma tortgan qiz-juvon, 
Sho`x qo`shiq kuylab turar.
 
 
 
 
 
Sumalakjon, sumalak, 
 
 
 
 
Men senga jonim halak. 
 
 
 
 
Sen pishib chiqqaningda, 
 
 
 
 
To`yib-to`yib bir yalay. 
 
2-namuna.
She‟rni yod olib yozing. Shaxs nomlarini eslab qoling. Yana 
qanday mashhur allomalarni bilasiz? Shu haqda suhbatlashing.
Ona tilim o`lmaydi
Notiq dedi:
«Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda. 
Tillar yo`qolur, butkul, 
Bir til qolur dunyoda» 
- Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan?
Navoiy bilan Pushkin 
Turib keldi qabrdan.
Kim darg`azab, kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron, 
Firdavsiy, Balzak, Tagor,
«Va‟zingni qo`y, birodar,
Sen aytganing bo`lmaydi!» 
Barcha dedi barobar, 
«Ona tilim o`lmaydi!»
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
(E.Vohidov ) 
 


40 
3-namuna.
O`zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida» gi Qonunidan 
olingan bandlarni o`qib, yoddan yozing. Shu haqida suhbat quring.
1-modda.
O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir.
2-modda.
O`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi Respublika hududida 
yashovchi millat va elatlarning o`z ona tilini qo`llashdan iborat Konstitutsiyaviy 
huquqlariga monelik qilmaydi.
24-modda.
O`zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga 
mensimay yoki xusumat bilan qarash ta‟qiqlanadi.
4-namuna.
Maqollarni o`qing, ularda ilgari surilgan g`oya haqida fikrlang va 
yoddan yozing. 
1. Eling senga cho`zsa qo`l, 
Unga doim sodiq bo`l. 
2.
Yurt boshiga ish tushsa, 
Er yigit nozir bo`lur. 
3.
Xalq bor yerda haqlik bor. 
4.
El boqsa, baxting kular, 
El bo`lmasa, taxting qular. 
5.
Xalqqa suyansang, bo`lasan, 
Xalqdan chiqsang, so`lasan. 
6.
Birlikda baraka bor.
5-namuna.
Quyidagi so`zlarning imlosiga diqqat qiling va xotirangizda saqlab 
ularni yodda yozing. 
Badiiy, xafa, mehr, izzat, ehtirom, mukammal, latofat, mamnuniyat, 
konstitutsiya, himoya. 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish