SAYLANMA DIKTANT 1-namuna. Matnni ko`chiring. Undagi qaratqich va tushum kelishigini
aniqlang.
Non Nonni ona sutiga tenglashtiradilar. Inson bolasiga dunyoda mana shu ikki buyuk ne‟matdan qimmatli narsa yo`q. Chunki vaqti kelib ona bolasini sutdan ayiradi. Endi bola umrining oxirigacha ona suti o`rniga non tanovul qiladi. Non ona sutining davomchisidir. Non qachon paydo bo`lgan? Olimlarning taxminicha, nonning paydo bo`lganiga 15 ming yildan oshgan. Qadimgi Misrda birinchi marta oshirilgan xamirdan foydalanish odat tusiga kirdi. Non yopish san‟ati keyinroq greklarga va rimliklarga o`tgan. Qadimgi Rimda yumshoq bug`doy non nihoyatda totli hisoblangan. Bu yerda novvoylar nonning ko`plab navlarini kishilarga tortiq etganlar. Non inson mehnatining mahsulidir.
34
Buvi-buvalarimiz bizni «Nondek aziz bo`l!» - deb duo qiladilar. («Taqvim» dan)