Solishtirish usuli - bunda tekshiriluvchi xamda standart moddalar rangli eritmalarini bir xil qalinlikdagi kyuvetada optik zichliklari solishtirib aniqlanadi :
Dx va Dst uchun lx =lst.
Fotometriyaning asosiy qonuni qo‘llanganda
Dx=Cxl; Dst =
ESstl. tenglamasi hosil bo‘ladi.
Bu tengliklarni noma’lum konsentratsiyasi (Sx)nisbatan olib hisoblash formulasi quyidagicha:
Dx
Sx = Cst ----------
Dst
Grafik kalibrlash (chizma) usuli, bunda bir necha standart, ya’ni ma’lum miqdorda tekshiriluvchi modda saqlagan, eritmalarni optik zichliklari aniqlanadi. Olingan natijalar asosida kalibrlash grafik chizmasi chiziladi. Abssiss o‘qlariga standart eritma konsentratsiyasi ko‘rsatkichlari, ordinat o‘qiga shu eritmalarni optik zichliklari qo‘yiladi. So‘ngra tekshiriluvchi modda eritmalarini optik zichliklari aniqlanilib, chizma asosida uni konsentratsiyasi, ya’ni miqdori topiladi. Bu usul ko‘p sonli moddalarni eritmalarini aniqlashda qo‘llaniladi.
D D
tg = -------- S = ----------
S tg
Qo‘shib aniqlash usuli. Tekshiriluvchi modda eritmasini optik zichligi (Dx) o‘lchanadi. So‘ngra unga modda eritmasidan aniq miqdor qo‘shiladi va yana aralashmani optik zichligi (Dx+a) o‘lchanadi. Tekshiriluvchi moddani noma’lum konsentratsiyasi shu eritmaning optik zichligini aralashma optik zichligi bilan solishtirib aniqlanadi. Fotometriyaning asosiy qonuni bo‘yicha
Dx=CxI va Dx+a= I(Cx+Ca) hosil bo‘ladi.
Bu tenglamalarni matematik nisbiy echimi asosida Sx ni quyidagi formula asosida topiladi.
Dx
Sx = Sa ----------------
D(x+a) -Dx
Bunda Sa - aniqlanuvchi eritmaga qo‘shilgan eritma konsentratsiyasi.
Qo‘shish usuli asosan fotometriya usulida noma’lum eritma hamda standart qo‘shiladigan eritmalar uchun bir xil sharoitda olib borilganligi tufayli, bo‘lishi mumkin bo‘lgan aralashmalarning salbiy ta’sirini kamaytirib, usul sezgirligini va aniqlik darajasini oshiradi.
Diferensiallash usuli. Bu usulda tekshiriluvchi xamda standart modda eritmalarini optik zichliklari Yuqorida ko‘rsatilgan usullardagidek optik zichligi nol bo‘lgan reaktiv aralashmalariga nisbatan emas, balki konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan, rangli, ammo S0 nol deb qabul qilingan modda eritmasiga nisbatan o‘lchanadi. Eritma rangi odatda tekshiriluvchi modda eritmasi konsentratsiyasiga yaqin tayyorlanadi. Aniqlanishi lozim bo‘lgan modda miqdori (Sx) nisbiy optik zichlik-konsentratsiya asosidagi kalibrovkali chizma asosida, yoki quyidagi formula asosida hisoblab topiladi.
Sx = S0+ FDx
Bunda G‘ - hisoblash faktori bir nechta standart eritmalardan asosida quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
Sst -S0 ΔC
Do'stlaringiz bilan baham: |