Spektrofotometrlar
Qayd qilinmaydigan spektrofotometrlar SF-4, SF-4A, SF-16.
Nur manbai: vodorodli va deyteriyli lampalar UB sohada 186-380nm. cho‘g‘lanish lampasi ko‘rinuvchan va IQ sohada 350-1100nm.
Monoxromator-dispergirlovchi prizma. Detektorlar: surma-seziyli fotoelement 186-650nm.
kislorod-seziyli fotoelement 600-1100nm.
Bunday spektro fotometrlar 1 ta nur yo‘liga ega bo‘lgan asboblar turiga kiradi. Qayd qilinadigan spektrofotometrlar SF-10, SF-14, SF-26, SF-46 va boshq.
Bunday asboblar eritmalarning nur yutish spektrlarini va qattiq hamda kukun holidagi rangli moddalar spektrlarini o‘zi chizadi. Nur yo‘liga bu moddalarni qo‘yib, asbob elektr tokiga ulansa sxema asosida asbob o‘zi spektrni chizadi.
Spektr yozuvi 2 minutdan 12 minutgacha davom etadi. Ikkilangan monoxromatorlar ishlatiladi. Nur manbai-cho‘g‘lanish lampasi. Ish diapazoni 400dan 750nm gacha.
SF-10 va SF-14 2ta nur yo‘liga ega.
SF-26 va SF-46 lar esa 1ta nur yo‘liga ega.
2-rasm. SF-4 spektrofotometrini optik chizmasi.
1-oynali ob’ektiv; 2- disperlovchi kvarsli prizma; 3- tirqish(shel); 4-kvarsli plastinka; 5-nur manbaasi; 6- oynali kondensator; 7-tekis yuzli oyna; 8-shtorka; 9-fotoelement; 10-kfavsli plastinka; 11-kyuveta; 12- svetofiltr; 13-kvarsli linza.
Spektrofotometriya va fotokolorimetriya usullarining sezgirligi.
Fotometrik tahlil usulning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri uning sezgirligidir. Usulning sezgirligi yordamida modda tarkibidagi kichik miqdordagi qoldig‘ini (sledov) aniqlashda, sanoatda ishlab chiqarayotgan maxsulotlarni, ayniqsa yarim o‘tkazgich materiallarnini tarkibi nazorat qilishda keng qo‘llaniladi. Usulga qo‘yiladigan talablar taqqoslovchi kolorimetrik hamda fotokolorimetrik va spektrofotometrik usullar uchun har xildir.
Taqqoslovchi (vizual) kolorimetrik usulda tekshiriluvchi rangli eritmani, taqqoslovchi moddaning rangiga solishtirib miqdorini aniqlashga asoslanadi.
Fotoelektrokolorimetrik usulda, usulning sezgirligiga asosan izlanuvchi va taqqoslovchi eritmalarning optik ko‘rsatkichini taqqoslash yuqori sezgirlikda amalga oshiriladi. Bunda asosan tahlil jarayonida o‘zgarmas to‘lqin uzunligida kyuvetaning bir xil hajmida olib borish bir xil natijalarni aniqlikda olishga asos bo‘ladi. YAna boshqa xatoliklarga olib keladigan sabablardan dastlabki moddaning eritmasini tayyorlash, hamda halaqit beradigan moddalardan tozalash jarayonida bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun fotometrik usulning sezgirligini xususiyati fotometrik reaksiyalarni hosil bo‘lishi va fotometrik usulning o‘zini moddaga nisbatan va uning tarkibidagi moddalarni xolatiga bog‘liqdir.
Fotometrik usulda uning sezgirligiga ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlarda quyidagilar inobatga olinadi:
1. Fotometrik reaksiya asosida izlanuvchi va taqqoslovchi modda eritmalarni nur yutish xususiyatini aniqlashda molyar nur yutish koeffitsenti () yordamida amalga oshirish yaxshi natijalarga olib keladi.
Fotokolorimetrik usulni amalga oshirishda optimal konsentratsiyadagi eritmani tanlash
Ma’lumki moddalarning konsentratsiyasi bilan yutilgan nurning intensivligi orasida miqdoriy bog‘lanish mavjud.
Fotometriyada qo‘llaniladigan moslamalarga, fotometriyani olib borish sharoitlariga, moddalarni fizik- kimyoviy xususiyatlariga qarab moddalarni nur yutish spektriga asoslanib, ularni konsentratsiyalarini aniqlash turlicha usulda olib boriladi. Fotometriya usulida standart va tekshiriluvchi modda eritmalarini konsentratsiyasini aniqlash bir xil sharoitda olib borilishi lozim. Fotometriyada moddalarni miqdori:
Vizual kolorimetriya
Fotokolorimetriya.
Spektrofotometriya usullarida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |