Dielektriklarning qutblanishi Reja: Elektr maydonidagi dielektriklar. Qutbli va qutbsiz dielektriklar



Download 182,93 Kb.
bet4/4
Sana23.06.2022
Hajmi182,93 Kb.
#695456
1   2   3   4
Bog'liq
Dielektriklarning qutblanishi

Ion–relaksatsiya qutblanishi (qi-r, Si-r, ri-r) ba'zi anorganik moddalarda kuzatiladi. Bunda moddaning o`zaro bo`sh bog`langan ionlari tashqi elektr maydoni ta'sirida aniq yo`nalish oladi. Agar elektr maydon olinsa, qutblanish eksponentsial qonun bo`yicha pasayadi.
Elektron–relaksatsiya qutblanishi (qe-r, Se-r, re-r) sindirish ko`rsatkichi yuqori va katta ichki maydonga ega bo`lgan dielektriklar uchun xos bo`lib qo`shimcha elektron yoki teshiklarni issiqlik energiyasi bilan ta'sirlashtirib yuzaga keltiriladi. Bu qutblanish asosi metal oksidi bo`lgan ba'zi kimyoviy birikmalar (vismut, titan) ga xos.
O`z–o`zidan (spontan) qutblanishi (qo` ,So`, ro` ) segnetoelektriklarga xos bo`lib, u birinchi marta segnet tuzi (KNaC4H4O6 4H2O) da kuzatilgan. Tashqi maydonsiz segnetoelektrikning ma'lum qismida dipollar o`z–o`zidan bir-biriga moslashib, aniq yo`nalish oladi. Bunday qutblanuvchi moddalarning alohida sohalarida (domenlarida) elektr momenti yo`nalishi turlicha bo`ladi. Tashqi maydon ta'sirida domenlarning elektr momenti maydon tomon yo`naladi va shu sababli kuchli qutblanish sodir bo`ladi. Segnetoelektrikning dielektrik singdiruvchanligi juda ham yuqori (500–20000) bo`lib, u maydon kuchlanganligi va temperaturaga uzviy bog`liqdir. Dielektrik singdiruvchanlikning temperaturaga bog`liqligida ko`zatiladigan yuqori qiymat Kyuri temperaturasi yoki Kyuri nuqtasi deyiladi (6–rasm). Ana shu temperaturada yuqori domenli qutblanish ko`zatilib, katta nisbiy singdiruvchanlikka erishiladi va jismda struktura o`zgarishi sodir bo`ladi. Bu nuqtadan yuqori temperaturada material o`zining segnetoelektriklik xususiyatini, ya'ni er qiymatining elektr yoki magnit maydoniga bo`lgan bog`liqligini yo`qotadi.
Agar segnetoelektrik Kyuri nuqtasigacha qizdirilib, so`ngra keskin sovitilsa, uning dielektrik singdiruvchanligi o`zining asl qiymatiga qaytadi.

4 –rasm 5 –rasm .



Gaz molekulalarining zichligi kichik bo`lganligi sababli dielektrik singdiruvchanlik qiymati birga yaqin bo`ladi. Gazlarda bu qiymat havoning namligiga ham bog`liq bo`ladi.
Suyuq holatdagi dielektriklar qutbli va qutbsiz molekulalardan iborat bo`ladi. Qutbsiz dielektriklarning er qiymati uncha katta bo`lmaydi (er £ 2,0–2,5) va u yorug`likning sinish ko`rsatgichi kvadratiga teng bo`ladi. Qutbsiz dielektrikda er qiymatining temperatura ortishi bilan kamayishi hajm birligidagi molekulalarning kamayishiga asoslangan. Qutbli dielektriklarda er qiymati 3,5 – 5 atrofida bo`ladi.
Qattiq jismlarning dielektrik singdiruvchanligi dielektrikning tuzilishiga bog`liq ravishda o`zgarib, ularda turli xildagi qutblanishlar bo`ladi. Parafin qattiq holatdan suyuq holatga utganida zichligi pasayib er qiymati keskin kamayadi.
Qattiq dielektrikning zarralari zich bo`lib, ular ion kristallari tuzilishiga ega. Bu dielektriklarda er qiymati keng oraliqda o`zgaradi. Zarralari zich bo`lmagan chinnida bir yo`la elektron, ion va ion-relaksatsiya qutblanishi kuzatiladi. Shishada er qiymatining o`zgarishi oralig`i (er » 4–20 )kattadir.
Qattiq jismlarda er qiymati temperatura va maydon chastotasiga bog`liq bo`lib, uning qonuniyatlari suyuqliklarniki kabidir. Masalan: temperaturasi nolga yaqin muzning dielektrik singdiruvchanligi past chastotada suvniki kabi 81 ga yaqin bo`lib, yanada pasaytirilsa muzning er qiymati 2,85 ga tushib qoladi.
Dielektriklarda dielektrik singdiruvchanlik va kondensator sig`imining temperaturaga bog`liqligini aniqlashda dielektrik singdiruvchanlikning temperatura koeffitsiyenti :

va sig`imning temperatura koeffitsiyenti :

dan foydalaniladi.
Bu ikki koeffitstsiyent orasidagi bog`lanish quyidagi ko`rinishga ega:

bunda a-dielektrikning chiziqli temperatura koeffitsiyenti.
Tashqi muhit temperaturasi o`zgaradigan sharoitda ishlaydigan elektr va radio apparatlarni loyihalashda kondensator sig`imini temperaturaga bog`liq bo`lmasligini ta'minlash lozim. Bu quyidagi ikki usulda aniqlanadi:
a) Ikkita bir-biriga parallel yoki ketma–ket ulangan kondensatorlar zanjiri olinadi, bunda zanjirdagi sig`imning temperatura koeffitsiyentlaridan birining ishorasi musbat, ikkinchisining ishorasi manfiy bo`ladi. Sig`imlari C1 va C2 , sig`imning temperatura koeffitsiyenti TKC1 va TKC2 bo`lgan hamda bir–biriga parallel ulangan kondensatorlarning umumiy sig`imi quyidigacha F
Bunday umumiy sig`imning temperatura koeffitsiyenti esa quyidagicha aniqlanadi:
bunda ,
Temperaturani muvozanatlash shartiga ko`ra TK С=0 bo`lgani uchun С1 ТК С22 ТК С1 = 0 bo`ladi.
Agar ikki kondensator ketma-ket ulangan bo`lsa, u holda umumiy sig`imning temperaturaga nisbatan muvozanatlash sharti quyidagicha bo`ladi.
С1 ТК С2 + С2 ТК С1 = 0
ya'ni sig`imlar o`z temperatura koeffitsiyentiga emas, balki boshqa temperatura koeffitsiyentiga ko`paytiriladi.
Ushbu shartga asosan sig`imning temperatura oralig`ida o`zgarishiga to`la muvozanat ТК С1 va ТК С2 ning o`zgarmas bo`lgan holatlarida bajariladi.
b) sig`imning temperaturaga nisbatan muvozanati faqat bir kondensatorni, ya'ni murakkab dielektrikli kondensatorni qo`llash orqali amalga oshiriladi. Murakkab dielektrik esa ikki turli dielekrik aralashmasidan tayyorlanib, ular sig`imining temperatura koeffitsiyentlari turli ishorali bo`ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Bogorodskiy N. P., Paso`nkov V. V., Tareyev B. M. Elektrotexnicheskiy materiali. – L. , «Energoatomizdat», 1985.


2. Mayofis I. M. Ximiya dielektrikov. – M. , «Ximiya», 1981.
3. Majidov S. Elektrotexnikadan ruscha-o`zbekcha lug`at. Toshkent, «O`qituvchi». 1983 yil.
4. Kamolov SH.M., Ahmedov A.SH. Elektrotexnika materiallari. Toshkent, «O`qituvchi». 1994 yil.
5. Renne V. T. Elektrotexnicheskiye materialo`. – L. , «Energiya», 1982.
6. Tareyev B. M. Fizika dielektricheskix materialov.–M., «Energoatomizdat.
Download 182,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish