DIDAKTIK O`YIN TEXNOLOGIYASI BO`YICHA TALABANING O`Z-O`ZINI NAZORAT QILISHIGA MO`LJALLANGAN MODUL DASTURI
Modul dasturining didaktik maqsadi:
Siz modul dasturi yordamida mustaqil ishlab, biologiyani o`qitish jarayoniga zamonaviy ta`lim texnologiyalaridan biri didaktik-o`yin texnologiyalarini qo`llash, mazkur texnologiyalarning o`ziga xos xususiyatlari, didaktik-o`yinli darslarning an`anaviy darslardan farqi va afzalligi, o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo`llari bilan tanishishingiz, metodik bilim, ko`nikma va malakalaringiz, kasbiy mahoratingizni, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur.
1-modul. Maqsad: Didaktik-o`yin texnologiyasining umumiy xususiyatlari,
Biologiya darslarida o`quvchilarning bilish faoliyatini o`yin faoliyati bilan uyg’unlashtirish, o`yin faoliyatini tashkil etish bosqichlari bilan tanishish
1-modulni diqqat bilan o`qib chiqing va quyidagi savollarga javob toping:
Didaktik-o`yinli darslarga ta`rif bering.
O`yin faoliyati inson hayotida qanday funktsiyalarni bajaradi?
O`yin faoliyatining xususiyatini tavsiflang.
O`yin va o`yin faoliyati tarkibiga nimalar kirishini aniqlang.
O`yin faoliyati qanday bosqichlarda tashkil etilishini o`rganing.
2-modul Maqsad: Didaktik o`yinli darslarning mazmuni va mohiyatini o`rganish.
2-modulni diqqat bilan o`qib chiqing va quyidagi savollarga javob toping:
Didaktik-o`yinli darslarning funktsiyalarini sanang.
Har bir funktsiyaga izoh bering.
An`anaviy darslarning funktsiyalari bilan didaktik-o`yinli darslarning funktsiyalarini taqqoslang.
3-modul. Maqsad: Didaktik-o`yinli darslarga qo`yiladigan didaktik talablarni o`rganish.
3-modulni diqqat bilan o`qib chiqing va quyidagi savollarga javob toping:
Didaktik-o`yinli darslarga qo`yiladigan didaktik talablarni aniqlang.
Mazkur didaktik talablarni amalga oshirish uchun o`kituvchi qanday tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishi lozim?
O`quvchilarning bilish faoliyati qanday tashkil etilishini o`rganing.
4-modul. Maqsad: Didaktik-o`yinli darslarning turlarini o`rganish.
4-modulni diqqat bilan o`qib chiqing va quyidagi savollarga javob toping:
Didaktik-o`yinli darslarning qanday turlari mavjud?
Syujetli-rolli o`yinlarning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
Ijodiy o`yinlarning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlang. Dars ishlanmasi va texnologik xaritasini ko`rib chiqing.
Ishbilarmonlar o`yinining o`ziga xos xususiyatlarini aniqlang. Dars ishlanmasi va texnologik xaritasini ko`rib chiqing
Ilmiy konferentsiya va matbuot konferentsiyasining o`ziga xos xususiyatlarini aniqlang. Dars ishlanmasi va texnologik xaritasini ko`rib chiqing
O`yin mashqlarning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlang. Dars ishlanmasi va texnologik xaritasini ko`rib chiqing
5-modul. Maqsad: Didaktik-o`yinli darslarni tashkil etish uchun o`qituvchining tayyorgarligi va texnologik xaritalarni tuzishni o`rganish.
5-modulni diqqat bilan o`qib chiqing va quyidagi savollarga javob toping:
Didaktik-o`yinli darslarni tashkil etish uchun o`qituvchi qanday tayyorgarlik ko`rishi zarur deb hisoblaysiz?
Didaktik-o`yinli darslarning texnologik xaritasini tahlil qiling.
Mazkur texnologik xaritalarni an`anaviy darsning texnologik xaritasi bilan taqqoslang va quyidagi jadvalni to`ldiring.
Dars bosqichlari
|
Didaktik o`yinli darslar
|
An`anaviy darslar
|
|
|
|
6-modul. Modul dasturini yakunlash.
Maqsad: O`z faoliyatini tahlil qilish, o`z-o`zini baholash.
Modul dasturining didaktik maqsadini o`qib chiqing. Ko`zlangan maqsadga qay darajada erishdingiz?
Matnda berilgan asosiy tushunchalar va tayanch atamalarni takrorlang.
Ushbu matn va modul dasturi sizning pedagogik faoliyatingizda
qanday o`zgarishlar bo`lishiga zamin tayyorlaydi deb o`ylaysiz?
Mustaqil ishlash jarayonidagi faoliyatingizni 5 balli tizimda baholang.
Mustaqil ish davomidagi o`z faoliyatingizdan qoniqish hosil qilgan bo`lsangiz tanlagan mavzuingiz bo`yicha didaktik o`yinli dars ishlanmasini ishlang.
Mustaqil ish davomidagi faoliyatingizdan qoniqish hosil qilmagan bo`lsangiz matn va modul dasturi ustida takroran ishlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |