Dialogda kirish so



Download 77 Kb.
bet2/3
Sana17.01.2022
Hajmi77 Kb.
#381049
1   2   3
Bog'liq
2 5312445099962012004

II. Nazariy ma’lumot

Dialogik nutq ham insonning muloqot shakli hisoblanadi. Inson nutqi sifatida dialogik nutq ham amalda bo‘lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo‘ysunadi. Ikki kishi o‘rtasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida e’tirof etish mumkin. Ammo bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ana shu ikki kishi o‘rtasida yuzaga kelgan suhbat jarayonida ochiladi. Suhbatning maqsadi va mavzusi, suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati, yoshi, jinsi, dunyoqarashi, bilimi, jamiyatda tutgan o‘rni, mavqei dialogik nutqning mazmunini belgilaydi. Shundan kelib chiqib, undagi tildan foydalanish xususiyatlarini ham aniqlaydi. Dialogik nutqda odatda tilning so‘zlashuv uslubining xusuisyatlaridan ko‘plab foydalaniladi. Masalan, majoziy ifodalar, iboralar, hikmatli so`zlar, maqollar, matallar, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya, piching, kesatiq, ohang, sodda gap, so‘z-gap, so‘roq olmoshlari, to‘liqsiz gap, undov, taqlid, sheva, ijtimoiy tarmoq leksikasi va boshqalar.

Misol uchun, yozuvchi Tohir Malikning “Shaytanat” qissasidan olingan quyidagi parchalarni olib ko‘raylik:

«Giyohvand yigitlardan birining pastki labi osilgan, ko‘zlari chaqchaygan, ikkinchisining qarashlari sovuq, o‘ng yuzida uzun tirtiq bor edi.

– Bilagingni ko‘rsat, – dedi Zohid tirtiqqa.

U “shu ham ishmi deganday” erinibgina kurtkasini yechib, ko‘ylagining yengini shimardi. Labi osilgan yigitning ham bilagida igna izlari bor edi. Ularning giyohvandligiga Zohidda shubha qolmadi.

– Kukunni qayerdan olardilaring?–deb so‘radi Zohid.

– Bratanga aytganmiza, qayoqdan oganuvzani,–dedi labi osilgan yigit.

– Menga ham ayt.

– Lola ko‘chasida o‘n yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi.

– Ikkoving birga borganmisan?

Bir xil paytda men borardim, bir xil paytda u borardi, bir xil paytda ikkalavuza borardik.»


Nutq parchasida til birliklaridan foydalanishga e’tibor bersak, suhbat asosan savol-javoblardan iborat. Ya’ni gaplarning ma’lum qismini so‘roq gaplar tashkil etadi. Ular tuzilishiga ko‘ra sodda va to‘liqsiz gaplardan iborat. To‘liqsiz bo‘lishiga sabab, undagi ma’no avvalgi gapdan yoki umuman suhbat mazmunidan anglashilyapti. Shuning uchun ega yoki boshqa bo‘laklar bo‘lmasa ham gap tushunarli bo‘lyapti. Ayrim gaplarda uzulishlar ro‘y bergan.(–Lola ko‘chasida o‘n yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi.) va uzilishlar ham aniq bir maqsadni ko‘zda tutadi. Gapdagi mazmundan yigitlar Sharifni tanimasligi sezilib turibdi. “Brattan”, “soqqa” kabi til birliklari bu toifa odamlarga xos. Yigitlar Toshkent shevasi vakillari ekanligiga ishoradir. Shuningdek, suhbatdan savol beruvchi va tobelarning munosabati yaxshi emasligi ham bilinib turibdi.

Demak, ushbu dialogda to‘liqsiz gap (Bilagingni ko‘rsat), so‘roq gap (Kukunni qayerdan olardilaring?), shevaga xos birliklardan (Bratanga, oganuvzani), sodda gaplardan foydalanilgan. Uslubiy jihatdan so‘zlashuv uslibiga xos. Chunki unda til birliklaridan erkin foydalanish va grammatik talablarga amal qilmaslik ko‘rinadi(Lola ko‘chasida o‘n yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi) .

“Jalil biroz kutib qolgani uchunmi, tumtayganroq ko‘rinishda kirib keldi. Asadbek unu o‘rnidan turib kutib oldi.

– Kiravermay, o‘tirdingmi? – dedi Asadbek.—Bunaqa odating yo‘g’idiku?

–Hurmating bor, oshnam. Biz bekorchi odam bo‘lsak,–u shunday deb qo‘ltig’iga qistirib olgan eski gazitga o‘rog’lik narsani uzatdi.–To‘yga kelolmadim. Yaxshi o‘tkazib oldingmi?

–To‘yga kelmaganingga gina qilib o‘tiruvdim, tinchlikmi o‘zi, nimaga kelma-

ding?

– Sen meni to‘yga aytdingmi? – Jalil ovozini bir parda ko‘tardi.



– Birinchi bo‘lib senga, senga xabar bergandirman.

– Katta bo‘lsang o‘zingga, bu birinchidan, boyvachcha bo‘lsang ham o‘zingga, bu ikkinchidan, xo‘pmi! Laychalaringni yuborib to‘yga ayttirdingmi? O‘zingning oyog’ing yetmadimi?

– Endi oshna, to‘ychilik, shoshib qolarkansan.

– O‘zingga o‘xshagan boyvachchalarni aytishga shoshmagandirsan?

– Xo‘p, tavba qildim, men ahmoqman, – Asadbek ham ovozini ko‘tardi, – o‘zim bormabman. (241-242 betlar)

“Shaytanat”dan olingan ikkinchi parchada suhbatdoshlarning xarakteri, kayfiyati, o‘zaro munosabati reallashadi. Aslida aytgani-aytgan, degani-degan, boshqalarga nihoyatda qattiqqo‘l Asadbekning xarakteridagi boshqa qirralar, ya’ni bolalikdan do‘sti Jalilga yon bosishi dialog davomida ochiladi. Bu dialogda so‘z tanlash, gap qurilish, suhbatdoshlarning dunyoqarashi yuqoridagi nutqdan bir muncha farq qiladi.

2-tоpshiriq.Berilgan xandalarni diqqat bilan o‘qing. Ulardagi dialogik matnda qanday so‘zlardan foydalanganligini aniqlang .


Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish