DIAGNOSTIK MA`LUMOTLARNI TAYYORLASH VA TAQDIM ETISH METODIKASI
Tajriba o‘tkazish davomida rioya qilish kerak bo‘lgan talablar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Sinaluvchilarga ko‘rsatmalarni yozma ravishda bir xil tarzda ma’lum qilmoqlik, og‘zaki shaklda berilgan taqdirda esa aynan o‘sha so‘zlar yordamida bir xil tarzda eshittirilishi; 2. Biror sinaluvchiga boshqalarga nisbatan hech qanday imkoniyat yaratmaslik; 3. Eksperiment davomida ayrim sinaluvchilar uchun qo‘shimcha tushuntirilishlar berilmaslik; 4. Turli guruhlar bilan bo‘ladigan eksperiment doimo imkon darajasida bir xil vaqtda va bir sharoitda o‘tkazilishi; 5. Barcha sinaluvchilar uchun topshiriqlarni bajarish vaqti bir xil belgilanishi va hokazo; Odatda metodika mualliflari uning o‘tkazilish jarayoni haqida aniq ko‘rsatmalar beradilar. Diagnostik metodikalar tadqiqot metodlaridan shu bilan farqlanadiki, bu metodikalar standartlashgan holda bo‘ladi. Standartlashtirish - testni o‘tkazish va bajarishni baholash jarayonining bir xilligidir. U ikki xil tarzda izoh etiladi: eksperiment jarayoniga yakka talablarni ishlab chiqish va diagnostik sinovlar natijalarini baholashdagi yakka mezonni (kriteriy) aniqlashdan iborat. Diagnostik metodlarni adekvat ishlab chiqish uchun eksperiment o‘tkazish sharoitlarini va uning natijalari tahlilini maksimal darajada standartlashtirish lozim bo‘ladi. Eksperiment shartlarini standartlashtirishga quyidagilar kiradi: a) eksperimentni o‘tkazish; b) instruksiya; v) testlashtirish jarayonining tasviri. Diagnostik eksperimentlarni standartlashtirish jarayoni o‘tkaziladigan tadqiqotning shartsharoitlari, ko‘rsatmalari, blankalari, qayd qilish usullarini bir xil shakldagiligini anglatadi. Metodikalarni standartlashtirishning yana bir muhim bosqichi diagnostik tadqiqotning natijalarini taqqoslash mumkin bo‘lgan mezonlarni tanlashdan iborat bo‘ladi. (Chunki diagnostik metodikalarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bajarishda oldindan tayyorlangan standartlari mavjud bo‘lmaydi). Umuman, diagnostik metodikalarning normaga asoslangan holda standartlashtirilishi - bu metodika mo‘ljallangan guruhdan farqlanmaydigan boshqa kattaroq sinaluvchilarda o‘tkazish bilan amalga oshirilishidir. Saralangan standartlashtirishda sinaluvchilar guruhida maxsus normalar ishlab chiqiladi, bunda ulardagi xususiyat berilgan topshiriqning nafaqat o‘rta bosqichida, balki undan kam yoki ko‘p jihatli bosqichida ham aniqlanadi. Natijada diagnostik tajribani muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz bajarilishining turli bosqichlarini baholash mumkin. Bu esa konkret sinaluvchining saralangan standartlashtirishga nisbatan holatini aniqlashga imkon beradi. Ma’lumotlarni to‘plash bosqichi. Diagnostik metodlar yordamida ma’lumotlar to‘plash jarayoni o‘rganilayotgan xodisa va kishi haqidagi ob’ektiv va sub’ektiv ko‘rsatkichlar to‘plami bilan tanishishdan boshlanadi. Barcha mashhur psixodiagnostik metodikalar mualliflari tadqiq qilinayotgan sinaluvchining o‘tmish va hozirgi hayoti haqida mukammal o‘rganib chiqishga katta ahamiyat beradilar. Bu bilan tadqiqotning asosiy foni yaratiladi, tashhis va tahlil uchun zarur bo‘lgan shaxsning umumiy obrazi elementlari belgilanadi. Vaholanki, psixodiagnostik jarayon «tadqiqotchi-sinaluvchi» kabi o‘zaro munosabat tizimini yaratar ekan, adabiyotlarda ushbu tizimga oid daxldor turli o‘zgaruvchanlar ta’sirini tahlil qilishga diqqat qilinadi. Odatda vaziyatli o‘zgaruvchanlar, tadqiqot va vazifaning o‘zgaruvchan maqsadlari, tadqiqotchi va sinaluvchining o‘zgaruvchanlari ajratiladi. Bu ko‘rsatkichlar ahamiyati katta bo‘lsa-da, ularning ahamiyati tadqiqot o‘tkazishda, uni tahlil qilishda va olingan natijalarni qo‘llay bilishda inobatga olinishi lozim. Ma’lumki, testlashtirish jarayoniga kuchli ta’sir etuvchi hamma omillarni ham nazorat qilib bo‘lmaydi. Ammo testlashtirish jarayoniga tayyorgarlikda kutilmagan vaziyatlarni yuzaga kelishini inkor etish hamda ushbu jarayonni bir maromda o‘tkazishni ta’minlashdan iborat. Testdan foydalanayotgan psixolog, sinaluvchi havola etilayotgan topshiriq va vazifalarga barcha diqqat-e’tiborini yo‘naltirilganligiga, ularni hal etishda barcha kuch-quvvatlarini safarbar etishlariga to‘la ishonch hosil qilishi kerak. Fanda psixodiagnostik vaziyatlar klassifikatsiyasi yaratilgan bo‘lib, V.I.Drujinin (1990) ushbu vaziyatlarning to‘rtta varianti mavjudligini ta’kidlaydi: 1) tadqiqotda ixtiyoriy ishtirok etish va keyingi bosqichlarni mustaqil tanlovi (psixologik maslahat); 2) tadqiqotda majburiy ishtirok etishi, ammo keyingi harakatlarda mustaqil tanlovga ega bo‘lishi (testni ishlab chiqishda talablarni o‘rganish); 3) tadqiqotda majburiy ishtirok etish va tadqiqotdan so‘nggi harakat tanlovi bog‘lab qo‘yilgan (egallab turgan mavqei talablariga ko‘ra mos keluvchi testlashtirish); 4) tadqiqotda ixtiyoriy ishtirok, lekin keyingi harakatlar bog‘langan (professional tanlov). Shuni qo‘shimcha sifatida aytish kerakki, har qanday psixodiagnostik tadqiqotlar sinaluvchilarda tajriba motivini faollashtiradi, uni minimal darajaga olib kelish esa psixolog vazifalaridan biri hisoblanadi. Metodikalarni tanlash shunga asoslanadiki, ular iloji boricha shaxsning individual xususiyatlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bu – o‘z o‘rnida diagnostik yechim va tahlilning aniqligiga sabab bo‘ladi. Diagnostik vazifalarga mos keladigan metodikalarni tanlanishi, tadqiqotni o‘tkazilishini shakllantirilishi va olingan natijalar foydalanilayotgan metodikalar xususiyatlari asosida aniqlanadigan bo‘lishi kerak. «Xomaki» baholar standart kattaliklarga, aqliy koeffitsientlarga aylanadi hamda «shaxs ko‘rinishi chizmasi» yaratiladi. Interpretatsiya va qayta ishlash bosqichi. Psixodiagnostik sohadagi ko‘pgina mutaxassislar, tadqiqotdan olingan natijalarning miqdoriy baholanishi foydali ekanligi to‘g‘risida fikr bildiradilar. Ammo tadqiqot ma’lumotlarini umumlashtirishning qanday yo‘llari ishonchliroq bashorat qilishga olib borishi borasida qarama-qarshi fikrlar ham mavjud: kliniksub’ektiv tajribaga, intuitsiyaga yo‘naltirilgan, yoki statistik-ob’ektiv, kriteriylarga yo‘naltirilganlarimi? Klinik yondashuv sifatli tahlilga asoslangan holda amalga oshadi. Uning muhim xususiyatlari “sub’ektiv hukm”ga va professional tajribaga ishonch bo‘lganligidadir. “Sof holda”gi klinik yondashuv haqiqiy fikrlashdan uzoq bo‘lmaydi. Statistik yondashuv ob’ektiv (miqdoriy) ko‘rsatkichlarni, ularning statistik qayta ishlanishni inobatga olishni e’tirof etadi. Sub’ektiv hukmning ahamiyati minimumga olib kelinadi. Bashorat empirik jihatdan aniqlangan statistik mos kelishligi asosida amalga oshadi. Klinik va statistik bashoratning samaradorligi haqidagi masala psixologlar tomonidan ko‘p marotaba muhokama qilingan va hozirgacha ham munozaralar predmeti bo‘lib kelmoqda. Ushbu munozaralarga asos solgan P.Mil (1954), bu sohada ancha tajribaga ega bo‘lganligi bois shunday xulosaga keladiki, statistik bashorat klinik bashoratga nisbatan samaraliroq ekanligini ta’kidlaydi. Chunki, psixolog inobatga olishi kerak bo‘lgan diagnostik ma’lumotlar hajmining kengayib borishi avvaliga o‘sishiga, so‘ngra esa bashoratning aniqligini kamayib borishiga olib keladi. Lekin bu klinik yondashishlar psixodiagnostikada ahamiyatli o‘rin egallamaydi, degani emas. Shaxsni har tomonlama bog‘lanishlar va munosabatlar doirasida ta’riflash vazifasi turganda statistik yondashish klinik yondashishning o‘rnini bosa olmaydi. Klinik yondashuvga muqobilini topish murakkab. Diagnostik tadqiqotlarni to‘laligicha amalga oshirishda asoslangan psixologik xulosalarni qilish zarur. Ko‘pgina diagnostik vaziyatlar klinik va statistik yondashuvlarning qarama-qarshi taqqoslanishini emas, balki garmonik jihatdan mosligini ta’minlanishini taqozo etadi. Ishonchlilik. Ishonchlilik - bu jarayonning ob’ektlarga nisbatan barqarorligidir. Diagnostik ma’lumotlarning ishonchliligi va sifati ma’lum darajada tekshiruv metodi sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Ular mos keluvchi texnik tekshiruv yordamida avvalo korreksion statik metodlar yordamida aniqlanadi. Psixodiagnostik metodning ishonchlilik darajasi uchta shartga bog‘liq bo‘lib, ular quyidagilar: metodning ob’ektivligi; test misollarining bir xilligi; tekshirilayotgan shaxs xususiyatlarining muvozanatlashganliligi; Metodning ob’ektivliligi - bu olingan ma’lumotlar va ularning psixodiagnostik interpretatsiyasini tadqiqotchiga bog‘liq emasligi. G.Vitslak o‘z qarashlarida metodning ob’ektivligini uchga bo‘lib o‘rganadi. test o‘tkazishning ob’ektivligi; tahlilning ob’ektivligi; olingan ma’lumotlar interpretatsiyasining ob’ektivligi. Ma’lumki, turli tadqiqotchilar bir-biridan mustaqil holatda ayni psixologik metod bilan, bir xil eksperimental sharoitda foydalanadilar. Ular olingan natijalari solishtirilib metodning ob’ektivlik koeffetsenti chiqariladi. Ammo metodning ob’ektivligini amaliy jihatdan tekshirishda bir muncha qiyinchiliklar vujudga keladi, chunki bir xil eksperimental sharoitlarni vujudga keltirish juda qiyindir. Ishonchlilik har doim ham validlikni ifodalamaydi. Ko‘pgina psixologlar shunday xatoga yo‘l qo‘yishadiki, ular avvalo tekshirishning ma’lum bir protsedurasini taklif etib, ob’ektlarni barqaror farq qila olishga bo‘lgan ishonchliligi ko‘rsatiladi-yu, ammo validlik haqidagi masala ochiq qolaveradi. Masalan, sensor psixofizikada o‘rganilayotgan sezgi xususiyatlari oddiy jismoniy stimullar bilan bir xil determinatsiyalashgani uchun validlik darajasi sezilarli ahamiyat kasb etmasa, diferensial psixometrikada validlik muammosining ahamiyati keskin oshib ketadi. Shuning uchun biz quyida validlikka alohida e’tiborni qaratamiz. Validlik. Psixodiagnostikada validlik - faoliyatni o‘zlashtirishga bo‘lgan muvaffaqiyatni tekshirishda test masalalarining ayni shu faoliyat xususiyatlariga mos kelishini sinab ko‘rishda qo‘llaniladi. Fanda validlikning bir necha turlari farqlanadi: a) Konstruktiv validlik - uni baholash testlashtirish ob’ektini psixologik tahlil qilishni taqozo etadi. Ya’ni, test natijalari ajratilgan xususiyatni qay tarzda tekshirishni o‘rganadi. Masalan, o‘zlashtirishning diagnostik nazoratida mujassam bo‘lmagan indikatorlar haqiqatdan ham o‘quv jarayonining shart-sharoitlarini namoyon qiladimi yoki yo‘qmi va hokazo. b) Kriterial validlik - test natijalari yordamida, individning bizni qiziqtirayotgan xattiharakat aspektining hozirgi vaqtdagi va kelajakdagi holati haqida hukm chiqarish mumkinmi yoki yo‘qmi, degan masalani aniqlash imkonini beradi. Buni aniqlash uchun test natijalari tashqi kriteriylar bilan solishtiriladi yoki turli testlar natijalari taqqoslanadi. v) Prognostik validlik - tashqi kriteriylar va sinaluvchining xulq-atvori bashorati aniqlanadi. Metodning validligi - psixodiagnostik metodning natijalari ayni o‘rganilayotgan ob’ekt xususiyatlariga mos kelishidir. Validlik tushunchasini ishonchlilik tushunchasidan farqini o‘rganilayotgan tadqiqotning “ob’ekti” va “predmeti” farqini ajratish bilan tushuntirish qulaydir. Psixologik-pedagogik diagnostikaning asosiy tamoyillari. Albatta, har bir fan sohasi o‘ziga xos ob’ektga va predmetga hamda ularga mos keladigan tadqiqot yoki amaliy metodlariga, o‘z tamoyillariga egadir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, psixologikpedagogik diagnostikaning asosiy tamoyillarini ko‘rsatib o‘tamiz: 1. Diagnostika nazariyasi va metodikalarining ilmiy asoslanganligi. Diagnostika ob’ektini yaxlit ravishda genetik va tizimli tahlil qilish, ularni modellashtirish, qo‘llaniladigan metodikalar, ko‘rsatkichlarning ilmiy asoslanganligi, olingan natijalar va ularning interpretatsiyasining ishonchliligi, aniqligi, validligini puxta ishlab chiqilgan metodik asoslarda ta’minlash. Ilmiy asoslanganlik tomoyili qo‘llanilayotgan metodikalarning etnik, ijtimoiy muhitga, shu jumladan diagnostika o‘tkazilayotgan o‘quv yurti, o‘quv guruhi va auditoriyaga mosligini talab qiladi. Bu tamoyilga amal qilish pedagogik-diagnostikalarni turli xil yengil, «ko‘ziga yaxshi ko‘ringan» yoki «qo‘liga tushib qolgan» metodikalarni bilib-bilmay qo‘llashdan saqlaydi. 2. Diagnostikaning izchilligi va aniq yo‘nalganligi. Psixologik-pedagogik diagnostika boshqa psixodiagnostik va pedagogik diagnostikadan farqli ravishda aniq yo‘nalishga, aniq ob’ektga va maqsadga qaratilgan. Shu sababli diagnostika faoliyati (jarayonining) natijalari umumiy xulosalar, abstrakt mulohazalardan emas, balki aniq shaxsga (masalan, talaba), aniq guruhga tegishli bo‘lishi, diagnostika natijasida aniq xulosa chiqarib, kamchiliklarni bartaraf qilish, yordam berishning aniq yo‘llarini ko‘rsatib berishi lozim. 3. Diagnostika shakl va metodlarining optimalligi. Qo‘llanilayotgan metodikalar, talabaga yondashish usullarining amaliyotchi psixolog, pedagog yoki psixodiagnostga kam kuch va vaqt sarflab, talaba haqida muhim, sifatli, katta amaliy ahamiyatga ega ma’lumotlar yig‘ishga imkon berishidir. Diagnostikaning shakl va metodlarining optimalligini ta’minlash uchun psixodiagnostikada ko‘p yillar davomida qo‘llanilib kelayotgan, qulay, oddiy va shu bilan birga samarali metodlarini tanlash hamda qo‘llash zarur. 4. O‘rganish ob’ekti haqida faktlarni yig‘ish, bayon qilish va to‘g‘ri yo‘lga solishning birligi. O‘rganilayotgan ob’ekt haqida ma’lumotlar yig‘ish, ularni pedagoglarga ko‘rsatish va diagnostika jarayonida o‘rganilayotgan talabaga yoki ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda, kamchiliklarni bartaraf qilishda o‘quv yurti rahbarlariga, pedagoglarga ma’lum psixologik-pedagogik yordamlar berish, to‘g‘ri yo‘lga solish, qo‘llab-quvvatlash vazifalarning birgalikda olib borilishidir. 5. Diagnostikaning ketma-ketligi va uzluksizligi. Diagnostikaning bosqichma-bosqich amalga oshira borish, o‘quv jarayoniga, talabaning o‘zlashtirishiga halaqit berayotgan sabablarni ochish, olingan natijalardan keyingi bosqichlarda, ta’lim-tarbiya jarayonida uzluksiz foydalanishda yuzaga chiqadi. 6. Diagnostika metodlari va jarayonlarining qulayligi va ommabopligi. Diagnostika metodlarining oddiyligi, amaliy psixologlar, pedagoglar, o‘quv yurti rahbarlari, tekshiriluvchi uchun qulayligi, ularda diagnostikaga nistaban qiziqish, intilish uyg‘otishga xizmat qilishini 40 ta’minlovchi tamoyildir. 7. Diagnostikaning har tomonliligi (kompleksliligi). Bu tamoyil talaba shaxsini, uning individual-psixologik xususiyatlarini, psixik jarayonlarining rivojlanganlik darajasini, o‘quv faoliyatining boshqa xususiyatlarini o‘rganish uchun tanlangan metodlar va metodikalar talabani bir butun holda, har tomonlama o‘rganish, ta’riflash, yondashish imkonini berishda yuzaga chiqadi. Diagnostik metodikalar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi, bir-birini to‘ldirishi bu tamoyilning asosiy talablaridan biridir. 8. Diagnostikaning talaba rivojlanishining kelajagini, oqibatlarini oldindan ko‘ra olish (bashorat qilish) imkonini bera olishi. Har qanday psixologik-pedagogik diagnostika talabaning kechagi yoki bugungi kundagi rivojlanish darajasini, o‘quv jarayonining tashkil qilganlik darajasini ko‘rsatib berish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Diagnostik jarayonda o‘rganilayotgan ob’ektning “kelajagi”, ertangi kuni, taraqqiyot an’analari ma’lum omillar ta’sirining oqibatlarida ochib berilishi kerak. Shu holdagina, bashorat mohiyatidan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan xatolar, talaba taraqqiyotidagi ko‘zga tashlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, to‘g‘ri yo‘lga solish imkoniga ega bo‘lamiz. Shu sababli psixologik-pedagogik diagnostika metodlarining prognostik bo‘lishi eng muhim talablardan biridir. Psixologik testlardan foydalanadigan kishilar uchun qo‘yiladigan maxsus talablar. Psixodiagnost o‘z xatti-harakatini amalga oshirayotgan bir vaqtda, quyidagi bosqichlarga amal qilishi lozim bo‘ladi. Birinchidan, diagnostik faoliyat ob’ekti, maqsadi va vazifalarini aniqlash; Ikkinchidan, diagnostika ob’ektini o‘rganishning mezonlari va ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ni belgilash; Uchinchidan, diagnostik faoliyat vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan metodikalarni tanlash; To‘rtinchidan, tanlangan metodikalar yordamida ma’lumotlar yig‘ish (tadqiqot o‘tkazish); Beshinchidan, olingan natijalarni sifat va miqdor jihatdan qayta ishlash; Oltinchidan, psixologik tashhis ishlab chiqish va xulosalarni chiqarish; Yettinchidan, psixologik bashorat ishlab chiqish (Kutiladigan natijalarni oldindan taxmin qilish); Sakkizinchidan, tuzatish va yordam berish yo‘llari, usullari va rejasini yaratish. Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi. Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi quyidagi bosqichlarning uzviyligiga: a) tekshiruv ob’ektining aniqlash; b) tekshiruv metodini aniqlash; v) metodni tahlil qilish; g) ma’lumotlar interpretatsiyasi; d) metodning sifatlilik kriteriylarini aniqlashlarga bog‘liq bo‘ladi. Psixodiagnostika axloqiy-ma’naviy normalari. Psixolog tashhischining kodeksdagi axloqiy-ma’naviy normalarining asosiy tamoyillari qatoriga aytish joiz bo‘lgan omillar: 1. Psixodiagnostning sinaluvchiga nisbatan muvaffaqiyati; 2. Ob’ektivlik, haqqoniylik va o‘z faoliyatidagi yuqori talablarga rioya qilishga asoslangan mas’uliyatlilik; 3. Jamiyatning axloqiy talablariga mos keluvchi axloqiy va xuquqiy standartlar; 4. Psixodiagnostning omma oldida o‘zini tuta bilishi; 5. Sinaluvchi haqidagi ma’lumotlarni sir saqlash, kofidensiallik; 6. Sinaluvchi bilan bo‘lgan ishonchli munosabatlar, uni tadqiqot xarakteridan xabardor qilish; 7. Tadqiqot natijalarini oshkor qilmaslik; 8. Tadqiqotdagi ehtiyot choralar; 9. Metodikalarni nashr qilinish shartlari, imkoniyatlari va bu boradagi cheklanishlari; 10. Diagnostik natijalarni tahlil qilish. Har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo’ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar yasash, bo’sh yoki muvaffaqiyatli o’rinlarni belgilabolish – faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish pedagogic diagnostika deyiladi. Pedagogik diagnostika ta’lim samaradorligi, ish mazmuni olib borilgan pedagogic faoliyatni tahlil qilihda katta ahamiyatga ega bo’lib, ilg’or ta’lim muasasalarida bu ish uslubi muvaffaqiyatli tarzda amalgam oshirilmoqda, yutuqlar mustahkamlanib, yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida yosh strategic yo’nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qo’lga kiritilmoqda. Savol tug’iladi: bola qobiliyati, imkoniyat, bilimi, egallangan ko’nikmalarining o’lchovi bormi? bolaning bilish va ko’nikmalarini belgilashga o’qituvchu aralashgani ma’qulmi, yoki o’ziga-o’zi baho bergani afzalroqmi? Mana shu savollarga eng maqbul asoslarda javob berish, pedagogik diagnostikaning predmetidir. Mana shu maqsadni ro’yibga chiqarish yo’l-yo’riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir. Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogic faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayon ming yillardan beri mavjud bo’lsa bu faoliyatning me’yoralari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki, o’quvchi bilimiga baho qo’yish, uni sinov va imtixon qilish pirovard ish natijalarini belgilab olish boshlangan yerda pedagogic diagnostika ham mavjud. Faqat farq shundaki, ibtidoiy va o’rta asr pedagogikasida bola bilimi va iqtidorini diagnostic tahlil qilishning ilmiy asosi yo’q edi. Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo’lga qo’yish 20 asr boshlarida amalgam oshirilgan. Shu boisdan, bu pedagogic jarayonning nomlanishi ham turlicha bo’lgan. Ayrimlar pedagogik diagnostikani taklif etilgan bilimlarni o’zlashtirish asosi deyiladi. Boshqalar diagnostika o’qitishni jadalashtiruvchi axborotdir deb hisoblaydilar. Yana ayrimlar esa diagnostic egallagan bilim sifatini nazorat etishdir, degan fikrn ilgari suradilar. Taniqli pedago olim Matserman pedagogik diagnostikani “O’quvchi o’zlashtirishi bilan o’quv materialini to’g’ri tanlash maqsadni to’g’ri yo’naltirish mezonidir” deb hisoblaydi. Aslida pedagogik diagnostika o’quv materialini bilish jarayonining asosini tashkil etib, maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi. Shu boisdan ham, pedagogik diagnostika: o birinchidan, o’quvchiga individual ta’lim berishni jadallashtiriladi; o ikkinchidan, davlat va jamiyatning ta’limga qo’ygan talablaridan kelib chiqib, oquvchi bilimin to’g’ri, adolatli baholashni ta’minlaydi; o uchinchidan, ishlab chiqilgan ta’limiy mezon, kriteriyalar orqali o’quvhcining sinfdan singdan o’tishida, mutaxassislikkka qabul qilinishida minimal talablarga javob berishini belgilaydi. Pedagogik diagnostika yordamida ta’lim-tarbiya jarayoni to’g’ri tahlil etiladi va uning samaradorligi to’g’ri baholanadi, boshqacha qilib aytganda, pedagogik diagnostika orqali ta’lim obyekti, ta’limiy tushunchalar qay darajada o’zlashtirilganligi tahlil etiladi. Butun o’quv kursini, o’quv dasturlaini o’zlashtirish darajasi baholanadi. Pedagogi diagnostika muhim ahamiyatga ega. U o’quv-tarbiya jarayonini yaxshilahsga xizmat qiladi. Ta’limiy faoliyat natijasida erishilgan samaralarni xolislik bilan belgilab beradi, yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga yo’l ochadi, pirovard natijada ta’limning takomillashib borishiga ijobiy ta’sir qiladi. Pedagogic diagnostika tarixiga nazar tashlasak, o’tgan asrlarda u faqat o’quvchi bilimini baholash orqali amalgam oshirilganini kuzatamiz. Unga 1864 yilda AQSh olimlari D.Fisher va R.Reslar asos solganlar, 1908 yildan boshlab esa, olim T.Stoun arifmetikadan test orqali o’quvchi bilimini sinash tizimini tadbiq etgan. Egallangan malakani aniqlashga kiritilgan pedagogik diagnostika yoki diagnostik faoliyatning ayrim jihatlari: a) taqqoshlash; b) pedagogik tahlil; c) avvaldan ayta bilish (prognoz); d) interpretatsiya ; e) pedagogik diagnostika natijalarini o’quvchilarga etkazish; f) amalga oshirilgan turli diagnostik metodlarni o’quvchilarga yetkazish; g) pedagogik diagnostika metodlarini to’g’ri belgilashdan iborat bo’lgan. Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriylari esa: haqqoniylik (ob’ektivnost); ishonchlilik (nadyojnost); puxtalik (vidnost) asoslanadi Diagnostik tahlillar qachon ob’yektiv boladi. agar sinov natijalari turli tekshiruvlarda bir xil natijalar ko’rsatilib, ko’rsatkichlar o’zaro bir-biriga yaqin bo’lsa; agar: sinov mezonlari, o’lchovlari birligi hamda uning natijalari sinovni amalga oshiruvchi, aniqlovchining shaxsi hislati va munosabatlariga bo’liq bo’lmasa; agar: sinov bir xil talab, bir xil munosabat, psixologik kayfiyatda amalgam oshirilsa haqiqiy ahvolni aniqlashda ob’yektiv natijalar olinishi mumkin. Modomiki maqsad haqiqiy ta’limiy ahvolni aniqlash ekan, unga to’g’ri, halollik, haqqoniylik bilan yondohish zarur. Aks holda, diagnostikadan ko’zlangan natijaga erishish, to’g’ri tashxis belgilash mumkin emas. Bundan tashqari, ayrim sinf ishlarini, ba’zan yozma ishlarni, ko’pincha esa og’zaki berilgan javoblarni baholashda har xil yondashuvlar qayd etilishi mumkin. Bu sinovchi ya’ni, diagnostic tahlil o’tkazuvchi qilinayotgan ishlarning tub maqsadiga tushunib yetishga, mas’ulitaiga, ishiga bo’lgan yondashuvga va nihoyat uning savoyasiga bo’g’liq. Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa shuki, pedagogik diagnostikani amalga oshirishda rioya-andisha, oshna-og’aynigarchilik, tanish-bilishchilik, boshqa noxushliklar aralashsa, haqiqiy ahvol aniqlanmaydi, umumiy ishga putur yetadi, kamchilik va nuqsonlar ochilmay haspo’shlanadi, ta’limni takomillashtirishdan ko’zda tutilgan maqsadlar ochilmay qoladi. Pedagogik diagnostikaning ishonchliligi bir necha marta qilingan tahliliy xulosalar natijasining bir xilligi qayd etilgan xollardagina ta’minlanadi. Agar buni muayyan maktab, sinfning hayotiy faoliyati bilan bog’lasak, mabodo o’qituvchi ilgarigi ishini oradan bir necha vaqt o’tib, aynan o’shnday baholasa, ishonchlilik paydo bo’ladi, lekin bunday hol afsuski amaliyotda kam uchramoqda. Pedagogik diagnostika natijalari qachon uzil-kesil tasdiqlanadi. Tajribalar, tahlillar shuni ko’rsatadiki, pedagogik diagnostika test usullari vositasida amalga oshirilsa, natijalar haqqoniy bo’ladi. Chunki bunda to’rt xil xulosa, bir xil natija bilan baholanadi bular: mazmunning tasdig’i; har xil usul bilan olingan natilalarning bir xilligi; natijalarga ko’ra amalga oshirilgan tahlillarning isbotlanishi; loyihalashning tasdiqlanishi (ya’ni, loyihalashtirishdagi natijalarning olingan xulosalarga uyg’unligi). Pedagogik diagnostika kuzatuv uslubi o’quvchining o’qishga munosabatini, mas’uliyatini, bilimga intilishini aniqlaydi. Tabiiyki, o’quvchidagi bunday hislatlarni belgilahda uning xarakteri, xulqi, butun ijtimoiy jihatlariga katta ahamiyat beriladi. Chunki, o’quvchining bilim va ko’nikmalarini attestatsiya qilishda shaxsiy, oilaviy, axloqiy ko’rsatkichlar muhim rol o’ynaydi. Baho malakasi ham bola shaxsini, uning o’qishga munosabatini to’g’ri belgilahdagi muhim omildir. Uni pedagog olimlar turli davra turlicha ifodalaganlar. Shuning uchun ham maktab o’quvchilarining koeffitsiyenti bola olgan bilimlari bilan belgilanadi. Past ko’rsatkich olgan o’quvchiga ko’proq e’tibor berish lozim. Lekin, asosiy e’tibor yaxshi va a’lochi o’quvchiga qaratiladi. Ustiga ustak o’quvchi 13-15 yoshida o’ziga katalardek muomala qalishni talab etadi. Lekin, o’qituvchilarning ayrimlari boladagi bunday psixologik kaffiyatlarni hisobga olmay, unga bola sub’yekt sifatida qaraydilar. Aynan mana shu sababli o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida ixtilof kelib chiqadi. Mazkur uslub pedagogik diagnostikada qadim-qadimdan qo’llanib kelinadi. U deyarli o’qish o’qitish jarayoni boshlangandan bo’yon mavjud. Agar diagnostikaning kuzatish usulida bolaning axloqiy-ma’naviy tamoyillari, qiziqishi, munosabati, fikrlash doirasi o’rganilgan bo’lsa, suhbat. Savol-javob ko’proq axborot to’plash imkoniyatini beradi. Bunda u yoki bu shaxs to’g’risida ob’yektiv yoki sub’yektiv ma’lumot olish imkoniyati mavjud. Axborot – og’zaki, yozma, standartlashtirilgan, yakka, guruhlarga bo’lingan hoilda bir yoki bir necha bor so’rash asosida to’planadi. Odatda tekshiruvchi tomonidan amalga oshirilgan barcha nazorat shakl va uslublari ham testga kiradi. Nazoratning test uslubi ilmiy asoslarga qurilgan bo’lib, u ma’lum talab, qonun-qoidalar zaminida olib boriladi. Test asosan psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga tavsiya etilgandir. Test pedagogik diagnostika metodlari orasida eng qulay hisoblanib, u bir jihatdan sifatli ma’lumot berishi bilan ajralib turadi. Test sinova mutzam takomillashib boradi. Unga turlibosqichlarda turlicha ta’rif berib kelingan. Masalan, nemis oilimi Liner “Test shaxsning turli xolatlarini, shaxsiy xususiyat, imkoniya va qobiliyatini aniqlovchi ilmiy metoddir” deb ta’riflaydi. Test usuli chinakamiga pedagogik diagnostika metodi bo’lib, u o’quv jarayonining pirovard natijasini ob’yektiv aniqlab berishga qodir mezondir. U doimo tahlil asosiga qurilib, aynan shu xususiyatiga ko’ra pedagogik jarayon natijalarinig takomillashib borishiga yordam beradi. Ayni paytda testlar ta’limiy xulosalar bilan birga texnologik vaziyatni, istiqbolni, harakat yo’nalaishina ham belgilab beradi. Shunga ko’ra testlar qutidagilarga bo’linadi: 1) ta’limiy muvaffaqiyatlarni aniqlaydigan test; 2) shaxs taraqqiyotni va uning imkoniyatlarini belgilaydigan test; 3) intellektni aniqlaydigan test; 4) umumiy natijani aniqlaydigan test; 5) muayyan hududda, maktabda u yoki bu fanni o’qitish samaradaorligini ko’rsatuvchi test; 6) professional kasbga moyillik layoqatini, shaxsning funksional imkoniyatlarini aniqlovchi test; 7) shaxs psixologiyasini ochib beruvchi test; 8) shaxsning yo’naltirilganligini belgilovchi test; 9) shaxsning qiziqishi, moyilligini aniqlab, shu sohani takomillashtirishga yordan beruvchi test; 10) klinik test va h.k Yuqorida bayon etilganidek, test ham baholash, pedagogik diagnostika hisoblanadi. O’quvchilar bilimini bu usulda baholash 1930 yilda boshlangan. Lekin, keyingi paytlarda u keng joriy qilinmoqda. Istiqbolda o’quvchilar bilimini baholashda test, reytin tizimi ustuvor bo’lib qoladi. Besh ballik baholash tizimi o’quvchini har tomonlama baholashga noqulayligi uchun undan voz kechish fikridamiz. Test imkonoyatlarini bayon etishni davom ettiramiz. Amaliyotda o’zlashtirishga qaratilgan testlar tobora ko’proq o’rin olib bormoqda. O’zlashtirishga qaratilgan testlar: muyyan predmetni o’zlashtirishga qaratilgan testlar; o’zbek tilini o’zlashtirishga qaratilga testlar; chiroyli yozuvni belgilashga yo’naltirilgan testlar; o’qish tezligi va texnikasi baholovchi testlar; so’z boyligini aniqlovchi testlar; bolaning rivojlanishini va maktabga tayyorligini aniqlovchi testlar; bolaning intellectual faoliyatini aniqlashga qaratilgan testlar; bolaning didatik ko’nikma va malakasini belgilovchi testlar va h.k. O’zlashtirish nima va u qanday aspektlarda namoyon bo’ladi? 1. O’zlashtirish bu – o’quvchining fanni o’qib, o’rganishda eishgan natijalari; 2. O’zlashtirish bu – o’quvchiga maktab, demakki, davlat va jamiyat tomonidan qo’yilgan talabga erishish; 3. O’zlashtirish o’quvchining muayyan davrda qilgan mehnatining yakunidir. Ma’lumki, ta’lim markazida unon, shaxs turadi va barcha ta’limiy jarayonlar uning qobiliyati, imkoniyati, ehtiyojiga qaratiladi. Pedagogik diagnostika esa, ana shu intilish, mehnat, faoliyat samarasini ham ijobiy, ham salbiy jihatdan belgilab beradi. Test asosida o’quvchi o’zlashtirishini aniqlash pedagogik diagnostikaning metodi ekanligini yuqorida bayon etgan edik. Oli Kyuforker maktabda amalgam oshiriladigan testlarni 3 ko’rinishga bo’ladi. Ular quyidagilar: o’zlashtirishni muayyan ir davr ichida aniqlovchi test (masalan, urli sertifikatlar olish uchun tipshirilgan test); o’quv qo’llanmasining ma’lum bir qismi, bo’limi, bobda olingan axborotlarni qay darajada o’zlashtirilganligini aniqlovchi test; o’quv dasturi yoki darslikdagi bir qism mashg’ulotlar o’tkazoilgandan keyingi o’quvchi o’zalshtirishidagi yutuq va nuqson tamoyillarini aniqlsh testi. Pedagogik diagnostikaning o’lchovi, ishonchlilik koeffisiyenti mukammal va ishonchli bo’lmog’i uchun: qayta testdan o’tkazish metodi; ikkiga bo’lingan holda parallelli testni amalgam oshirish, shu orqali olingan ma’lumotning ishonchliligini tekshirish mumkin. Aniqlik, ishonchlilikni tekshirish maqsadida 4 xil usul qo’llaniladi. Ular: mazmun tasdig’i; har xil usullar bilan olingn natijalarni bir xil ko’rsatkichga olib kelish tasdig’i; tahlillar natijalarining mos kelishi tasdig’i; loyihalashning tasdig’idan iboratdir. Pedagogik diagnostikada amal qilayotgan test sinovlari hududiy diagnostikani yo’lga qo’yishda ham katta imkoniyat va qulayliklarga ega. Pedagogik diagnostikani ta’lim sohasining istalgan sohasini tahlil qilishda ham joriy etish mumkin. Masalan, Xalq ta’limi vazirligi xalq ta’limining xududiy boshqarma va bo’limlari faoliyatini uzoq yillardan beri 15 yo’nalish bo’yicha aniq tahlil etib bormoqda. Tahlil natijalari esa har qanday baxs va munozaralardan holidir. Maqsad esa bitta – kamchilik va nuqsonlardan to’g’ri amaliy xulosalar chiqarish, faoliyatning asosiy va to’g’ri yo’nalaishini belgilab olish va ularni bartaraf qilishda sabot bilan islashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |