Qoida bo`yicha generator va ist`emolchi bir-birlari bilan doimo oraliq zvenolar orqali tutashadi. Bu zvenolarga tarmoq sig`imi, o`lchov asboblari, reostatlar va h. k. lar kiradi. Zanjirdagi tokni rostlash uchun sxemaga reostat ham kiritilishi mumkin. Shunday qilib, bu oraliq zveno murakkab zanjir hosil qilish mumkin, bunday oraliq zvenoni manbaga ulanadigan qismlarini kirish qismlari deb ataymiz va 1-1 deb belgilaymiz iste`molchi ulanadigan qismlarini esa chiqish qismlari deb atab ularni 2-2 bilan belgilaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |