Masala 2.1. Shartli franshiza 5000 so’mga teng, zarar miqdori esa 4000 so’m. Sug’urta qoplamasini aniqlang.
Yechish. Zarar miqdori shartli franshizadan kam bo’lganligi sababli, zarar qoplanmaydi.
Javob: Zarar qoplanmaydi
Masala 2.2. Shartli franshiza 5000 so’mga teng, zarar miqdori esa 6000 so’m. Sug’urta qoplamasini aniqlang.
Yechish. Zarar miqdori shartli franshizadan ortiq bo’lganligi sababli, u to’liq qoplanadi va qoplama 6000 so’mga teng bo’ladi.
Javob: 6000 so’m
Masala 2.3. Shartsiz franshiza 5000 so’m, zarar miqdori esa 4000 so’m. Sug’urta qoplamasini aniqlang.
Yechish. Zarar miqdori shartsiz franshizadan kam bo’lganligi sababli, zarar qoplanmaydi.
Javob: Zarar qoplanmaydi
Masala 2.4. Shartsiz franshiza 5000 so’m, zarar miqdori esa 6000 so’m. Sug’urta qoplamasini aniqlang.
Yechish. Sug’urta qoplamasiga ayirish orqali aniqlanadi.
6000 so’m – 5000 so’m = 1000 so’m Javob: 1000 so’m
MAVZUGA OID MASALALAR VA ULARNI YECHISH USLUBI
Tadbirkorlik riskini me’yoriy javobgarlik tizimi bo’yich sug’urtalash
Tadbirkorlik riskini me’yoriy javobgarlik tizimi bo’yich sug’urtalash quyidagi sxema asosida amalga oshiriladi:
Sug’urtalanovchi va sug’urtalovchi ekspert xulosalari, yillar mobaynida yig’ilgan statistic ma’lumotlarga asoslangan holda, sug’urtalanishi kutilayotgan tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlarni bashorat qiladi.
Agar sug’urta shartnomasida keltirilgan vaqt oralig’i tugaganda sug’urtalangan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad bashorat qilinganidan kam bo’lmasa, sug’urta hodisasi ro’y bermagan deb topiladi va sug’urta qoplamasi to’lanmaydi. Agar sug’urta shartnomasida keltirilgan vaqt oralig’i tugaganda sug’urtalangan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad bashorat qilinganidan kam bo’lsa, tadbirkorlik faoliyatidan zarar quyidagi formula orqali aniqlanadi
Zarar = Bashoratlangan daromad – Olingan daromad
Bu yerda olingan daromad ham musbat, ham manfiy miqdorlarni qabul qilishi mumkin.
Agar sug’urtalovchining javobgarlik darajasi a% qilib belgilangan bo’lsa, sug’urta qoplamasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Sug’urta qoplamasi = Zarar *
Masala 1. Kompyuter firmasi 10000 ta notebookni ishlab chiqarish va sotishdan tushgan daromadni me’yoriy javobgarlik tizimi bo’yicha sug’urtaladi, shuningdek sug’urtalovching sug’urtalovchining javobgarlilik chegarasi zararning miqdorining 40% qilib belgilandi. Sug’urtalovchi bilan bitta kompyuter realizatsiyasi o’rtacha bahosi 1460 y.e.ga kelishildi, biroq 2000 ta notebook 1500 so’mdan, 3000 ta notebook 1450 y.e.dan, 5000 ta notebook esa 1400 so’mdan realizatsiya qilindi. Sug’urta qoplamasini aniqlang:
Yechish. Notebooklar realizatsiyasidan daromad D bashorat qilindi
D=10000*1460=14600000 y.e.
Haqiqatda esa firma bu notebooklarni quyidagi summada realizatsiya qilindi
R=2000*1500+3000*1450+5000*1400=14350000
Zarar U ni quyidagi formula orqali aniqlaymiz(1.5.1):
U=D – R = 14600000 – 14350000 = 250000(y.e.)
Endi formula (1.5.2) orqali sug’urta qoplamasini aniqlaymiz Sb:
Sb = 250000*0.4 = 100000
Do'stlaringiz bilan baham: |