Devonu lug’otit turk



Download 37,14 Kb.
bet7/10
Sana27.04.2022
Hajmi37,14 Kb.
#585690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Reja Qadimgi turkiy adabiy atamaning o’rganilishi Devonu lug’o

SAV – OTALAR SO’ZI
«Devonu lug’otit turk»da sav adabiy janri to’g’risida keng ma’lumot berilgan. Sav voqyeiy tasvirga xos bir necha janrning umumlashma nomi, ya’ni hozirgi adabiyotshunoslikdagi epik tur atamasiga yaqin turadi. Devonda «Otalar so’zi» iborasi sav atamasi bilan ham ifodalangan. «Savda shundag’ kelir» – otalar so’zi shundoq keladi (III., 168 bet). «Otalar so’zi» ham bilik ma’nosiga yaqin turadi, ammo bu ikki atamaning farq qiluvchi xususiyatlari ham mavjud. Biligda dono fikrlar va hikmatli so’zlarning qisqalik, lo’ndalik, ayni paytda ko’chma ma’nolik xususiyatlari mujassamlashadi. Biligning ijodkori zamondosh bilga bo’lishi ham mumkin. «Otalar so’zi»ning janr xususiyati o’tmishdan meros bo’lib qolgan pand-nasihat, axloq, odob ifodalangan asarlarni qamrab oldi. Quyidagi to’rtlikda ana shunday kishilar nazarda tutilgan.


Erdi uza eranlar
Erdam begi bilig tag’.
Aydi o’kush o’gutlar,
Ko’nglim bo’lur angar, sag’. I. 116

Bordi qadim donolar,


Tog’day yuksak bilimda.
Eslab o’gitlarini
Quvonch ortar dilimda.

Qadimgi donolarning o’gitlari otalar so’zidir. Bu janrga xos namunalar Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida ko’plab keltirilgan. Janr talabiga ko’ra, o’git va biligni qadimda kim aytganligi eslatiladi, so’ngra matni keltiriladi. Мasalan quyidagi parcha shunday xususiyatga ega.


Neku ter eshitgil ko’r elchi bo’gu
Bo’gu so’zlari bulsa ash-teg yegu.

(Nima der eshitgil, dono el boshi,
Dono so’zi go’yo yegulik oshi).

Qilich birla aldi ko’r el alg’uchi,
Qalam birla basti ul el basg’uchi.

(Qilich birla oldi, ko’r el olg’uchi,
Qalam birla oldi el boshqaruvchi).

Ushbu ta’rifdan ayon bo’ladiki, sav bir necha tushunchalar ifodasi bo’lib, uning bosh ma’nosi xabar, voqyeylik, yangilikdir. Demak, biror voqyeylik aks etgan adabiy janr,kitob yoki og’zaki nutq sav deb yuritiladi. Devonda sav nomi bilan atalgan adabiy tushunchalar qadimgi turkiy adabiyotda o’z ildizlariga ega. Biz yuqorida sav – otalar so’zining o’ziga xos xususiyati hamda namunalari haqida fikr yuritdik. Yana qo’shimcha tarzda shuni bayon etish mumkinki, «Qutadg’u bilig»dagi shaklga ko’ra, qadimgi ajdodlardan qolgan hikmatlar, pand-nasihatlar «neku der» – «nima der» kirish birikmasi bilan boshlanadi. Demak, «otalarimiz, ajdodlarimiz nima degan, eshit, ularning dono fikrlariga amal qil» tarzidagi bayondan so’ng sav beriladi. «Qutadg’u bilig»da keltirilgan savning bu shakli Alp Er To’nga, Alp Er, To’nga Alp Er, Jahongir kishi, Dono elbegi, Elchi boshi, Beklar begi, Botir kishi nomi bilan bog’langandir. Demak, dostondagi savlar yuqorida nomlari zikr etilgan shaxslar aytgan dono fikrlar hisoblanadi.



Download 37,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish