2- amaliy mashg`ulot mavzusi Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asari, uning ilmiy –tarixiy ahamiyati 1. Еski turkiy adabiy tilning tayanch dialekti masalasi. 2. «Devoni lug`atut turk» asari tili xususiyatlari. 3. «Hibatul haqoyiq» asarida adabiy til me`yor masalasi. 4. «Qutadg`u bilig» asarida adabiy til me`yor masalasi. Turkiy qabila-urug`larning yetakchiligida barpo bo`lgan qoraxoniylar davlati zamonida adabiy til traditsiyasiga bo`lgan munosabat kuchaydi. Shu davrgacha O`rta Osiyo xalqlari, Shu jumladan, turkiy xalqlar adabiy tili masalasini forsiy til bajarib kelar edi. Lekin bu traditsiya qoraxoniylar siyosatiga zid kelar edi.
Shuning uchun qoraxoniylar davlatining hukmron doiralari turkiy tilda yozilgan har bir asarni ma`qullar va taqdirlar edi. Qoraxoniylar davlatida, turli qabilalar orasida chigillar, ayniqsa, muhim rol` o`ynar edi, chunki chigillar boshqa turkiy qabilalarga qaraganda madaniy jihatdan ustun edilar. Ularda yozuv traditsiyasi ancha keng tarqalgan edi. Shuning uchun ham qoraxoniylar zamonidan yozilgan dastlabki asar Shu dialekt zaminida yozilgandir. Chigillar dialekti turkiy tillarning d-gruppasiga mansubdir. D-dialekti qadimgi turkiy tilda muhim ahamiyatga ega bo`lganligi ma`lum. Shu dialekt koraxoniylar zamonidagi adabiy traditsiyani yaratishda ham ahamiyatga ega bo`lgan. Shu traditsiya asosida «Qutadg`u bilig», «Hibatul haqoyiq» va XIV asrning o`rtalariga qadar ma`lum bo`lgan qator asarlar yozilgandir. Qoraxoniylar zamonida vujudga kelgan adabiy til traditsiyasi mo`g`ullar hukmronligi davrida ham davom etdi. Mo`g`ullar davlatida uyg`urlar butun madaniy ishlarni boshqarganlar. Uyg`urlar vositasida qoraxoniylar traditsiyasi uzoq asrlar davomida o`z xususiyatlarini saqlab qolgan. Lekin XIV asrga kelib O`rta Osiyodagi vaziyat bir muncha o`zgardi. Mo`g`ullar davlatining inqirozga yuz tutishi munosabati bilan O`rta Osiyo, Kavkaz va Qrimda, Kichik Osiyoda har xil turkiy davlatlar yuzaga keldi. Davlat chegaralarining aniqlanishi borgan sari Shu territoriyadagi qabila-urug`lar asosida muayyan xalqlarning tarkib topish ishlari uchun zarur sharoit tug`dirib borgan. Mo`g`ullarning O`rta Osiyodagi siyosiy etakchiligi zaiflashib borgan sari adabiy tildagi koraxoniylar traditsiyasi ham o`zining avvalgi ahamiyatini yo`qotib bordi. Adabiy tilga mahalliy shevalar kuchli ta`sir etdi. Shuning natijasida XIV asr davomida adabiy tilning tayanch dialekti Sirdaryo bo`yidagi y-lashgan dialektni tashkil qildi. XIV asrning o`rtalaridan boshlab yuzaga kelgan yodgorliklar turkiy tilning y-dialekti zaminida yozilgandir. Bu dialektning dastlabki yodgorligi Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asaridir.