Kurs ishining maqsadi. “Devoni lug‘otit turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalarini o‘rganish va ularning keyingi davr adabiyotiga ta’sirini o‘rganish hamda bularni fanga tatbiq etish.
Tadqiqotning vazifalari:
asosan, birlamchi manbalarga tayanilgan hamda chet el tadqiqotchilari asarlaridan foydalanilgan holda “Devoni lug‘otit turk” asarini tahlilga tortish hamda u orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalarini to‘liq va mufassal yotitish.
“Devoni lug‘otit turk” asarida qo‘llangan janrlar va ushbu janrlarning bugungi kundagi ahamiyatini yoritib berish.
Ushbu ma’lumotlarni yoritishda asosan “Devoni lug‘otit turk” asarining o‘zidan hamda qator o‘zbek va chet el olimlarining “Devoni lug‘otit turk” asari xususidagi asarlardan foydalanish.
Tadqiqotning obyektini M.Koshg`ariyning “Devoni lug`otit turk” asari (Toshkent.”Fan”.1967) tashkil qiladi.Shuningdek, Belyayev, Brokkelman kabi chet el olimlari hamda Solih Mutallibov kabi o‘zbek olimlaring “Devoni lug‘otit turk” asari ustida olib borgan tadqiqot ishlari va qo‘lyozmalari ham tadqiqotning obyekti hisoblanadi.
Kurs ishining predmetini “Devoni lug‘otit turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalarini o‘rganish va ularning keyingi davr adabiyotiga ta’sirini o‘rganish hamda bularni fanga tatbiq etish tashkil qiladi.
Tadqiqot usullari. Kurs ishida ilmiy sharh, qiyosiy-tarixiy, tavsiflash, sistemali yondashuv, nazariy va ma’rifiy tahlil usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Devoni lug‘otit turk” asari orqali hali fanga ma’lum bo‘lmagan jihatlari yoritilgan.Olimlar tomonidan o‘rganilmagan ayrim badiiyat namunalari keng yoritilgan.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, 4 faslni o’z ichiga olgan asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 25 sahifani tashkil etadi.
“Devoni lug’otit turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalarining o’rganilishi xususida
Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk “ asari avlodlar uchu juda boy meros hisoblanadi. Sababi shuki, “Devoni lug‘otit turk” asari orqali bizga juda ko‘plab badiiyat namunalari yetib kelgan. Bu xususida ko‘plab Yevropa olimlari va turkologlar izlanish olib borganlar.
«Devon»dagi she’riy parchalar ko‘p turkologlar o‘rtasida munozaraga sabab bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik yevropalik turkologlar «Devon»da keltirilgan to‘rtliklarni dastlab turkiy xalqlarning qadimgi folkloriga mansub deb qaragan edilar. Jumladan, K. Brokkelman shunday fikrni aytgan edi. Ammo u «Devon»dagi ikkilik va to‘rtliklar unutilib ketgan ma’lum bir shoirlar ijodiga mansubligini ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Uningcha, asardagi asar yozilgan davrdan ilgari mavjud bo‘lgan va islomga hech qanday aloqasi yo‘q. Brokkelman ham «Devon»dagi she’riy parchalar misralari teng bo‘g‘inli (yetti bo‘g‘indan o‘n to‘rt bo‘g‘inga) qofiyalangan she’rlardir.1
V.V.Bartold esa «Devonu lug‘atit-»dagi she’riy parchalarga nisbatan tamomila boshqacha fikrda. Uningcha, «Devonu lug‘atit-turk»dagi she’rlar orasida xuddi «Qutadg‘u bilig» dagi singari, saroy adabiyotiga xos xususiyatlar bor. Buning isboti sifatida V.V.Bartold quyidagi to‘rtlikni keltiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |