𝑎11 𝑎21
Shunday qilib, ta‟rifga va belgilashga asosan quyidagiga
egamiz:
𝑎12
𝑎22
= 𝑎11𝑎22 − 𝑎21𝑎12. (3)
Determinantni tashkil qiladigan sonlar uning elementlari deb ataladi. Ikkinchi tartibli determinant ikkita satrga va ikkita ustunga ega. Istalgan elementning belgilanishida birinchi indeks shu element turgan satr tartibini, ikkinchi indeks esa ustun tartibini ko‟rsatadi. 𝑎11, 𝑎12 elementlar birinchi satrni,
𝑎21, 𝑎22 ikkinchi satrni tashkil etadi.
𝑎11, 𝑎21 elementlar birinchi ustunni, 𝑎12, 𝑎22 elementlar ikkinchi ustunni tashkil etadi.
𝑎11 , 𝑎22 elementlar joylashgan diagonal determinantning bosh diagonali, 𝑎21, 𝑎12 elementlar joylashgan diagonal esa yordamchi diagonali deb ataladi.
Shunday qilib, 𝑎 𝑎
11 12
𝑎21 𝑎22
determinant mos ravishda bosh va yordamchi diagonallarda turgan elementlarning ko‟paytmalari ayirmasiga, ya‟ni
𝑎11𝑎22 − 𝑎21𝑎12 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |