Detallar sirtlari shaklining chetlanishlarini me`yorlash.
Shakl chetlanishlari va cheklamalari. SHakl va joylashuvlar cheklamalari xamda chetlanishlarning asosiy kurinishlariga tegishli atama va ta`riflar GOST 24642-81 (O`YYOK ning ST SEV 301-76 standarti) bilan aniqlanadi.
Sirt (profil’) shaklining chetlanishi deganda real sirt (real profil) shaklining nominal sirt (nominal profil) shaklidan cheklanishi tushiniladi. Sirtning g’adir–budurligi to`lqinsimonlikdan farqli holda shakl cheklanishi tushiniladi. Asoslangan hollarda shakl chetlanishini sirt g’adir-budurlikni qo`shib me`yorlashga to`lqinsimonlikni alohida me`yorlashga (yoki shakl cheklanishining bir qismini to`lqinsimonlikni hisobga olmay me`yorlashga) ruxsat etiladi.
Sirtlar shakli va joylashuvidan cheklanishlarni me`yorlash va miqdoriy baholash urinma to`g’ri chiziqlar sirtlar va profillar prinsipiga asoslanadi.
Urinma to`g’ri chizik real profilga urinuvchi va detal materiallaridan tashqarida joylashgan shunday to`g’ri chiziqki, toki undan me`yorlayotgan qism chegaralaridagi real profil eng uzoq joylashgan nuqtasining chetlanishi minimal o`iymatga ega bo`lsin.
4.1.–shakl. To`g’ri chiziqli urinma (a) va aylanma urinma
Urinma aylana tashqi aylanuvchi sirt real profil atrofida tashqaridan chizilgan minimal (4.1. shakl) yoki ichki aylanuvchi sirt real profil atrofida tashqaridan chizilgan maksimal diametrli aylana (4.1 shakl).
Urinma tekislik – real sirt bilan aylanuvchi va detal materiali tashqarisida joylashgan shunday tekislikki, toki undan me`yorlangan qism chegaralaridagi real sirt eng uzoq nuqtasining chetlanishi minimal miqdorga ega bo`lsin.
Urinma slindri – real tashqi sirt atrofida chizilgan minimal diametrli tashqi yoki real ichki sirt ichiga chizilgan maksimal diametrli ichki slindr. Urinma sirt va profillar detallar tutashuvining nulli tigizmaslikli o`tkazmalaridagi sharoitlariga mos keladi. O`lchashda urinma sirtlar bo`lib nazoratchi plitalar, interferension oynalar, lekalali va qiyoslovchi plitalar, kalibrlar, nazoratchi opravkalar va boshqalarni ishchi sirtlari xizmat qiladi. SHakl cheklanishi miqdoriy jihatdan urinma normal bo`yicha real sirt nuqtalaridan urinma sirtgacha bo`lgan eng katta masofa baholanadi. Quyidagi harfiy belgilar qabul qilingan:
- shakl cheklanishi yoki sirtlar joylashuvi cheklanishi;
T – shakl yoki joylashuv cheklamasi.
L - me`yorlanadigan qism uzunligi.
4.2. – shakl. Slindrik sirtlar shaklining ko`ndalang kesimdagi chetlanishlar.
Silindrik sirtlar shaklining chetlanishlari. Davliylikdan chetlanish – real profil nuqtalaridan urinma aylanagacha bo`lgan eng katta masofa (4.2.-shakl). Doiraviylik cheklamasi T doiraviylikdan cheklanishning eng katta ruhsat etilgan miqdori. Doiraviylikning cheklama maydoni – doraviylik cheklamasi T ga teng masofada biri boshqasidan orqali qoladigan ikkita konsentrik aylanalar bilan chegaralangan spiralning markazi orqali o`tuvchi yoki aylanish sirti o`qiga perpendikulyar tekislikdagi soha.
Doiraviylikdan cheklanishning xususiy ko`rinishlari bo`lib ovallik va ogranka xisoblanadi.
Ovalilik – doiraviylikdan cheklanish, unda real profil eng katta va eng kichik diametrlari o`zaro perpendikulyar yo`nalishlarda joylashgan ovalsimon figurani hosil qiladi (4.2. shakl).
Ogranka – doiraviylikdan cheklanish, unda real profil eng katta va eng kichik figuradan iborat bo`ladi. Ogrankaning yoqlari juft yoki toq sonli bo`lishi mumkin. Yoqlar toq sonli ogranka o`lchamining tengligi bilan xarakterlanadi (4.2. shakl). Detalning ovalligi masalan tokarlik yoki silliklash dastgohi shpindelining zarbasi detalning disbalansi va boshqa sabablar tufayli paydo bo`ladi. Ogrankaning paydo bo`lishi detal oniy aylanish markazi vaziyatining o`zgarishi bilan tushuntiriladi. Masalan markazsiz silliklashda .
Ovallik va ogranka miqdoriy jihatdan xuddi doiraviylikdan cheklanishdan baxolanadi (4.2. shakl).
Slindrlikdan cheklanish – me`yorlanayotgan L – kism chegaralarida real sirt nuqtalaridan to urinma slindrgacha bo`lgan eng katta - masofa (4.2. shakl). 4.2. shaklda slindrlik cheklamasi T ga teng masofada biri boshqasidan orqaga qoladigan o`qlari ustma – ust bir va ikki slindrlar bilan chegaralangan fazo bilan aniqlanadigan slindrlikning cheklama maydoni ko`rsatilgan.
Slindrik sirt bo`ylama kesimi profilining chetlanishi – me`yorlanayotgan L kism chegarasida o`qlari orqali o`tuvchi tekislikda yotgan real sirtni yasovchi nuqtalardan to urinuvchi profilning mos tomonigacha bo`lgan eng katta masofa (4.2.–shakl). Bunday chetlanishning cheklama maydoni T 4.2. – shaklda tavirlangan. Bo`ylama kesim profilning chetlanishi yasovchilarning to`g’ri chiziqlilik va parallelilikdan cheklanishni xarakterlaydi. Bo`ylama kesim profili va cheklanishning xususiy ko`rinishlari bo`lib konussimonli, bochkasimonlik va egarsimonlik hisoblanadi.
Konussimonlik – bo`ylama kesim profilining chetlanishi, unda yasovchilari to`g’ri chiziqli lekin parallel emas (4.2 – shakl).
Bochkasimon – bo`ylama kesim profilining yasovchilari to`g’ri chiziqli emas va diametrlari kesim chekkalaridan o`rtasi tomon oshib boradigan cheklanishi (4.2. – shakl).
Egarsimonlik – bo`ylama kesim profilining yasovchilari to`g’ri chiziq bo`lmagan va diametrlari kesimi chekkalaridan o`rtasi tomon kamayib boradigan (4.2. – shakl).
Miqdoriy jihatdan konussimonlik, bochkasimonlik va egarsimonlik xuddi bo`ylama kesim profilining chetlanishidan baholanadi.
Bochkasimonlik ko`pincha lyunetsiz markazlarda ingichka uzun vallarni yo`nganda paydo bo`ladi. Yo`g’on katta vallar ko`pincha valning chekkalari bo`yicha ko`p siljishidan (kesuvchi kuchlarning tashkil etuvchilari ikkala markazlar oralig’ida ancha tekis taqsimlanadi). egarsimon bo`lib qoladi. Bochkasimonlik va egarsimonlik shuningdek dastgoxlar staninalari yo`naltiruvchilarning xatoliklari va boshqa sabablar tufayli paydo bo`lishi mumkin. Detallarning talab qilingan shaklini hosil qilish uchun pardozlash aparatlarining uzul kesil termik ishlov bergandan so`ng bajarish maqsadga muvofiqdir. Keskichning yoyilishi, dastgoh shpindeli va ketingi babka pinoli geometrik o`qlarning ustma-ust tushmasligi makazlar o`qining stanina yo`naltiruvchilariga parallelligidan chetlanishi konissimonlikning sababchisi bo`lib hisoblanadi.
Jadval 4.1.
Shakl va joylashish dopusklari va ularning shartli belgilari
Dopusklar guruhi
|
Dopusk turi
|
Belgisi
|
Dopusklar guruhi
|
Dopusk turi
|
Belgisi
|
Shakl dopuski
|
To`g’richiziqlikdan
|
|
Shakl va joylashish dopusklarining yig’indi qiymati
|
Radial tepish
|
|
Tekislikdan
|
|
Yon yuzaning tepishi
|
Aylanalikdan
|
|
Berilgan yo`nalishda tepish
|
Bo`ylama kesim profilidan
|
|
To`liq radial tepish
Yon yuzaning to`liq tepishi
|
|
Slindrlikdan
|
|
Joylashish dopusklari
|
Parallellikdan
|
|
Berilgan profilning shakli
|
|
Perpendikulyarlikdan
|
|
Qiyalikdan
|
|
Berilgan yuzaning shakli
|
|
O`qdoshlikdan
|
|
Simmetriklikdan
|
|
Pozitsiyadan
|
|
O`qlarning kesishishidan
|
|
Fazoda o`qning to`g’ri chiziqlikdan chetlanishi va o`q to`g’ri chiziqliligining cheklama maydonini T 4.2. – shaklda ko`rsatilgan. Bu atama o`qning egiluvchanligi atamasini almashtiradi.
Yassi sirtlar shaklining chelanishlari. YAssilikdan chetlanish me`yorlanayotgan qism chegaralarida real sirt nuqtalaridan to urinuvchi tekislikkacha bo`lgan eng katta masofa kabi aniqlanadi (4.3. – shakl).
Yassilikning cheklama maydoni – yassilik cheklama T ga teng masofada biri ikkinchisidan orqada qoladigan ikkita parallel tekisliklar bilan chegaralangan soha (4.3. – shakl).
Kabariqlar (4.3.–shakl) va botiqlik (4.3.–shakl) yassilikdan cheklanish xususiy ko`rinishlari bo`lib hisoblanadi. Tekisliklar to`g’ri chiziqlikdan chetlanish (4.3.–shakl) real profil nuqtalardan to urinuvchi to`g’ri chiziqkacha bo`lgan eng katta masofa kabi aniqlanadi. Tekislikda to`g’ri chiziqlikning quyi maydoni shu shaklning o`zida ko`rsatilgan.
4.3. – shakl. Chetlanishlarning joylashuvi.
Sirtlar shakli va joylashuvining chetlanishlarini o`lchash usullari va vositalari. Detallar sirtlari shakllarning chetlanishlari universal va maxsus o`lchov vositalari bilan aniqlanadi. Ovallik va yoqlari juft sonli ogranka ikki kontaktli priborlar bilan o`lchanadi. Ovallik detalning ikkita o`zaro perpendikulyarlik yo`nalishlarda o`lchangan eng katta va eng kichik diametrlari o`rtasidagi ayirmasining yarmiga teng.
Yoqlar tok sonli ogranka ikki nuktali kontakli priborlar bilan o`lchab bo`lmaydi. Uni xalqada yoki uch kontaktli qurilmalarida o`lchash mumkin. Doiraviylikdan cheklanish pribor doira o`lchagichda nisbatan aniq o`lchanish mumkin.
Slindrlikdan cheklanishni bevosita ishonchli o`lchaydigan vosita hozircha yo`q. YOqlari toq sonli ogranka va o`q to`g’ri chiziqligidan chetlanishning o`qligida slindriklikdan chetlanish ikki kontaktli pribor bilan detalning kamida ikkita chekki va o`rta kesimlarida o`lchangan sirtining eng katta va eng kichik diametrlari orasidagi ayirma kabi aniqlanadi. Agar yoqlari toq sonli ogranka yoki o`q to`g’ri chiziqliligidan chetlanish mavjud bo`lsa bunda tsilindlikni bilvosita aniqlash uchun har bir yoq alohida o`lchanadi, hamda eng katta va eng kichik diametrlar yarim ayirmasi bilan joylanadi.
Yassililikdan va to`g’ri chiziklilikdan chetlanishni o`lchash uchun turli konstruktsiyadagi satx o`lchagichlar, optik chizg`ichlar, optik torlar va yassilik o`lchagichlar qo`llaniladi. Yassilikni bo`yoqlangan qiyoslovchi plitalar vositasida aniklash mumkin (yuza birligi to`g’ri keladigan dog’larning aniqlangan eng kam soni bo`yicha). To`g’ri chiziqlilikdan chetlanishni profilogramma bo`yicha aniqlash mumkin.
4.1. Jadval
Chizmalarda shakl va yuzalar joylashish dopuklarini belgilashga misollar
Dopuskning turi
|
SHartli belgilanishi
|
Chizmadagi matnli yozuv shakli
|
Tekislilik dopuski
|
|
YUzaning tekislilik dopuski 0.06 mm dan oshmasin
|
To`g’ri chiziqlilik dopuski
|
|
YUzaning to`g’richiziqlilik dopuski butun yuzasida 0,25 mm dan oshmasin va 300 mm uzunlikda 0,1 mm dan oshmasin.
|
Slindriklik, aylanaviylik va bo`ylama kesim profilining dopuski
|
|
A yuzaning ilindriklikdan chetlanishi (dopuski) 0,01 mm dan aylanaviylikdan chetlanishi 0,004 mm dan va bo`ylama kesim profilidan chetlanish dopuski 0,004 mm dan oshmasin.
|
Parallellik dopusk
|
|
Teshiklarning umumiy o`qining A yuzaga nisbatan parallellikdan chetlanishi ko`pi bilan 0,01 mm.
|
Perpendikul’yarlik va tekislilik dopuski
|
|
B yuzaning A yuzaga nisbatan perpendikulyarligi va tekisliligining yig’indi qiymati 0,2 mm.
|
O`qdoshlilik dopuski
|
|
A va B yuzalarning o`qdoshligi 0,2 (diametrial qo`rinishdagi bog’liq-liq dopuski)
|
Simmetriklik dopuski (diametrial ko`rinishda)
|
|
B yuzaning T teshik o`qiga nisbatan simmetrikligi 0,004 mm.
|
Qiyalik dopuski
|
|
B yuzaning A yuzaga nisbatan qiyalik dopuski 0,1 mm.
|
O`qlarning kesi-shish dopuski (radius ko`rinishida)
|
|
Teshiklar o`qlarining kesishish dopuski T/2 0,06 mm
|
Berilgan yuzaning shakl dopuski
|
|
Berilgan yuzaning shakl dopuski T 0,02
|
Detallarning geometrik parametrlari aniqliligini tahlil qilishda quyidagi sirtlar farq qilinadi: nominal (shakl va o`lchamlar chetlanishlariga ega bo`lgan (ideal)) va detalni atrof muhitdan ajratib chegaralaydigan real (xaqiqiy) sirtlar. Detallarning real sirtlari ishlov berish yoki mashinalarni ishlatishdagi shakl o`zgarishlari natijasida hosil bo`ladi. Shunga o`xshash nominal va real sirtning (profilning) nominal va real joylashuvini farq qilishga to`g’ri keladi. Sirtning nominal joylashuvi ular va bazalar orasidagi yoki agar bazalar berilmagan bo`lsa, qaralayotgan sirtlar orasidagi nominal chiziqli va burchakli o`lchamlar bilan aniqlanadi.
Baza – detalning tekisliklardan birini yoki kordinatalar tizimi o`qlarini aniqlaydigan sirti, chizig’i, nuqtasi unga nisbatan joylashuv cheklamasi beriladi yoki joylashuvining chetlanishi aniqlanadi.
Sirt profili – sirtning tekislik yoki berilgan sirt bilan kesishish chizig’i (konturi). Real sirtlar yoki profillar nominallaridan farq qiladi.
Haqiqiy shaklning nominal shakldan chetlanishlari natijasida detalning turli kesimlaridagi o`lchamlari bir – biridan farq qiladi. Profil chetlanishlarini tahlil qilish uchun haqiqiy sirt kesimi konturini fazoviy burchaklar va amplitudalar spektorlari, ya`ni turli chastotali chetlanishlar majmuasi bilan aniqlanadigan profil’ chetlanishlarning garmonik tashkil etuvchilari majmuasi bilan xarakterlash mumkin. Konturograflari garmonik analizatorlar bilan uyg’un holda qo`llash detallar geometrik parametrlari chetlanishlari xarakterini tadqiq qilish, ularning paydo bo`lishi sabablarini aniqlash va texnologik jarayonlari takomillashtirish yo`llarini belgilash imkoniyatini beradi. Geometrik parametrlar chetlanishlarini ancha yirik holda turlarga ajratish mumkin: xususan o`lchamning chetlanishlari nolinchi tartibdagi chetlanishlarga; sirtlar joylashuvlarining chetlanishlari (e) 1-inchi tartibdagi chetlanishlarga; sirt shaklining chetlanishlariga (F) 2-inchi tartibdagi chetlanishlarga; to`lqinsimonlik xarakteriga ega chetlanishlar 3-inchi tartibdagi chetlanishlarga; sirt g’adir budirligi 4-inchi tartibdagi chetlanishlarga kiritiladi.
Umumiy holda buyumlarning maqbul sifatini hosil qilish uchun chiziqli va burchakli o`lchamlar, detallar va ular tarkibiy qismlari sirtlari shakli va joylashuvining aniqligini, shuningdek, detallar sirtlarining to`lqinsimonligi va g’adir-budurligini me`yorlash va nazorat qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |