Torakobraxial bog‘lam
sodda va aniq (21-rasm) ko‘rsatilgan. U yelka
suyaklari singanda qo‘yiladi.
Velpo bog‘lami.
kasal qo‘l panjasi sog‘lom yelkaga qo‘yiladi. Bintning aylanma
o‘rami bilan kasalning qo‘li ko‘krak qafasiga mahkamlanadi. keyin bint sog‘lom
tomondagi qo‘ltiqdan o‘tkazilib, orqadan kasal tomondagi yelkaga qiyshaytirib
yuritiladi, pastga vertikal tushiriladi, tirsak orqasiga o‘tkaziladi va ko‘krak qafasini
aylantirib gorizontal holda o‘rab, qo‘l qayta mahkamlanadi. Bint o‘ramlari
takrorlanadi. Gorizontal o‘ramlar bundan oldingi o‘ramlarning pastki qismiga
tushadi, vertikal o‘ramlar esa oldingi o‘ramlar ichiga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |