DESMURGIYA
Desmurgiya
(yunoncha
desmos
— aloqa, bog‘lam va ergon — harakat, ish,
sinonimi desmologiya) umumiy xirurgiyaning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib,
bog‘lamlarning turi va uni qo‘yish qoidalari to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Bog‘lam deganda, bemor tanasiga davo maqsadida mahkam o‘rab bog‘langan
bog‘lov materiali tushuniladi.
Jarohatga yoki tananing boshqa qismlariga davo maqsadida qo‘yiladigan
materialga
bog’lov materiali
deyiladi.
Bog‘lamni almashtirishga qayta bog‘lash deyiladi. Qo‘llanilishiga ko‘ra
bog‘lamlar ikki guruhga:
yumshoq
(plastir, kleol, ro‘mol, bintli) va
qattiq
(dekstrin, kraxmal, gipsli) bog‘lamlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |