Bosh barmoqni bog‘lash boshoqsimon bintlash tariqasida bajariladi.
Mustahkamlovchi doira o‘ram ham kaft usti, bilakda qilinadi. So‘ngra bint qo‘l
panjasi orqali osha barmoq uchigacha olib boriladi, barmoq spiralsimon
aylantirib o‘raladi, kaft usti bilakning orqa tomoniga, so‘ngra kaft tomoniga
qaytariladi. Bint barmoqni tamomila bekitguncha o‘ramlar takrorlanadi.
Qo‘lqopsimon bog‘lam. Bitta barmoqni bintlash qoidasidan foydalanib,
panjaning hamma barmoqlarini birin-ketin «qo‘lqop» shaklida bintlab chiqish
mumkin. Chap qo‘lni bintlashni qulaylashtirish maqsadida bog‘lamni
jimjiloqdan, o‘ng qo‘lni bintlashda bosh barmoqdan boshlash kerak
(16-rasm,
a, b ).