CSS ni tadbiq qilish deyilganda, biz, HTML-sahifada stilni декларирования qiluvchi formani va element bilan belgilash elementini tasvirlash stili bayonini bog‘lovchi formani tushunamiz. Gap shundaki, sahifa muallifi (yoki dizayner) qayerda va qanday formada stilni bayon etmoqda va qanday va qaysi formada unga murojaat qilmoqda. Shunday qilib, stillarni tadbiq qilishning to‘rtta usuli farqlanadi:
Belgilash elementida stilni qayta aniqlash.
Hujjat sarlavhasining STYLE elementida stil bayonini joylashtirish.
Muloqotni LINK elementi orqali tashqi bayonga joylashtirish.
Stil bayonini hujjatga import qilish.
Bu yerda Microsoft (Cascading Style Sheets in Internet Explorer 4.0. Microsoft, 1997) kompaniyasidan bo‘lgan Jorj Yang izidan boramiz. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, boshqa brauzerlar ishlab chiquvchi kompaniyalarda stilni import qilish ta’minlanmagan. Ammo, CSS1 ga patent Microsoft firmasiga tegishlidir.
10.2.1. Stilni qayta aniqlash
STYLE atributini ihtiyoriy belgilash elementi ichida qo‘llash mumkin. Masalan, STYLE orqali HR (gorizontal chiziq) elementining kengligini va tekislanishini aniqlash mumkin:
Aniq bir belgilash elementi uchun stilning barcha parametrlarini aniq bir belgilash elementi uchun tadbiq qilib bo‘lmaydi. Elementlar tiplari va stilning mos parametrlari haqida navbatdagi mavzuda to‘xtalib o‘tamiz (“Blokli va satrli elementlar”). Bu yerda quyidagini ta’kidlash lozim: stillar birinchi navbatda matnni tasvirlashni boshqarish uchun ishlab chiqilgan. HTML-belgilashning matnli bo‘lmagan elementlarini tasvirlashni boshqarishda stillarga qiziqish maqsadga muvofiq emas.
10.2.2. STYLE elementi
STYLE elementini qo‘llash – bu HTML-hujjatga kaskadli stillar jadvalini tadbiq qilishning asosiy usuli hisoblanadi. Belgilsh elementlarini boshqarishdan tashqari, STYLE elementi JavaScript da programmalashhda o‘zgartirish mumkin bo‘lgan elementlarning stili xossalarini bayon etish imkonini beradi.
STYLE elementi quyidagilar uchun tasvirlash stillarini aniqlash imkonini beradi:
HTML-belgilashning standart elementlari;
ihtiyoriy sinflar (CLASS selektori);
НTML-ob’yektlar (ID selektori).
Ammo, turli ishlab chiquvchilarning brauzerlarida selektorlar bilan ishlash turli сюрпризы keltirib chiqarishi mumkin. Bu asosan ID selektoriga tegishli. Selektor haqida keyingi mavzularimizda to‘xtalib o‘tamiz. Bizning holda CSS spesifikasi patentiga ega bo‘lgan Microsoft uchun ko‘rib chiqamiz.
Belgilashning standart elementlari STYLE elementida quyidagicha bayon etiladi:
KASKADLI STILLAR JADVALI
Bu erda keltirilgan ma’lumotlardan HTML-belgilashning standart elementlari uchun stilni tadbiq qilishning bayoni sifatida foydalanamiz.
… …
detegi ichiga joylashtirilgan atributlar orqali aniqlanadi. Bunday atributlarga quyidagilar kiradi:
bgcolor – hujjat foni rangini aniqlaydi;
text – hujjat matni rangini aniqlaydi;
link – bosilganda gipermatnli muloqot bo‘yicha o‘tish amalga oshiriladigan matnning ajratilgan elementi rangini aniqlaydi;
vlink – avval ko‘rilgan hujjatga murojaat rangini aniqlaydi;
alink – muloqot bo‘yicha o‘tishdan avvalgi muloqot rangini aniqlaydi, ya’ni sichqoncha ko‘rsatkichi unga olib kelingan va o‘ng tugmasi bosilgan hol.
Rang uchta belgilar juftligi ketma-ketligi orqali kodlanadi. Har bir juftlik berilgan rangning uchta asosiy rangdan birining (qizil, yashil va ko‘k) o‘n oltilik qiymatda [(00) dan 255 (FF) gacha] to‘yinganligi orqali ifodalanadi. Bir necha misol ko‘raylik.
bgcolor=#FFFFFF. Fon rangi. Qizil, yashil va ko‘k ranglar bilan to‘yinganlik darajasi bir xil – FF (255 sonining o‘n oltilik ko‘rinishda taqdim etilishi). Natija – oq rang.
text=#000000. Matn rangi. Qizil, yashil va ko‘k ranglar bilan to‘yinganlik darajasi bir xil – 00 (nol). Natija – qora rang.
link=#FF0000. Gipermatnli muloqot rangi. Qizil bilan to‘yinganlik darajasi – FF (255), yashil va ko‘k – 00 (ноль). Natija – qizil rang.
Bundan tashqari, detegi matn va boshqa tasvirlar uchun fon vazifasini bajaruvchi background=“[fayl nomi]” atributini olishi mumkin. Har qanday boshqa tasvir kabi, fon ham GIF (*.gif kengaytmali fayl) yoki JPEG (*.jpg yoki *.jpeg kengaytmali fayl) formatida taqdim etilishi lozim.
Brauzerlar fon-tasvirli hujjat ochilganda oynaning barcha sohasini ko‘plab fon-tasvir nusxalari bilan to‘ldiradi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, HTML-hujjatni chop qilishda fon rangi va fon-tasvir qog‘ozda tasvirlanmaydi (chiqarilmaydi). Bundan quyidagicha muhim hulosa chiqarish mumkin: imkon qadar oq rangli matndan foydalanmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |