Web-brauzer matnni formatlamasligi uchun qanday teg ishlatiladi ?
Web-sahifaga matn kiritish mavzusini takrorlash
«Mening oilam» nomli web-sahifa tayyorlang. Unda turli formatlash teglaridan tashqari belgilar yordamida hosil qilingan sodda rasm (uycha, archa va hokazo) ham bo‘lsin.
Fanlar nomi qiziqishingizga ko‘ra turli pog‘ona sarlavhalari ko‘ri- nishida aks etgan web-sahifa tayyorlang.
3*. «Bizning sinf» nomli tayyorlangan web-sahifangizdagi barcha gaplarda ega qalin va og‘ma, kesim og‘ma va taqchiziqli ko‘rinishda bo‘lsin.
4*. «Buyuk ajdodlarimiz» nomli web-sahifa tayyorlang. Unda sahifa o‘rtasida joylashgan ajdodlarimiz nomi 1-pog‘ona sarlavhasida qilgan ishlari o‘ngdan tekislanib 3-pog‘ona sarlavhasida ko‘rinsin.
5*. Ko‘rinishi quyidagi kabi «Ruboiy» nomli web-sahifa tayyorlang.
Shrift o‘lchami, rangi va web-sahifa foni
Shrift o‘lchamini belgilash uchun HTML tilida juft tegi SIZE (o‘lcham) parametri bilan birga ishlatiladi. Bu teg ishlatilganda kiritilayotgan matnning shrift o‘lchami o‘zgarmaydi. Shrift o‘lchami o‘zgarganini faqat web-brauzerda ko‘rish mumkin.
Shrift o‘lchamini belgilash uchun HTML tilida juft tegi SIZE (o‘lcham) parametri bilan birga ishlatiladi. Bu teg ishlatilganda kiritilayotgan matnning shrift o‘lchami o‘zgarmaydi. Shrift o‘lchami o‘zgarganini faqat web-brauzerda ko‘rish mumkin.
Web-sahifada 7 xil o‘lchamdagi shriftlarni ishlatish mumkin. Ular 1 gan 7 gacha parametr qiymati bilan belgilanib, 1 eng kichik, 7 esa eng katta shrift o‘lchamini bildiradi. Masalan, shrift o‘chamini 5 ga teng qilib olish uchun ko‘rinishdagi juft teg yoziladi. Asosiy shrift o‘lchamiga qaytish uchun tegi qo‘llaniladi.
Shrift rangini tanlash uchun juft tegi COLOR parametri bilan birga qo‘llanadi. Bu ko‘rsatmadan keyin "=" belgisi va qo‘shtirnoq ichida rang kodi yoziladi. Rang kodi "#" belgisi bilan boshlanadi. Matnda uning umumiy ko‘rinishi quyidagichadir: