Denov tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida navbatdan tashqari o’tkazilgan boshlang’ich ta'lim uslubiy birlashmasining
B A Y O N N O M A S I № ___
2022 yil 19-aprel
K U N T A R T I B I
Maktabimizda boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ochiq darslarini tashkil etish va ommolashtirish to’g’risida.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi Eshmatov Islomning ochiq darsini ommalashtirish to'g'risida.
E S H I T I L D I:
Ushbu Kun tartibidagi masala yuzasidan boshlang'ich ta'lim uslubiy birlashma raxbari so’zga chiqib, boshlang’ich sinflarda ochiq darslar tashkil etish kerakligi ochiq darslarni yaxshi tashkil qilgan o’qituvchilar tuman, viloyat va Respublika bosqichlarida ishtirok etilishi mumkinligi aytib o’tildi. Bundan tashqari 1 «A»-sinf raxbari Eshmatov Islom maktaba ochiq dars tashkil etib, ushbu ochiq dars e’tirofga sazovor bo’ldi. 2-sinf matematika fanidan «Vaqt va vaqt birliklari» mavzusida tashkil etilgan ochiq dars o’qituvchilar tomonidan yuksak baholandi.
Oliy toifali o'qituvchi M.Mattiyeva so'zga chiqib har bir o’qituvchi o’z ustida ishlashi o’zining kasb mahoratini ko’rsatish kerakligi ta’kidlandi. Maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchsi Eshmatov Islom mahoratidan boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’rnak olishi va o’z ustida ishlashi davr talabi ekanligi aytib o’tildi.
Kelajakda o’z ustida ishlagan, ochiq darslari ommalashgan o’qituvchilar uchun oylik ish haqlariga, ishiga qarab foizlar qo’shilib, oyliklari ko’tarilishi aytib o’tildi.
Mazkur masalalar yuzasidan maktabning boshlang'ich ta'lim uslubiy birlashma raxbari zimmasiga yuklatidli va yosh mutaxasiss, magistrant Eshmatov Islom matematika fanidan 2-sinfda ,,Vaqt va vaqt birliklari’’ mavzusida o’tkazgan ochiq darsi namunali deb topilib tumanda ommalashtirishga tavsiya e’tildi. Ochiq darslar o’qituvchilarda katta taassurotlar qoldirganini aytib o’tishdi. Ko’rilgan masalalar yuzasidan uslubiy birlashma
QAROR QILADI:
Maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Eshmatov Islom matematika fanidan «Vaqt va vaqt birlilari» mavzusida o’tilgan dars na’munali deb topilsin va maktab bo’yicha ommalashtirilisin.
Maktabda barcha fanlardan ochiq darslar tashkil etilsin va ushbu topshiriqni nazorat qilish O’.I.B.D.O’ A.Abduxoliqovga yuklatilsin.
Maktabning barcha metodbirlashma rahbarlariga:
- maktab o’qituvchilarining ilg’or ish tajribalarini o’rganish, tahlil etish, umumlashtirish va ommalashtirish ishlarini jonlantirish;
-ta’lim jarayonida alohida yutuqlarga erishayotgan, o’z faoliyatida ilg’or tajribalar qo’llayotgan o’qituvchilarni qo’llab-quvvatlash va ish tajribalarini maktab miqyosida ommalashtirish hamda tuman miqyosida ommalashtirishga tavsiya etish vazifalari yuklatilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish metodbirlashma rahbari F.Axmedova zimmasiga yuklatilsin.
5. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Eshmatov Islom Bahodir o’g’lining
2-sinfda matematika fanidan ,,Vaqt va vaqt birliklari’’ mavzusida o’tkazgan ochiq darslari namunali deb topilsin va tumanda ommalashtirishga tavsiya etilsin.
Pedagogika kengashi rahbari: F.Axmedova
Uslubiy birlashma kotibasi: M.Akboyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |