Yuvish tozalash ishlari
Kabina va kuzov tozalanib, avtomobil yuviladi, oynalari, orqani ko‘rish ko‘zgusi, faralar, gabarit chiroqlari, burilishni ko‘rsatkichlari, tormozlash signallari va avtomobilning raqamli belgisi artiladi.
Moylash, tozalash, yonilg‘i va moy quyish ishlari
Dvigatel karteridagi moy sathi tekshiriladi (zarurat bo‘lsa, me’yorigacha quyiladi), moyni dag‘al tozalash filtri dastasi buraladi, sovitish tizimidagi suyuqlik sathi tekshiriladi (zarurat bo‘lsa quyiladi). Qish mavsumida avtomobil ochiq maydonchada saqlanganida dvigatelni sovitish tizimiga suv to‘ldirilgan bo‘lsa, suv to‘kiladi.
Kundalik texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun avtomobilda quyidagi asboblar bo‘lishi kerak.
1-rasm. Kalitlar to‘plami
1-asboblar idishi; 2-otvyortka; 3-umumlashgan otvyortka; 4-g‘ildirak kaliti;
5-domkrat; 6-12x14 gayka kaliti; 7-domkrat dastagi.
Avtomobilning tashqi holati
Avtomobilning ichki va tashqi sirtlarini tozalash uchun tez bug‘lanib ketadigan aralashmalardan (lak, benzin, benzol eritkichlar, xo‘jalik yuvish vositalaridan) foydalanish ruxsat etilmaydi.
Bu aralashmalarning ba’zilari yengil alangalanuvchi va zaharli bo‘lib, inson salomatligiga xavf tug‘dirishi yoki avtomobilga shikast yetkazishi mumkin.
Avtomobilning tashqi sirtiga yopishgan yoki tomgan loy, moy va boshqa iflosliklar vaqt o‘tishi bilan quyidagi shikastlanishlarga olib kelishi mumkin.
Buyoq rangining o‘chishi.
Buyoq ko‘chishi oqibatida korpusning zanglashi.
Korpusni nam va iflosliklar ta’siri natijasida yemirilishi;
Shuning uchun avtomobil doimo toza holda bo‘lishi kerak.
Birinchi texnik xizmat ko‘rsatish (1-TXK).
1-TXK vaqtida KTXK tarkibiga kiradigan barcha ishlar, shuningdek, navbatdagi 1-TXK yoki 2-TXK gacha yo‘lni bosib o‘tishda avtomobil agregatlari, qismlari va tizimlarning benuqson ishlarini ta’minlaydigan qo‘shimcha ishlar bajariladi.
1-TXK ko‘rsatish ishlarini bajarishdan oldin umumiy tashhis qo‘yiladi.
Rul chambaragi va rul tortqilari sharnirlarida lyuft bor-yo‘qligi rul boshqarmasini tekshirish asboblari yordamida bajariladi, yuk avtomobillari tormozlarini tekshirish stendida avtomobil ishlayotgan vaqtda va to‘xtatib turish tormozining me’yorda ishlayotganligi; yoritish va ogohlantirish asboblari, oyna tozalagich, yuvgichlarning ishlashi, shamolni to‘sadigan, oynadan shamol urishi, orqani ko‘rish ko‘zgulari to‘g‘ri o‘rnatilganligi, shinalar holati tekshiriladi va ulardagi havo bosimi manometr yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |