24-MAVZU:BOSHQARILUVCHI G’ILDIRAK YURITMASI YETAKLOVCHI G‘ILDIRAKLAR YURITMALARI Boshqariladigan yetakchi g‘ildiraklar yuritmasi differensialning chiqish vallaridan old yetakchi g‘ildiraklarga burovchi moment uzatish va avtomobilning harakatini boshqarishga imkon beradi. Burovchi moment uzatmalar qutisidan bosh uzatma va differensial orqali old g‘ildiraklarga o‘ng va chap yuritmalar orqali uzatiladi. Har bir yuritmada ikkitadan, burchak tezligi teng bo‘lgan sharnirlar mavjud bo‘lib, ular g‘ildiraklar burilganda va osmada tik harakatlanganda o‘zgaruvchan burchak ostida burovchi momentni uzatib beradi. Tashqi sharnir korpus (1) (1.164-rasm), separator (2), ichki halqa (3) va oltita sharchadan tashkil topgan. Bo‘ylama tekislikdagi ariqchalar radius bo‘yicha tayyorlanganligi sababli, tashqi sharnirning burilishi 42° gacha bo‘ladi. Ichki halqa val (4) ning shlitsasiga o‘rnatilgan va stopor halqa (5) ni ushlab turadi. Shar- nirlarni changdan himoyalash uchun korpus va valga ikkita xomut 1.164-rasm. «Nexia»
avtomobilining boshqariladigan
yetakchi g‘ildiragi yuritmasi:
1—tashqi korpus; 2—separator;
3—ichki halqa; 4—val; 5—stopor
halqa; 6—himoyalovchi g‘ilof. yordamida, gofrsimon himoya-
lovchi g‘ilof (6) mahkamlangan. G‘ilofning zichlanishini ta’- minlash uchun uning mahkam- lash joyidagi sharnir korpusida ariqchalar qilingan bo‘lib, g‘ilof xomuti tortilganda siqilib kiradi. Undan tashqari, g‘ilofning o‘zida ham ariqcha qilinganligi sababli, labirintli mahkamlash hosil bo‘ladi. Sharnir korpusining shlitsali uchi g‘ildirak gupchagiga o‘rnatilgan bo‘lib, unga gayka yordamida mahkamlanadi. «Matiz» avtomobillarida ikki turdagi sharnirlar: olti zoldirli yoki uch shipli «Tripod» turidagi sharnirlar o‘rnatilishi mumkin (1.165-rasm). Ichki sharnir tashqi sharnirdan sharchalar harakatlanishi uchun ochilgan ariqchalar bilan farq qiladi. Agar tashqi sharnirda ariqchalar radius bo‘yicha bo‘lsa, ichki sharnirdagi ariqchalar to‘g‘ri ochiladi. Shu sababli, sharnir universal bo‘ladi va uning vallari chapga-o‘ngga siljishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, g‘ildiraklar va kuch uzatmaning orasidagi masofani harakat vaqtida o‘zgarib turishini kompensatsiya qilib boradi. Universal, uch zoldirli sharnir val bilan yaxlit tayyorlangan 3 ta bo‘ylama pazli, silindrsimon korpusdan, shiplar bilan kardan valining ichki uchiga mahkamlangan gupchakdan, ninasimon podshipnikli uchta rolikdan tashkil topgan. Shiplar ham pazlarga o‘xshab bir-biriga nisbatan 120° burchak ostida joylashgan. Roliklar ham bo‘ylama pazlardagi silindrsimon qirqimdagi singari radiusdagi sferasimon yuzaga ega. Vallar burchakostida aylanganida roliklar ninasimon podshipniklarda aylanib, pazlarda dumalaydi va shu bilan birgalikda shiplar sharnir korpusiga nisbatan bo‘ylama yo‘nalishda siljishi mumkin.
Yetakchi ko‘prik quyidagilarni bir agregatga birlashtiradi:
asosiy uzatmani;
differensialni;
yetakchi ko‘prikning bitta karteriga joylashtirilgan yarim- o‘qlarni.
Yetakchi ko‘prik mexanizmlari burovchi momentni uzata- yotganda uning karterireaktiv kuchlar ta’siriga uchraydi. Bu kuchlar ko‘prikni g‘ildiraklarning aylanishigateskari yo‘nalishda burashga harakat qiladi. Osma va uning yo‘naltiruvchi elementlariyetakchi ko‘prikni buralib ketishdan saqlab turadi. Osma avtomobil yuribketayotganda vujudga keladigan o‘q yo‘nalishidagi zo‘riqishlarni uzatadi. O‘tuvchanligi yuqori ikki o‘qli avtomobillarda har ikki ko‘prik ham yetakchi hisoblanadi.