Mavzu № 10. XIX asrda rus olimlarining Turkistondagi faoliyati Rus olimlari tomonidan o‘lka tarixini o‘rganilishi.
Tabiiy fanlar taraqqiyoti.
Texnika taraqqiyoti.
Adabiyot: Karimov I.A. «Fan mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishi kerak». Uzbekiston 1994 yil.
Avdiev G. «Qadimgi SHarq tarixi». T. 1972 yil.
Abdunabiev A. «Vklad v mirovuyu tsivilizatsiyu». T. 1998 yil.
Kotyukova V.T. «Istoriya nauki». T. «Universitet» - 2002 yil.
Chor xukumati Turkishon o`lkasi xalq ommasiga milliy jixatdan o`zini anglash uchun imkon bermas edi,chunki ular orasida tarixiy bilimlarni keng tashviqot qilish va ular etiborni qadimiy Yodgorliklar qimattiga jalb etish Chorizmning mustamlaka siyosatiga putur yetkazadi, deb hisoblar edilar. Lekin O`rta Osiyoni o`z mustamlaka mlki deb bilgan Chorizm beqiyos boyliklarni o`zlashtirish uchun Turkistonni ilmiy asosda o`rganish zarurligini yaxshi tushunar edi.
Qisqa vaqt ichida o‘lka meterologiyasi, zoologiya, numizmatikasi etnografiya, flora, fauna dunyosiga oid kolektsiyalar to`pladi.
Shu munosabat bilan tarqoq kolektsiyalarni birlashtirish va ularni Peterburgga jonatilishi uchun saralash markazi lozim bo`lib qoladi. Buning uchun qulay markaz muzey hisoblanib o`lkada muzey tashkil etish masalasi ko`tarildi. Jumladan A. P. Fedchenko Turkiston general- gubernatoriga tayyorlangan axborotda "Turkistonni"muvoffaqiyatli rivojlantirishi uchun u bilan asosli ravishda tanishib chiqish kerak,muzey esa buning esa yaxshi vositasidir", deb yozgan edi.
Mavzu № 11-12. XX asrda ilm fan taraqqiyoti. Transport. Metallurgiya.
Ximiya texnologiya, mashinasozlik.
Energetika. Ichki yonuv dvigatellari.
Xarbiy texnika.
Adabiyot: Karimov I.A. «Fan mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishi kerak». Uzbekiston 1994 yil.
Avdiev G. «Qadimgi SHarq tarixi». T. 1972 yil.
Abdunabiev A. «Vklad v mirovuyu tsivilizatsiyu». T. 1998 yil.
Kotyukova V.T. «Istoriya nauki». T. «Universitet» - 2002 yil.
XIX asrning so`ngi choragi va XX asrning boshlarida ta`sir doiralari va mol sotiladigan bozorlarni qo`lga kiritish uchun kurashda transport juda muxim rol uynaydi.
XIX asrning 70 yillarida paravozsozlikni taraqqiy ettirishdagi boshlang`ich davri tugadi. Paravozni takomillashtirish paravoz quvvatini va tortish kuchini oshirish yo`lidan bordi. XIX asrning oxirida effekti kam bo`lgan bu mashina o`rniga dvigatellar, chunonchi, ichki yonuv dvigateli elektr dvigateli yaratishga xarakat qilina boshlandi. 1895 yildayoq Angliya va AQSH ning eng yirik shaharlarida konko o`rniga tramvay ishlatildi. 10 yil ichida temir yo`l elektr tarmoqlarining uzunligi 2260 km etdi, shundan 1139 km Germaniyada edi. 1901 yildan boshlab, Parijning shahar atrofiga boradigan temir yo`l liniyalarida elektrdan foydalanildi. XIX asrning ikkinchi yarmida paroxodlar takomillashtirila boshladi. Kemalar qurishda po`lat keng ishlatila boshlandi. 1900 yilda misli ko`rilmagan katta kemalar uzunligi 200 metr, suv sig`dirish xajmi 20000 tonna keladigan kemalar paydo buldi. Passajir kemalarining yurish tezligi 20 uzelga, ya`ni soatiga kariyib 40 km ga etkazildi. Temir yo`l kurilishining keng kulamda avj oldirib yuborilishi, dengiz transportining elkali yog`och kemalaridan bug` kuchi bilan yuradigan pulat kemalarga batamom utishi mashinasozlikning rivojlanishi bularning xammasi metall ishlab chikarish mikdorining kupaytirilishining va metall sifatini yaxshilanishini talab etadi.