Denov tadbirkorlik va


METODISTNING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI



Download 0,55 Mb.
bet12/15
Sana04.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#634771
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Pedagogika va aniq fanlar

METODISTNING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI
Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko'rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg'or tajriba minbaridir.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri Pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
Pedagogik kengashga quyidagi masalalar: bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo'llarini izlash; muassasa ish amaliyotga pedagogika fanining yutuqlari va ilg'or pedagoglar tajribasini joriy qilish; tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kiritiladi.
Pedagogik kengash Maktabgacha ta’lim vazirligi, maktab­gacha ta’lim bo'yicha buyruq, yo'l-yo'riq, nizom va boshqa me'yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta'lim muassasasining yillik ish rejasini; bolalar sog'ligini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhlari bo'yicha «Ilk qadam» dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg'or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim va tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi mavzuning kengligini, dolzarb- ligini ta'minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo'ladi.
Pedagogik kengash tarkibiga: metodist, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta'lim muassasasiga xizmat ko'rsatuvchi shifokor, katta hamshirasi, kasaba uyushma, ota- onalar qo'mitasining raisi hamda vasiylik kengash raislari kiradi. Pedagogik kengash yig'ilishiga jamoat tashkilotlarining
vakillari, maktablar o'qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar Pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja bo'yicha ishlaydilar.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida kollegial organ hisoblangan Pedagogik kengashlar tashkil etilib, u pedagogik xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta’limda davlat talablari asosida muvofiqlashtirilgan ta'Iim- tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Pedagogik kengash maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya jarayonidagi asosiy masalalarni hal etuvchi doimiy faoliyat ko'rsatadigan organ hisoblanadi.
Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • ta'lim muassasasi pedagogik jamoa faoliyatini yo'naltirish, tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish, "Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari"ning bajarilishini ta'minlash;

  • ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul Iozim-sharoitlar yaratishga doir qarorlar qabul qilish;

  • pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;

  • pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;

  • pedagogik jamoaning ma'lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish;

  • ilg'or pedagoglarning ish tajribalarini o'rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko'rsatish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilash;

  • "Ustoz-shogird" an'analari, uzluksiz malaka oshirish borasida olingan hisobotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

  • tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy hislarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta'Iim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;

  • ta’Iim oluvchilarni ma'naviy yuksak, umuminsoniy va milliy ruhda, o'z vatani, xalqini ardoqlovchi shaxs sifatida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish.

PEDAGOGIKA KENGASHI FAOLIYAT1N1
TASHKIL ETISH VA UNINGISH MAZMUNI


  • Maktabgacha ta'Iim muassasasi rahbari Kengashning raisi hisoblanadi va uning faoliyatini boshqaradi. Pedagogika kengashi kotibi jamoa tomonidan bir yil muddatga saylanadi.

  • kengash yig'ilishlari o'quv yili avvalidan boshlanib, har chorakda bir marta o'tkaziladi. Zaruriyat bo'lgan hollarda navbatdan tashqari Pedagogika kengashi o'tkazilishi mumkin.

  • kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashib, ulardan ko'pchiligi yoqlab ovoz bersalar, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo'lgan taqdirda, Kengash raisining qarori hal qiluvchi hisoblanadi.

  • navbatdan tashqari chaqirilgan yig'ilishda esa kengash a'zolarining kamida uchdan bir qismi ishtirok etishi kerak.

  • ovoz berish tartibi kengash yig'ilishida ochiq ovoz berish yo'li bilan belgilanadi.

  • pedagogika kengashi tarkibiga muassasa shifokori va hamshira, kasaba uyushma raisi, ota-onalar (vasiylik kengashi) qo'mitasi raisi, mahalla fuqarolar yig'ini a’zolari kirishi mumkin.

  • kengashni o'tkazish vaqti, joyi va kun tartibi muassasada bir oy oldin e’lon qilinadi.

  • kengashda muhokama etiladigan materiallar doimiy hamda vaqtinchalik tashkil topgan guruhlar yoki muassasa ma’muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi.

  • kengashda muassasaning ish rejasi, malaka oshirish rejasining bajarilishi, nazorat turlari bo'yicha o'rganish xulosalari, xodimlarning hisobotlari, tarbiyalanuvchilarning o'zlashtirishi, muassasaning sanitar-gigiyenik ahvoli va tarbiyalanuvchilarning sog'lig'i va muassasa faoliyatining boshqa masalalari ko'rib chiqiladi.

  • kengash pedagoglarning ilg'or ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va ommalashtirish, yosh pedagoglargayordam uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilaydi.

  • kengashda mashg'ulot ishlanmalari, tarbiya jarayonining shakl va metodlarini amalga oshirish yo'llari muhokama qilinadi, tarbiyalashning ilg'or usullarini joriy etish bo'yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, oliy ta’lim institutlari, jamoat va nodavlat tashkilotlari, maktab, mahalla bilan hamkorlik qilish yo'nalishlarini belgilaydi.

  • kengash ta’lim-tarbiyajarayonini tashkil etishdapedagogik jamoaning ma'lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul lozim-sharoitlar yaratishga oid yakuniy xulosa chiqaradi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka oshirish kursidan qaytgan pedagoglarning hisobotlarini tinglaydi.

  • kengashda kun tartibidagi masalalarni ko'rishdan oldin avvalgi kengashda qabul qilingan qarorlarning ijrosi haqidagi masala eshitiladi va ijrosi ta’minlangan har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar nazoratdan olinadi.

  • kengash kun tartibida ko'rilayotgan har bir masala aniq ifodalangan bo'lishi, masalalar o'quv yilining asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda kiritilishi lozim. Kengashda ko'riladigan masalalar soni uchtadan oshmasligi zarur.

  • Kengash qarori ijrosini nazorat qilish muassasa rahbari zimmasiga yuklatiladi.

Pedagogika kengashi huquqlari

  • Pedagogika kengashi maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini rivojlantirish yo'nalishining istiqbol rejasini belgilaydi.

  • maktabgacha ta'lim muassasasining o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarning bajarilish yo'llarini belgilab beradi va ijrosini ta’minlaydi.

  • Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda turli shakl va metodlarni ishlab chiqadi.

  • O'z vakolati doirasida ishlab chiqilgan hujjatlarni muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi.

  • Pedagoglarning malaka oshirishdan keyingi amalga oshiradigan vazifalari yuzasidan ishlab chiqilgan istiqbol ish rejasini tasdiqlaydi va ularning ijrosi ta'minlanishini nazorat qiladi.

  • Maktabgacha ta'lim muassasasi Ustaviga muvofiq pedagog xodimlarni rag'batlantirish va jazolash bo'yicha masalalarni hal qiladi.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish