Denov tadbirkorlik va pedagogika


-MAVZU. ZAMONAVIY MENEJER



Download 6,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/231
Sana31.03.2022
Hajmi6,44 Mb.
#521343
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   231
Bog'liq
UMK MENEJMENT AKBAR (1)

6-MAVZU. ZAMONAVIY MENEJER 
Reja: 
6.1. Menejer tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari. 
6.2 Menejer va yetakchi 
6.3. Menejerning uslubi va imidji 
6.4. Ishbilarmonlik etikasi
Tayanch iboralar: menejer, yetakchi, lider, ishbilarmon, imidj, etika, 
uslub, demokratik, liberal, avtokratik, shaxsiy sifatlar 
 


93 
6.1 Menejer tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari

Menejer
–bu boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va bozor sharoitlarida 
faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ma‘lum turlari bo‘yicha qarorlar qabul 
qilish vakolatlarga ega bo‘lgan odamdir. Menejerlar tashkilotda har xil o‘rinlarni 
egallaydilar (direktor, guruh rahbari, ishlarning ma‘lum turlarining tashkilotchisi, 
boshliq, mudir va h.k.), judayam bir xil bo‘lmagan masalalarni yechadilar, har xil 
vazifalarni bajaradilar. 
Tashkilot menejersiz mavjud bo‘lishi mumkin emas, chunki ular quyidagi 
vazifalarni bajaradilar: 

tashkilotdagi alohida operatsiyalar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatadi- lar; 

tashkilot 
tomonidan 
o‘zining 
asosiy 
belgilanishini 
bajarilishini 
ta‘minlaydilar; 

tashkilot yoki bo‘linma jamoasiga rahbarlikni amalga oshiradilar; 

obro‘si, yuqori kasbiy mahorati va ijobiy hissiyotlaridan foydalangan holda 
qo‘l ostidagilarni o‘zining orqasidan olib borishga qodir yetakchi rolida bo‘ladilar; 

tashkilot faoliyatining strategiyasini ishlab chiqadilar; 

tashkilot faoliyatining natijalari uchun javobgarlikka ega bo‘ladilar; 

tashkilotga tegishli bo‘lgan shaxslar yoki idoralarning mafaatlarini 
ta‘minlaydilar; 

tashkilotning tashqi muhit(hokimiyat, sheriklar va h.k.) bilan aloqasi 
bo‘yicha asosiy bo‘g‘in rolini bajaradilar; 

jamoani tashkil qiladilar va uni rivojlanishini kerakli yo‘lga yo‘naltiradilar, 
yuqori ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan holda, jamoa a‘zolarini tarbiyalaydilar; 

hozirgi sharoitlardagi fanning rolini tushunuvchi, u yoki bu kashfiyot yoki ― 
nou-xau‖ ni baholashni biluvchi va ularning darhol ishlab chiqarish (tijorat)ga 
tadbiq etuvchi innovator rolida bo‘ladilar; 

g‘oyani ishlab chiqadilar, undagi kuchli va zaif tomonlarini topadi- lar, 
muammoning mohiyatiga qarashga, haqiqatgacha surishtirib bilishga intiladilar; 

qilinganlarni tahlil qiladilar, baholaydilar, ishlarining holati- ni yaxshilash 
bo‘yicha tadbirlarni belgilaydilar va amalga oshiradilar; 

tashkilotni har xil tadbirlarda nomoyon qiladilar. 
Bu borada xorijiy olimlardan Ricky W.Griffin o‘zining 2015 yilda chop 
etilgan ―Fundamentals of management‖ nomli kitobida menejerlar maqsadga 
erishishda tashkilot resurslaridan foydalanishga ma‘suldirlar. Aniqroq qilib 
aytganda, menejer tashkilot samarali maqsadga erishish uchun tadbirlar natijasi, 
ya‘ni rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat, qaror qabul qilishda 
ma‘suldir. Zamonaviy menejerlar o‘z faoliyatlarida turli vaziyatlar bilan 
to‘qnashadilar. Yaxshi rahbarlar tashkilotni misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga,
qirollikga olib chiqishlari mumkin, aksincha bo‘lsa korxonani vayron qilishlari 
mumkin.
8
Menejerning vazifalari va ular amalga oshirilayotgan vaziyatlar turli 
tumandir, shunga qaramasdan uchta asosiylarni ajratish mumkin. 
8
Ricky W. Griffin. ―Fundamentals of management‖. Eighth Edition. year 2015 . 


94 
Birinchidan, menejer tashkilotning asosiy vazifalarini belgilaydi, resurslarni 
taqsimlash masalalarini hal qiladi, joriy tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi, 
bunda u qabul qilingan qarorning oqibatlari uchun javobgarlikka ega bo‘ladi. 
SHuning uchun menejer nafaqat qarorning eng yaxshi variantini tanlashi, balki o‘zi 
rahbarlik qilayotgan jamoani ma‘lum yo‘nalishga olib borishga jazm qilishi kerak. 
Ikkinchidan, menejer ichki va tashqi muhit haqidagi axborotlarni to‘playdi, 
ularni tarqatadi va nihoyat tashkilotning maqsadlarini tushuntirib beradi. 
Menejerning ishining natijasi uning qancha axborotga ega bo‘lishiga bog‘liqdir. 
Uchinchidan, menejer tashkilotning ichidagi va tashqarisidagi munosabatlarni 
shakllantiruvchi, tashkilot a‘zolarini maqsadlarga erishishga undovchi, ularning 
harakatlarini muvofiqlashtiruvchi, tashkilotning vakili sifatida harakat qiluvchi 
rahbar sifatida bo‘ladi. U odamlar orqasidan borishga tayyor bo‘lgan kishi bo‘lishi 
kerak. 
Menejerlarning tashkilotdagi o‘rniga, ular tomonidan hal qilinadigan 
vazifalarga ko‘ra ushbu vazifalar ularga ko‘proq yoki kamroq darajada mos 
bo‘lishlari mumkin. Ammo har bir menejer albatta qarorlar qabul qiladi, axborotlar 
bilan ishlaydi va tashkilot(bo‘linma)ning rahbari bo‘ladi. 
Menejerlarni an‘anviy ravishda uchta darajaga: qo‘yi, o‘rta, yuqoriga 
bo‘ladilar (5.1 rasm) 
Yuqori darajadagi
menejerlari
O‘rtacha darajadagi
menejerilar
Quyi darajadagi
menejerilar

Download 6,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish