DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI ____________________________YO`NALISHI ____KURS talabasi ___________________________NING “BOLALAR ADABIYOTI” fanidan “Sharl Perro , Aka-uka Grimmlar asarlarida bolalarni soddalikdan pishiq-mutaxassislikka, mardlik, pahlavonlikka undash” mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI
Mavzu :“Sharl Perro , Aka-uka Grimmlar asarlarida bolalarni soddalikdan pishiq-mutaxassislikka, mardlik, pahlavonlikka undash”
Reja: 1.Perro Sharl (1628.12.1, Parij -1703.16.5) — fransuz shoiri va tanqidchisi
2. Perroning adabiyotning maʼrifiy ahamiyati.
3. Perroning ertaknavislik anʼanalari aka-uka Grimmlar.
4.Ertaklarda bolalarni soddalikdan pishiq-mutaxassislikka, mardlik, pahlavonlikka undash.
Perro Sharl (1628.12.1, Parij -1703.16.5) — fransuz shoiri va tanqidchisi. Fransiya akademiyasi aʼzosi (1671). 19-asr fransuz adabiyotida avj olgan "qadimgilar va yangilar bahsi"da ishtirok etib, zamondosh yozuvchilarning qad. yozuvchilardan afzalligini yoqlab chiqqan va shu bilan shuhrat qozongan. Ilk parodiyali dostoni — "Troya devori " (1653). Shundan keyin uning "Buyuk Lyudovik asri" (1687) dostoni hamda 4 j.li "Sanʼat va fan masalasida qadimgilar bilan yangilar oʻrtasidagi qiyoslar" (1688— 89) dialog shaklida yozilgan asari, "Ayollarning taʼrifu tavsifi" (1694) satirik sheʼri eʼlon qilingan. P. soʻnggi 2 asarida Bualo singari zamondoshlari bilan bahs-munozara yuritgan.
Perroning adabiyotning maʼrifiy ahamiyati hamda adabiy taraqqiyotning fan va tamaddunga bogʻliqligi masalasidagi qarashlari fransuz maʼrifatparvarlari tomonidan rivojlantirilgan. Ammo P.ning fransuz adabiyotidagi katta oʻrni "Onaginam Gusina bonuning ertaklari yoki Oʻtgan zamonlarning ibratli voqea va ertaklari" toʻplami bilan belgilanadi. Mazkur toʻplam P. ning oʻgʻli Darmankur nomidan eʼlon qilingan. U dastlab 8 ta er-takdan tashkil topgan boʻlib, keyinchalik yana 3 ta sheʼriy ertak hiso-biga boyigan. Fransuz adabiyotidagi antik madaniyat anʼanalariga qarshi kurashgan P. xalq ertaklariga xos "qissadan hissa" chiqarish tamoy-ilini samarali, deb hisoblagan
U ertakka hazil-mutoyibalar yordamida chinakam xalq ijodiga xos lato-fat va jozibani olib kirdi. Sharl Perro "Ertaklar"i fransuz adabiyotida xalq-chillikning oshishi va ertakning adabiy janr sifatida rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan.
Perroning ertaknavislik anʼanalari aka-uka Grimmlar, L.Tik, X.K.Andersen singari yozuvchilar tomonidan davom ettirildi.
Perroning "Zolushka", "Etik kiygan mushuk", "Koʻk soqol" singari ertaklari asosida opera va balet spektakllari, multfilmlar yara-tilgan.
Perroning ayrim ertaklari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Aka-uka (Yakob 1785–1863, Vilgelm 1786–1859) Grimmlar Magdeburg universitetida oʻqib yurgan chogʻlaridayoq oʻrta asr olmon tarixi va madaniyati, huquq va mifologiyasi, xalq ogʻzaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan shugʻullana boshladilar.
Oʻqish, oʻz ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yoʻli boʻldi. Ular avval Gettingen, keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari boʻldilar. Yakob olmon tili grammatikasi va mifologiyasini, Vilgelm oʻrta asr olmon adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodini oʻrgana boshladilar. Olmon xalq ogʻzaki ijodining gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir koʻprik yasadilar. Nihoyat, 1812 yilda Grimmlar tomonidan yozilgan ertaklar bir necha jildli “Bolalar va oilaviy ertaklar” yuzaga keldi. 1815-yilda 2-jild, 1822-yilda esa har ikkala jildni umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi.
Grimmlar ertaklarning koʻpchiligini bevosita ertak aytuvchilardan tinglab, baʼzilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar. Xalqdan olingan ertaklarning har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, badiiy tus olib, yana xalqqa qaytariladi.
Grimmlarning uch jildlik kitobiga ikki yuzdan ortiqroq ertaklar jamlangan boʻlib, unda mualliflar koʻproq afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi ertaklarni umumlashtirishga harakat qilganlar. Har bir ertakda saxiylik, mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga, qoʻrqoqlik ustidan kulish, dangasalik va yolgʻonchilikni qattiq qoralash birinchi oʻrinda turadi. Shunisi ham quvonchliki, koʻpincha Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari shoh va shahzodalar emas, balki kambagʻal, beva-bechoralarning oʻgʻil-qizlari, choʻpon yoki askar boʻladi. Ular oʻzlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchida chuqur taassurot qoldiradi.
Aql bilan ish koʻrish, bilimdonlik “Tilla gʻoz”, “Shishadagi arvoh”, “Uch aka-uka” ertaklarida yaxshi berilgan.
Grimmlarning dunyoga mashhur “Zolushka”, “Qor qiz” ertaklarining qahramonlari hammadan turtki yeydigan, soʻkish eshitadigan va eng past hamda qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar boʻlib, ertak davomida oʻzlarining halol mehnatlari, yoqimli soʻz va tabassumlari bilan baxtiyor boʻladilar.
Grimmlarning “Quyon bilan tipratikan”, “Boʻri va tulki” asarlari masal janriga yaqin turishi bilan kitobxonda katta taassurot qoldiradi.
“Yalqov Geyns”, “Gansning baxti”, “Botir tikuvchi”, “Yosh pahlavon”, “Bremen musiqachilari” kabi ertaklari oʻzbek bolalarining ham sevimli asarlariga aylanib qolgan.
“Yosh pahlavon” ertagidagi botir qiyofasi kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotadi. U halol, pok inson boʻlib, rostgoʻylik, toʻgʻrisoʻzlik shaydosi. Shu sababga koʻra u yoʻlida uchragan har qanday toʻsiq va gʻovni shoshilmay, jasorat va mardlik bilan yengadi, maqsadiga erishadi.
“Botir tikuvchi”ning sujeti koʻpchilikka yaxshi tanish. Qahramon nogahon bir nechta pashshani bir urishda nobud qilish bilan oʻziga oʻzi botir, dovyurak tamgʻasi – shiorini yozib, yelkasiga osib oladi. U baxtini, taqdirini sinab koʻrish, peshanasida borini qoʻlga kiritish maqsadida safarga otlanadi.
Botir tikuvchining yumshoq soʻzligi, muloyimlik bilan ish koʻrishi yosh kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi. Ularda ham xuddi oʻsha botir tikuvchi kabi yetuk insonlar boʻlishga, botir, pahlavon boʻlishga havas uygʻotadi.
Aka-uka Grimmlarning qaysi asarini olmang, hammasida ham, eng avvalo, mehnatkashlik, mehnatga muhabbat gʻoyasi yotadi. Ikkinchidan, har qanday holda ham, har qanday mushkul ish boshiga tushganda ham oʻsha qahramon chora qidiradi, tadbirkorlik, ishbilarmonlik yoʻlidan boradi va ofatdan qutuladi. Tulki kabi hiyla va makr ishlatadigan jonivor boʻlmasa kerak. Grimmlar ularga qarama-qarshi qilib gʻozlar obrazini yaratishadi.
Gʻozlar har doim chorasiz – boʻsh, begʻam hayot kechiradilar. Grimmlarda vaqti kelganda oʻsha boqibegʻam gʻozlar ham sergak, tetik, tadbirkor, ishbilarmon boʻlib ketishlarini, olgʻir, muttaham tulkilarni ham dogʻda qoldirishlarini kuzatamiz.
Ertakda tilga olingan barcha narsalar o‘z o‘rniga, vazifasiga
ega. Yodingizda bo‘lsa, tikuvchi safarga chiqar ekan, bir bo‘lak pishloqni hamda butalarga o‘ralashib qolgan qushchani qutqarib cho‘ntagiga solib oladi. Vaqti kelib har ikki narsa unga qo‘l keladi, mushkulini oson qiladi. Bu ertakning boshqa ko‘plab ertaklardan farq qiladigan yana bir o‘rniga e’tibor bering.
Xo‘sh, ertakchi aka-ukalar bu bilan nima demoqchilar? E’tibor bering: Agar inson bolasi to‘g‘riso‘z, halol, mard, topqir va tirishqoq bo‘lsa, unga hech qanday yovuz kuch bas kelolmaydi. Hayotini tinch va osuda, boshqalarga yaxshilik qilish bilan o‘tkazadi. Odam mehnatiga, mashaqqatlariga beriladigan eng katta, tuganmas mukofot, aslida, shular emasmi?
Xulosa
Aka-uka Grimmlarning qaysi asarini olmang, hammasida ham, eng avvalo, yaxshi niyat egasi bo‘lish, mehnatga muhabbat, samimiylik targ‘ib etiladi. Ikkinchidan, har qanday holda ham, har qanday mushkul ish boshiga tushganda ham qahramonlar chora qidiradi, tadbirkorlik, ishbilarmonlik yo‘lidan boradi va ofatlardan qutuladi. Aka,uka Grimmlarning ertaklari hamon olam kezib, ularning nomlarini jahonga yoyib yuribdi.
Adabiyotlar:
1.O`z ME.Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Suyumov A., Kichkintoylar adabiyoti, T., 1962; 2.Jahongirov F., Oʻzbek bolalar folklori, T., 1975; 3.Bolalar adabiyoti va zamonaviylik, T., 1981;
4.Safarov O., Oʻzbek bolalar poetik folklori, T., 1985; 5.Oʻzbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon, T., 1989; 6.Barakayev R., Jonajonim, sheʼriyat, T., 1997.
7.Rahmatilla Barakayev, Kavsar Turdiyeva.
Do'stlaringiz bilan baham: |