Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari jadvali
Mahsulot turlari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Tеlеvizor
|
100 000
|
75 000
|
50 000
|
25 000
|
0
|
Muzlatkich
|
0
|
18 000
|
28 000
|
34 000
|
40 000
|
Manba: shartli raqamlar
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma lumotlardan korinib turibdiki, birinchi variantda firma barcha resurslarini televizor, beshinchi variantda esa muzlatkich ishlab chiqarishga yonaltirishi mumkin. Bunda ikkinchi xil mahsulot ishlab chiqarish hajmi nolga teng boladi. Birinchi variantda beshinchi variantga borgan sari televizor ishlab chiqarish hajmi qisqarib, muzlatkich ishlab chiqarish hajmi oshib boradi. Firma cheklangan resurslaridan kelib chiqqan holda televizor yoki muzlatkich ishlab chiqarishning besh xil varianti ichidan bittasini tanlashga majbur. Masalan, ikkinchi variantda 75 000 telivizor va 18 000 muzlatkich ishlab chiqarish imkoni bo'lsa, to'rtinchi variantda 25 000 televizor va 34 000 muzlatkich ishlab chiqarish mumkin.
Mazkur ma'lumotlarni grafik ko'rinishida tasvirlasak firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i hosil bo'ladi (2.4-rasm).
Muzlatgich
rasm. Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i
Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i ustidagi har bir nuqta (А, B, C, D va E) firmaning mavjud resurslari doirasida maksimal ishlab chiqarishi mumkin bo'lgan mahsulot hajmini ko'rsatadi. Agar ishlab chiqarish hajmi F nuqta ustida bo'lsa, demak firma mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to'liq foydalanmayapti yoki resurslardan samarasiz foydalanyapti. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'idan tashqari yotgan K nuqta firmaning hozirgi resurs salohiyati darajasidan tashqarida yotganligi bois unga erishish imkoni yo'q. Ammo kelgusida firmaning resurs salohiyati oshganda unga erishish mumkin bo'ladi.
Biz yuqorida firmaning resurslari hajmi va texnologiyalar darajasi o'zgarmas bo'lgan holatda ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'ini qaradik. Resurslar taklifining oshishi, texnik taraqqiyot ta'sirida texnologiyalarning takomillashuvi firma va jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshiradi. Uzoq muddatli oraliqda firma resurs salohiyatining oshishi ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'ida o'zgarish bo'lishiga olib keladi. Firma resurs salohiyatining oshishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham oshishiga olib kelish tufayli ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigi parallel ongga (2.4-a-rasm) yoki bir tomonlama sirilishi mumkin (2.4-b-rasm).
b)
rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'idagi o'zgarishlar
Bu muammo ishlab chiqarish omillari (resurslar), iste'mol tovarlari va xizmatlar oqimining doiraviy aylanish modeli orqali tahlil qilinadi (2.6- rasm). Modeldan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, umuammoning ikkinchi darajali tomonlarini e'tiborga olmaydi. Modelda ikki turdagi ozgaruvchilar ishlatiladi: ekzogen va endogen. Ekzogen ozgaruvchilar tashqi ozgaruvchilar bo'lib, ular oldindan beriladi va modelga kiritiladi. Endogen ozgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar asosida shakllanadi.
rasm. Iqtisodiy doiraviy aylanish modeli
Iqtisodiy doiraviy aylanish modelida iqtisodiyot ikki sektorga bo'linadi: uy xo'jaliklari va firmalar. Uy xo'jaliklari o'z resurslarini (ishchi kuchi, kapital, xomashyo, yer va boshqa) firmalarga sotib daromad oladilar hamda bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar o'zlarining tovar va xizmatlarini sotib, undan tushgan daromadni uy xo'jaliklaridan resurslar sotib olishga ishlatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |