10. Mavzu: Olmosh so'z turkumini o'rganishda ta'limiy o'yinlardan foydalanish
O'quvchilar shaxs, predmet, voqeaga ishora etuvchi olmoshlarni puxta egallashlari uchun gap yoki matndan darslikda berilgan (mas., Rahimjon bugun xursand. U chigal jumboqni echdi. Rasmda chiroyli manzara tasvirlangan ekan. Bunday rasmlardan biz ona tili mashg`ulotlarida tez-tez foydalanimiz.) men, sen, u, biz, siz, ular, bu, shu, o`sha, ana, mana, mana bu, anavi singari olmoshlarning nimalarga ishora etayotganligini aniqlashlari, matndagi yoki gaplardagi so`z, so`z birikmasi, gap voqea-hodisa tavsifini ishora so`zlar bilan almashtirishlari, bu so`zlarning ma`nosini sharhlashlari, shunday so`zlardan foydalanib matn yaratish kabi amaliy ishlarni bajarish maqsadga muvofiqdir.
O`zlik olmoshi predmetni aniqlab yoki ta`kidlab ko`rsatish uchun xizmat qiladigan olmoshdir. O`quvchilar berilgan gaplardagi ko`rsatish, kishilik olmoshlarini o`z so`zi bilan kuchaytirib yozish, bu so`z ishtirokida gap tuzish yoki matn yaratish, o`z so`zining ifodalab kelayotgan ma`nosini sharhlash orqali uni o`zlarining nutqiy faoliyatlariga olib kiradilar.
“So`roq olmoshlari” mavzusini o`rganishda berilgan gaplarni o`qib, so`roq ma`nosi qaysi so`z bilan ifodalayotganligini aniqlash, shu gaplarda so`roq ifodalovchi so`zlarni: 1) shaxs, hayvon yoki narsa-buyum, voqea-hodisa nomlari so`roqlari; 2) belgi-xususiyat so`roqlari; 3) harakat-holat so`roqlari kabi guruhlarga ajratib, ularni mustaqil davom ettirish, so`roqlar o`rniga berilgan so`zlardan mosini qo`yib, gaplarni ko`chirish, istagan bir matndagi gaplarni o`qib, har bir so`zni birin-ketinlikda so`roqlar bilan almashtirish, bu gaplarning ohangi va imlosi ustida ishlash mazkur mavzuni o`rganishni ancha osonlashtiradi va samaradorlikni oshiradi.So`roq olmoshlarini o`rganishda –mi so`roq yuklamasining so`roq olmoshli gaplarda ta`kid, so`rash ma`nolarida ishlatilishi hamda ularda tinish belgilari xususida ham to`xtalish maqsadga muvofiqdir.
Olmoshning yana bir ma`no guruhi belgilash olmoshlaridir. O`quvchilar berilgan matndan shunday, shunuqa, muncha, shuncha so`zlarni ifodalagan ma`noni, qanday so`zlarga ishora qilib kelayotganligini aniqlash, bunday olmoshlar ro`yxatini tuzish, ular ishtirokida matn yaratish orqali bu haqda puxta bilimga ega bo`ladilar.Tilimizda jamlash olmoshlari uncha ko`p emas, o`quvchilar hamma, bari, jami, butun, yalpi so`zlarining ma`no va vazifasi ustida ishlash, bu so`zlar yordamida gaplar tuzish singari amaliy ishlar orqali mazkur mavzuni o`zlashtiradilar.
O`quvchilar lug`at boyligiga belgilash, bo`lishsizlik va gumon olmoshlarini olib kirish, bu so`zlarning nutqiy faoliyatda qo`llanilishini ta`minlash uchun so`roq olmoshlarini har, hech va alla so`zlari bilan biriktirib qo`shma so`zlar hosil qilish, hech kim, hech narsa, har bir, har narsa, allakim, allanima, allaqanday, allamahal, allaqachon, allavaqt, nimanidir, kimningdir, qaerdadir, qayondadir, qachondir kabi so`zlarning ma`nolari va qo`llanilishi ustida ishlash, “har-ot”, “hech-ot”, “alla-ot” singari hosilalar lug`atini tuzish kabi amaliy ishlardan unumli foydalanishga to`g`ri keladi.
Olmoshlarning ma`no guruhlariga to`xtalar ekanmiz, bu so`z turkumining stilistik imkoniyatlarini ham unutmaslik lozim. Chunonchi, odatda, kishilik olmoshlari: men, sen, u yakka shaxslarni ko`rsatish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun bu olmoshlar –lar qo`shimchasi bilan qo`llanilmaydi. Ammo, so`zlovchi nutqi qaratilgan shaxsga hurmatsizlik bilan muomala qilganda, undan o`zni yuqori tutganda ba`zan sen olmoshiga –lar qo`shimchasi qo`shiladi (mas., senlar kimlar? Senlarga maktab tashvishi begonami? Kabi) o`quvchilar kishilik olmoshlari bilan tanishtirilar ekan, uning bu xususiyatlariga ham to`xtalishga to`g`ri keladi.So`roq olmoshlari o`rganilayotgan uning turli xil ko`rinishlari (Kim? Nima? Qanaqa? Qanday? Qaysi? Qancha? Qachon? Necha? Qaer? Kabi) o`zaro sinonim sifatida ishlatishga oid amaliy mashqlardan foydalanish o`rinlidir. Ayniqsa, berilgan gaplarda yoki matnda ajratilgan olmoshlarni uning ma`nodoshi bilan almashtirish (mas., Sinfdoshim Mu`tabar sizning kimingiz bo`ladi? –Sinfdoshim Mu`tabar sizning nmangiz bo`ladi? Kabi) samarali ish usullaridan biridir.
Sinonimlar mavjud olmoshlarni alohida ruyxat qilish (mas., hammasi-jami-barcha-bari; allakim-kimdir, allanima-nimadir, allaqanday-qandaydir kabi), ular ishtirokida gap yoki matnlar yaratish o`quvchilar nutqini rivojlantirishda o`ta muhimdir.Mazkur so`z turkumini o`rganishda juft va takroriy olmoshlar ustida ishlashga ham to`g`ri keladi. Berilgan juft yoki takroriy olmoshlarni (mas., shu-shu, o`sha-o`sha, u-bu, un –buni, unga-bunga, uncha-muncha, kim-kim, nima-nima, necha-necha v.h.) qatnashtirib gaplar hosil qilish, ularning ma`nosini sharhlash bu mavzuni o`rganishda muhim ahamiyatga ega.Ma`lumki, ta`lim-tarbiya uzviy aloqadorlikda olib boriladi. “Olmosh” so`z turkumini o`rganishda ham bu birlikka qat`iy amal qilinadi. O`quvchilar kishilik olmoshlaridan biri siz olmoshi bilan tanishtirilar ekan, bu olmoshning milliy an`analarimiz bilan bog`liq holda qo`llanilish doirasiga e`tibor beriladi. Chunki, uzoq madaniy o`tmishga ega bo`lgan o`zbek xalqi yakka tinglovchiga ham “siz” deb murojaat qiladi. Hato katta yoshdagi kishilar o`zlaridan kishiliklarga “siz” deb murojaat etishgan. “Sen ham, siz ham bir og`izdan chiqadi”, -xalq maqolining ma`nosi ustida ishlash, dono xalqimizning ma`nosi ustida ishlash, dono xalqimizning bu go`zal odatini o`quvchilarda tarkib toptirish shu mavzuni o`rganish bilan bog`liq holda amalga oshiriladi. “Olmosh” so`z turkumini o`rganishda ta`limiy o`yinlarning ahamiyati benihoya katta. Masalan, o`quvchilarning nutqiy va fikriy taraqqiyotini ko`zlab, olmoshning ma`no guruhlari o`rganilgandan keyin uni mustahkamlash maqsadida “Ijodkor” o`yin-topshirig`idan foydalansa bo`ladi. o`yinni tashkil etish uchun sinf o`quvchilari ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruh vakili ot bilan ifodalangan gaplarga misollar keltiradi. Ikkinchi guruh esa, shu gaplardagi egani olmosh bilan almashtirish, uni davom ettiradilar. Namuna: Birinchi guruh Ikinchi guruh Paxtalar qiyg`os ochildi Uni yig`ib-terib olish uchun Puxta hozirlik ko`rilmoqda Xulllas, “Olmosh” so`z turkumini o`rganishda uning ma`no guruhlari ustida ishlash, berilgan matnni tahlil qilib, undagi takroriy so`zlarni olmosh bilan almashtirish o`quvchilarni nutqiy faoliyatga tayyorlash uchun o`ta muhimdir
Do'stlaringiz bilan baham: |