Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Mavzu:Bayon uchun material to'plash



Download 31,54 Kb.
bet5/10
Sana14.07.2022
Hajmi31,54 Kb.
#799527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nurullayeva Dilrabo NING ooʻm

5.Mavzu:Bayon uchun material to'plash
Qisqartirilgan bayon.Bu bayon turi to‘liq bayonga nisbatan murakkabroq. Bunda matndagi eng muhim masalalar ikkinchi darajali masalalardan ajratib olinadi va badiiy asarning o‘ziga xos xususiyati (koloriti) saqlangan holda asar syujeti qisqartirilib, umumlashtirilgan tarzda yoziladi. Bu jihatdan u tafakkur va nutq o‘stirishga ko‘proq ta’sir qiladi. Ijodiy va faol fikr yuritishga undaydi. Qisqartirilgan bayonda muallifning asosiy fikri, voqealarning mantiqi, izchilligi, qahramonlar xarakteriga jiddiy e’tibor beriladi. So‘z va iboralar tanlash erkin bo‘ladi. Bunday bayonning keng hajmli rivoyat xarakteridagi matn asosida o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Bayon yozishdan avval asar o‘qilib, uning mavzu va g‘oyasi aniqlanadi, so‘ngra reja asosida tezis tayyorlanib, bayon yoziladi.
Saylanma bayonda matnning mazmuni to‘liq bayon etilmay, balki berilgan mavzu yuzasidangina material saylab olinadi. Matnni o‘qish jarayonida mavzuga aloqador materiallarga alohida e’tibor berish talab etiladi. Hajmi kengroq matn olinib, uni o‘qish jarayonida mavzuga aloqador materiallarga ayrim belgilar qo‘yish mumkin. Shu materiallar asosida murakkab reja tuziladi va sitatalar olinadi.Bu bayon insho uchun asosiy manbalardan biridir. U ba’zan tematik bayon deb ham yuritiladi.
Ijodiy bayonda matn hajmi kengaytiriladi, matn mazmuniga munosabat bildiriladi, munozarali masalalar bo‘yicha shaxsiy fikr-mulohazalar ham bayon etiladi. Bayon yanada murakkablashtirilganda biror asar yuzasidan berilgan taqrizlar o‘qilgach, asar haqidagi tanqidiy fikrlar va berilgan baho tahlil qilinadi. Munosabat bildiriladi. Bu ijodiy inshoga yaqinlashtirilgan bayon hisoblanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga bayon yozdirishda didaktik prinsipga asoslanadi va ma’lum sistema asosida ish olib boradi. Bunda o‘qituvchi mavzuni ochishdagi izchillikka, o‘quvchilarga tanish mavzudan notanishga, oddiydan murakkabga o‘tish prinsiplarini ko‘zda tutadi. Bayon yozdirishda o‘qituvchi rejali va rejasiz yozish, shaxsini o‘zgartirib bayon yozish, dialoglarni rivoyat-hikoyaga aylantirib yozish… kabi qator zarur maslahatlarni beradi. O‘qituvchi bayon yozdirganda matndagi so‘zlar ma’nosiga ahamiyat berishi lozim. Matnda notanish so‘zlar bo‘lsa, uning ma’nosini o‘quvchilarga tushuntirishi zarur. Bu esa yozuvda xatolar kelib chiqishining oldini oladi. Bayon matnlari o‘tilgan, o‘rganilgan grammatika va orfografiya qoidalariga mos bo‘lishi kerak. Bayonni tekshirish jarayonida orfografik, tinish belgilariga doir, uslubiy xatolar hisobga olinib, mazmuniga jiddiy e’tibor beriladi va imlosiga alohida, mazmuniga alohida baho qo‘yiladi. Keyingi darsda xatolar ustida ishlanadi, bayonlar sifati izohlanadi. Bayon yozdirishdan oldin o‘quvchilarga quyidagi eslatmalar beriladi:
Bayon yozishga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
1.Matnni diqqat bilan tinglash (o‘qish).
2. Tushunarsiz so‘zlarning ma’nosini aniqlash.

  1. Matnning asosiy mazmunini aniqlab olish, matnni yoritish uchun muhim bo‘lgan so‘z birikmasi va gaplar topish.

  2. Matnni qismlarga bo‘lish va ularga sarlavha qo‘yish.

  3. Tinish belgilarining o‘rni va vazifalarini belgilab olish.

  4. Matnni yana bir bor o‘qib chiqish.

Eslatmalardan keyin tanlangan matn ikki marta o‘qib eshittiriladi (yoki bir marta o‘qib, matn mazmunini og‘zaki hikoya qilib berish ham mumkin). So‘ngra hamkorlikda yoki mustaqil holda reja tuzilib, bayon yoziladi. Bayon o‘quvchini insho yozishga tayyorlovchi yozma ish turidir.





Download 31,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish