Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi


-topshiriq. Matnni o‘qing. Matnga asoslanib mutaxassisligingizga oid so‘z va



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/394
Sana07.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#327692
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   394
Bog'liq
2 5235621037118329437

2-topshiriq. Matnni o‘qing. Matnga asoslanib mutaxassisligingizga oid so‘z va 
terminlarning  imlosi  yuzasidan  oxirgi  qabul  qilingan  o‘zgarishlar  haqida 
ma’lumot to‘plang. 
 
 
O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  tili  haqidagi  Qonuni  qabul  qilinishi 
munosabati  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida 
Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshlashi, terminologiya masalalariga 
bag‘ishlab  Respublika  miqyosida  bir  necha  ilmiy-amaliy,  ilmiy-nazariy 
konferensiyalarning o‘tkazilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.  
       Muhimi 
shundaki,  RMTK  o‘z  faoliyati  davomida  “O‘zbek  tili 
terminologiyasi”  nomli  byulleten  nashr  etishni  yo‘lga  qo‘ydi,  unda  o‘zbek  tili 
terminologiyasining  dolzarb  masalalariga  bag‘ishlangan  qator  maqolalari  bilan 
birga,  har  bir  qo‘llanuvchi  terminlarning  ro‘yxati  ham  berib  borildi.  Shuni  qayd 
etish  lozimki,  Atamaqo‘m  RMTK  an’anasini  davom  ettirib,  ko‘rsatilgan 
“Byulleten” ni nashr etishni yo‘lga qo‘ydi. Ta’kidlash lozimki, Atamaqo‘m keyingi 
yillarda o‘zbek tili terminologiyasi tizimlarini barqarorlashtirish va terminlarni har 
xilligiga  chek  qo‘yish  borasida  ancha-muncha  ishlarni  amalga  oshirdi,  boshqacha 
qilib  aytganda,  respublikamizda  terminologiya  masalalarini  hal  etish  jonlantirib 
yuborildi.  Xususan,  uning  tashabbusi  bilan  terminlarni  nomlash  prinsiplari  ishlab 
chiqildi  va  e’lon  qilindi.  Atamaqo‘m  mana  shu  prinsiplarga  suyanib,  ilm-fan, 
1984-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi 
qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik 
komissiya (RMTK)ning tashkil etilgan.
 


170 
 
ishlab  chiqarishning  turli  sohalariga  oid  terminologik  lug‘atlar  seriyasiga  chiqara 
boshladi. 
       Shuni  aytish  kerakki,  tilda  an’anaviy  tarzda  qadimdan  saqlanib  kelayotgan 
iqtisodiy atamalar bilan zamonaviy iqtisodiy terminlar o‘rtasida juda katta farq bor.  
 
 
Qadimgi  iqtisodiy  atamalarning  miqdori  ancha  cheklangan  bo‘lsa,  hozirgi 
yangi  davr,  ya’ni  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  davrida  iqtisod  terminlariga  ehtiyoj 
ortishi  munosabati  bilan  iqtisodiy  terminlar  beqiyos  boyib  bormoqda.  O‘zbek 
tilining  iqtisodiy  terminlarini  to‘plash,    sistemalashtirish,  ilmiy  nuqtai  nazardan 
tadqiq  etish  va  shu  asosda  bu  terminologik  tizimni  imkon  boricha  tartibga  solish 
zarurati tug‘ildi. 
Tilning  o‘z  qatlamiga  mansub  so‘zlar  uning  shakllanish  davrida  qanday  narsalar 
muhim  o‘rin  tutganini,  tilning  lug‘at  tarkibi  esa  xalq  nima  to‘g‘risida  fikr 
yuritganini  ko‘rsatib  turadi.  Boshqa  tillarda  bo‘lganidek,  o‘zbek  tilida  ham 
xalqning  turmushiga,  ishlab  chiqarish  faoliyati,  usuli  atrof-muhit  bilan 
munosabatiga  qarab  qadimdanoq  xilma-xil  lug‘aviy  qatlamlar  tarkib  topa 
boshlagan.  Asta-sekin  jamiyat  taraqqiy  eta  boshlagani  sari,  boshqa  sohalarda 
bo‘lganidek,  iqtisodiyotda  ham  yangidan-yangi  qonuniyatlar  kashf  etila  boshladi, 
iqtisodiyotni  o‘rgana  boshlashga  yo‘l  ochildi,  pirovardida,  hozirgi  davrda 
hayotimizning  asosini  tashkil  etgan  tom  ma’nodagi  iqtisodiyot  ro‘yobga  chiqdi. 
Bunday  ekstralisoniy  omillar  iqtisodiyotning  o‘ziga  xos  terminologik  tizimining 
qaror  topishiga  sabab  bo‘ldi.  Demak,  iqtisodiyot  terminologiyasi  hozirgi  holatiga 
yetib kelgunga qadar bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi. 


171 
 
 
 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish