9-topshiriq.
Quyidagi tayanch so‘z va iboralarning ma’nosini izohlang.
Pul muammolari, ne’mat, mahsulot, xizmatlar, milliy iqtisodiyot, yo`llanma
ishchi kuchi bozorlari, jahon bozorlari, inflyatsiya, ishsizlik, foiz stavkasi, valuta
kursi, iqtisodiy fikrlash, iqtisodiy siyosat.
10- topshiriq.
10 ta iqtisodiy so`z tanlang va ular ishtirokida 200 ta so`zdan iborat
matn tuzing.
146
8-mavzu. Etiket va uning xususiyatlari
1-topshiriq. Biznesmen etiketi matnini o`qib, og`zaki so`zlab bering.
Biznes iqtisodiy axloqiy asosga tayanadi. Biznesda etiket nihoyatda muhim
ahamiyatga ega, u kompaniyalar oʻrtasidagi hamkorlikning davomiyligini va
tuzilgan bitimning omadliligini belgilab beradi.Tadbirkorlikning umumqabul
qilingan qoidalarni buzish mumkin emas. Ishdagi qaltislik qonunni xatlab
oʻtishdagi qaltislik bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Muvaffaqiyatli tadbirkorlikning
asosiy muruvvati – tajriba natijalaridir: olingan daromadlar, kasbiy qoniqish,
jamiyatda, sheriklar oldida ijobiy nufuzga ega boʻlish, firma yoki tashkilotning
mustahkamlash uchun pul jamg‘armasini yaratish. Tadbirkorlardagi axloqiy-ruhiy
tayyorgarlikka ega emaslik, tezda pul topish ilinjida savodsiz intilishlar, pullarga
notoʻg‘ri munosabat, firmaning raqobatbardoshligini oshirish va mustahkamlash
uchun firmaning daromadidan foydalanishning muhimligini anglamaslikda
namoyon boʻlishi mumkin. Bular marketing ma’lumoti hajmining juda kamligi;
firmalar toʻg‘risidagi ma’lumotlarning, sheriklarni topishdagi informatsion
meHanizmlarning yoʻqligi; muvaffaqiyatsiz reklama; iste’molchi va Xaridor
talablari borasidagi ma’lumotlar toʻplamiga ega boʻlmaslik; rivojlanmagan ish
munosabatlarining texnologiyasi; ish bayonnomasi, savdo muomalasi odobiga
rioya qilmaslik; sheriklarning milliy va hududiy ruhiyatining xususiyati borasida
moʻrt nishonga ega boʻlish; atamalar va til masalasida qiyinchiliklar; chet tillarini
bilmaslik; biznes, menedjment, marketing, kommersiya, bank ishlari doirasida aniq
tushunchalar asosiga ega boʻlmaslik; hujjatlarni rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklar;
mutaxassislar va tadbirkorlar qoʻllaydigan ilmiy - texnik atamalarning
eskirganligidir. Hayot fazosi boʻlmish bozor taraqqiyotini oʻzlashtirar ekanlar,
tadbirkorlar bir narsani bilishlari lozim: bozor tuzilmasiga kirishga intiq boʻlgan
tadbirkorlardan faqat 10-15% igina muvaffaqiyatga erishadilar. Muvafaqqiyatga
faqat oʻzining ijodiy jihatdan iste’dodini ifodalash hissi kuchli boʻlgan, doimo
odamlarni, ularning ehtiyojlari va qiziqishlarini oʻrganadigan, odamlarning
147
ishonchini qozonishga intiladigan, vijdonli va axloqli, tinimsiz ma’naviy hamda
kasbiy komillikni oʻzida namuna sifatida koʻrsatadigan, va oxir-oqibat, boshqaruv
mahoratining yuqori koʻrsatkichi boʻlmish – odamlardagi intellektual faoliyatni
ocha biladigan odamlargina erishadilar. Bu haqiqiy tadbirkorning xususiyatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |