Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashgulotlar tashkil etish bo`yicha o`qituvchi tomonidan ko`rsatma va yo`llanmalar ishlab chiqiladi va ish davomida o`zlashtirgan bilimlari asosida talabalar tomonidan reja tuziladi. Talabalar tomonidan tuzilgan reja o`qituvchi tomonidan tekshiriladi.
Talabalar o`zlari tayyorlagan mavzular turli ko`rinishlarda (Referat, taqdimot, insho, ma’ruza va shu kabilar) himoya qilishlari mumkin. Referat va ma’ruzalarni himoya qilgan yoki taqdimot o`tkazgan talabani baholashda har bir talabadan ushbu ish bo`yicha xolis fikrlarni, uning yutuqlari va kamchiliklari so`raladi va shularning barchasi asosida o`qituvchi yakuniy xulosa chiqaradi va baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |