C++ Builder muxiti komponentlari.
Komponentlar kurinib turadigan(vizual) va kurinmay turadigan (novizual)turlarga bulinadi. Kurinib turadigan komponentlar ish bajarish vaktida xuddi loyixalash vaktida kanday bulsa shunday xolicha paydo buladi. Bunga tugmalar va taxrirlanuvchi maydonlar misol bula oladi. Kurinmaydigan komponentlar loyixalash vaktida shakl oynasida piktogrammalar kurinishida paydo buladi. Ular ish bajarish vaktida xech kachon kurinmay turadilar, lekin muayyan funktsiyani bajaradilar (masalan, ma’lumotlarga murojaat kilishni ta’minlaydi, Windows 95 va boshkalarning standart dialogli oynalarini chakiradi).
Standard komponentalar
Komponentalar palitrasining Standard qo’shimcha ilovalari komponentalari sizning dasturingizga Windows standart interfeysli elementlarning 14 tasining ulanishini amalga oshiradi.
Mazkur komponentalar palitrasida Windows operatsion tizimining barcha versiyalarida mavjud bo’lgan standard interfeysli elementlarni dasturga qo’shish qo’llaniladigan komponentalar joylashgan.
Ushbu palitra komponentlarini o’ngdan chapga tomon ketma-ketlikda qisqacha tavsiflab o’taylik:
Frames (Kadrlar) – boshqa komponentalarni joylashtirish uchun konteyner (oyna) yaratishga mo’ljallangan. Bu komponenta Form ga juda o’xshash. Bu komponentani formaga birinchi marta joylayotganda File / New / Frame menyu komandasidan foydalanish lozim. Aks holda, ya’ni standard holatda joylashtirish jarayonida quyidagi xatolik haqidagi xabar hosil bo’ladi:
Gap shundaki, Frame komponentasi birinchi marta joylanayotganida bosh menyu tomonidan konstruksiyalanishi lozim bo’ladi, chunki bu muraakkab komponentalardan biri hisoblanadi. U yaratilganidan so’ng yoki bir nechta shunday komponentalar yaratilayotganida formaga komponentani standart joylashtirish usulidan foydalanishingiz mumkin bo’ladi. Amaliyot uchun File / New / Frame menyu komandasidan foydalanib Frame2 komponentini yarating:
So’ngra, formaga o’tib, Standard visual komponentalar palitrasidagi Frames komponentasi ustida sichqoncha tugmasini ikki marta bosing. Natijada Frame2 komponentasini tanlashingiz mumkin bo’lgan muloqot oynasi ochiladi:
Ushbu framelar ro’yxatidan tanlagan Frameni formaga joylashingiz mumkin.
MainMenu (Asosiy menyu) – ilova dasturi uchun asosiy menyuni yaratishga mo’ljallangan komponenta. Ushbu menyu bilan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarimizda batafsil tanishib chiqamiz.
PopupMenu (Qalqib chiquvchi menyu) – Ba’zi komponentalar uchun qalqib chiquvchi menyu yaratishga mo’ljallangan. Odatda bu komponenta yordamida kontekstli menyu yaratiladi.
Label (Yozuv) – Formaga matnli metka yoki yozuv qo’yishda foydalaniladi.
Edit (Tahrirlash) – Formaga matnli satrni tahrirlash uchun maydon joylashtirishga mo’ljallangan.
Memo (Maydon) – Formaga matnli satrlarni tahrirlash uchun maydon joylashtirishga mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |