Darslik bilan ishlash. 157-mashqda berilgan «Aqlli bog‘bon» ertagi o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga ifodali o‘qib beriladi. Ertak matni yuzasidan suhbat o‘tkaziladi. Suhbatdan o‘quvchilar oltin yerda emas, balki mehnatda ekanligini tushunib yetadilar. 0‘quvchilar berilgan reja asosida ertakni qayta hikoya qiladilar.
Lug ‘at ustida ishlash:
Ertak matnidan o‘quvchilar uchun notanish bo‘lgan so‘zlar aniqlanadi.
Olamdan ko z yumdi iborasining ma’nodoshlarini topish topshirig‘i beriladi.
Bayon yozishga tayyorgarlik. 0‘quvchilar ayrim so‘zlarning (bog‘bonning, o‘g‘illarini, chunonam, topilmabdi, mehnatda) imlosini izohlaydilar. O‘quvchilar reja asosida bayon yozadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |