Fe’llardagi -di, -gan qo'shimchalari qanday ma’noni bildiryapti.
O’tgan zamon fe’li nutq so'zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan (yoki bajarilmagan) harakatni bildiradi. -di -gan — o'tgan zamon qo'shimchalaridir.
Hozirgi zamon fe’li
400-mashq.O’qing. Fe’llarni toping. Qaysi gaplardagi harakat siz so'zlab turgan vaqtda bajarilyapti?
Derazamning oldida bir tup o‘rik o‘sgan. U erta bahorda oppoq bo'lib gullaydi. Shu o‘rik gullagarida jonimni hovuchlab turaman.
Mana, qor aralash yomg'ir yog'yapti. O’rik bechora oppoq, nozik gullarini qayoqqa yashirishni bilmayapli. Buni ko'rib mening yuragim ezilmoqda...
Do'stlaringiz bilan baham: |