Yangi mavzuni mustahkamlash.
«BBB» metodi.
O’qituvchi «BBB» metodi asosida o‘quvchilarning yangi mavzuni qanday o‘zlashtirganliklarini tekshiradi. (Bu metoddan keyingi darsda o‘tilgan mavzuni mustahkamlashda ham foydalanishi mumkin.) O’qituvchi doskani uch qismga ajratadi. Birinchi qismiga «Bilaman», ikkinchisiga «Bilib oldim», uchinchisiga «Bilishni xohlayman» so‘zlarini yozib qo‘yadi.
O’quvchilar «Son» mavzusi yuzasidan qanday ma’lumotga ega ekanliklarini so‘raydi va o‘quvchi bildirgan fikrlami «Bilaman» nomli qismga yozib qo‘yadi. Bugun darsda nimalar bilib olganliklari so‘ralib, ikkinchi qismga yozib qo‘yiladi. O’qituvchi so‘nggi bosqichda «Son - so‘z turkumi» bo‘yicha qanday ma’lumotlar olish istagida ekanligi so‘raladi, doskaning uchinchi qismiga yozib qo‘yadi.
Namuna:
Bilaman
|
Bilib oldim
|
Bilishni xohlayman
|
Narsa va shaxsning sanog‘ini bildiradi.
Nechta? qancha? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
|
Son-so‘z turkumi ekanligini bilib oldim.
|
Sonlar necha xil yozilishini bilishni xohlayman.
|
Darsga yakun yasash va baholash.
O’tilgan mavzu savol va topshiriqlar berish orqali yakunlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish.
mashq. She’rni o‘qib, sonlarni o‘zi bog‘langan ot bilan birgalikda namunadagidek yozib kelish.
Namuna: uchta non, ...
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o’qitish metodikasi.-T.: TDPU, 2009.
3. Raxmatullayeva L. Методика преподавания родного языка.-Т.: Учобное пособие. Молия Иктисод, 2007,
4. U. Masharipova, M.Umarova.Ona tili 3-sinf. Metodik qo’llanma –Tosh.: Sharq,2016.–121-125 b.
5. X.G’ulomova, T.G’afforova.1-sinfda Ona tili darslari -T.: Sharq, 2003.- 103-105 b.
6. R.Ikromova. –Ona tili 4-sinf. T.-2015: O’qituvchi, 126-128 b.
23-amaliy mashg’ulot
|
6.4. SONLARNING IMLOSI VA OLMOSH USTIDA ISHLASH DARSLARI VA ISHLANMASINI TUZISH
|
Amaliy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 25 ta
|
Mashg’ulot shakli:
|
Amaliy mashg’ulot
|
Amaliy mashg’ulot rejasi:
|
Son turkumini o’tish bo’yicha DTS va dastur mazmuni va talablari ustida ishlash.
Sonlarning yozilishi o’rganish bo’yicha nazariy savol-javob.
Dars fragmentlarini kuzatish va tahlil qilish.
Sonni o’rganish bo’yicha darslik va qo’shimcha ta’limiy vositalar ustida ishlash.
Talabalar faoliyatini baholash.
|
O’quv mashg’ulotning maqsadi
|
Talabalarning sonni o’tish bo’yicha nazariy bilimlarini aniqlash.
Sonni o’rgatish bo’yicha DTS va ona tili dasturi talablarini anglashlariga erishish.
Son turkumini o’rgatishda metodik adabiyotlar va darsliklar ustida ishlash ko’nikmalarini shakllantirish.
|
O’qituvchining vazifasi:
Mashg’ulotda talabalar jamoasini to’g’ri shakllantirish.
Topshiriqlarni o’z vaqtida izchil bera borish.
Mashg’ulot davomida talabalarning faoliyatini oshiruvchi usullardan foydalanish.
Talabalar faoliyatini talabalar tomonidan haqqoniy baholashlarini kuzatib borish, maslahatlar bilan yordam berib borish.
|
O’quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
O’qituvchining savol-topshiriqlarini o’z vaqtida bajarish.
O’zining mustaqil fikrlari bilan mashg’ulotda faol ishtirok etish.
O’qituvchi va o’rtoqlarining fikrlarini tinglab borish, bilmaganlarini o’zlashtirib borish.
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
Qadamba-qadam metodi, suhbat, mustaqil ishi, tarmoqlash, amaliy ish metodi
|
Ta’lim vositasi
|
Ona tili darsliklari (1-4-sinf), 1-4-sinflar ona tili darsliklari (metodik qo’llanma), jadval, proektor
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Amaliy mashg’ulotlarining texnologik xaritasi
Dars bosqichlari va vaqti
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich. Kirish.
(5 daqiqa)
|
1.Ma’ruza mavzusini
|
Do'stlaringiz bilan baham: |