Savol va topshiriqlar
Kichik yoshdagi o’quvchilar uchun sintaktik bilimlarni o’zlashtirishning ahamiyatini tushuntiring. Boshlang’ich sinflarda „Gap“ mavzusi materiallarini o’rganishdagi izchillikni asoslang.
O’quvchilarning gapning bosh bo’laklari — ega va kesim bilan qanday tanishtirasiz? Darsda qanday ko’rgazmalardan foydalanasiz?
Boshlang’ich sinf o'quvchilari gapda so’zlarning bogianishini o'zlash- tirishda qanday qiyinchiliklarga duch keladilar?
„Boshlang’ich ta’lim“ jurnalida chop etilgan gap ustida ishlashga doir maqolalardan topib, ularga taqriz yozing.
Imlo qoidalarining ahamiyatini izohlang. Imlo qoidasi ustida ishlash jarayonining asosiy komponentlarini aniq misollar bilan tushuntiring.
O’quvchilar lug’atini boyitishda ona tilining tutgan o’rnini tushuntiring.
O’quvchilarning ona tilidan bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish usullaridan biriga oid topshiriqlar tizimini ishlab chiqing.
“BBB” metodini o’tkazish bosqichlari
O’qituvchi: Talabalarni yangi mavzu bilan tanishtiradi;
Mazkur mavzu bo’yicha bilgan bilimlarini hoxlagan tushuncha va ma’lumotlarini yozma ravishda bayon etishlari talabalardan so’raydi;
- Quyidagi sxema asosida ishlashlarini taklif etadi;
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bilib oldim
|
|
|
|
Uchinchi, ya’ni bilib oldim bo’limini bo’sh qoldiriladi;
-Belgilangan vaqt yakunlangach talabalar yozgan fikr mulohazalarini o’qib eshittiradi;
-Ularni tiglab, mavzuning talabalar uchun o’rganilmagan jihatlarini tushuntirib yoritib beradi;
-Mashg’ulot yakunida “Bilib” oldim bo’limini to’ldirishlarini so’raydi va bo’limni xohlagan, bilib olgan ma’lumotlarini taqqoslashni uyga vazifa tarzida beradi.
Talaba: Hamma topshiriqlarni qabul qiladi va bajaradi;
-Nimaniki o’ylagan bo’lsa, shuni qag’ozga yozadi;
-Berilgan mavzu bo’yicha bilgan va bilmagan jihatlarini tahlil qiladi;
-Mustaqil ijodiy ishlaydi.
Kutiladigan natija: Talabalar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o’zlashtiradi, kursning mohiyati haqida tasavvurga ega bo’ladi.
“Aqliy hujum” metodini o’tkazish bosqichlari
O’qituvchi: Muammoni aniqlaydi.
1.Talabalarning o’zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratish;
2.Bildirilayotgan g’oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish;
3. Qog’oz varaqalari g’oyalar bilan to’lgandan so’ng ularning yozuv taxtasiga osib qo’yish;
4. Bildirilgan fikrlarni yangi g’oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash;
5. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlar ustidan kulish, kinoyali sharxlarning bildirilishiga yo’l qo’ymaslik;
7. Yangi g’oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to’g’ri yechimini aytishga shoshmaslik;
8. Talabalar tomonidan bildirilayotgan xar qanday g’oya baholanmaydi;
9. Talabalarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlari uchun qulay muhit yaratiladi;
10. G’oyalarning turlicha va ko’p miqdorda bo’lishiga ahamiyat qaratiladi;
11. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlarni yodda saqlash, ularning fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning talabalar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.
Talaba: O’qituvchi tomonidan yaratilgan shart-sharoitlarga amal qilgan holda berilgan vazifani mustaqil bajaradi. Kerakli natijani qo’lga kiritadi.
Kutiladigan natija: Talabalar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o’zlashtiradi, kursning mohiyati haqida tasavvurga ega bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o'qitish metodikasi. -T.: TDPU, 2009. - 70 b.
3. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standard. -T.: Yangi yo‘l poligraf service, 2010.- 42-46 b.
4. Uzviylashtirilgan o’quv dasturi. -T.: Yangi yo‘l poligraf service, 2010. - 46-68 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |