11-Mavzu: Olmosh, kishilik olmoshlarini o’rganish metodikasi.(2 soat)
Reja:
1. Olmosh so’z turkumini o’rganish tizimi.
2. Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini.
3. Kishilik olmoshlarining yozilishi haqida.
Olmoshni o rgatish metodikasi
Boshlang'ich ta'limda faqat kishilik olmoshlari o'rganiladi. 4-sinfda kishilik olmoshlari haqidagi dastlabki umumiy tushuncha beriladi; ularning kelishik qo'shimchalari bilan turlanishi va imlosi o'rgatiladi. Kishilik olmoshlari bilan o'quvchilarni tanishtirishda predmetni nomlamasligi, ular faqat ko'rsatish uchun xizmat qilishi bilan tanishtiriladi. Boshlang'ich sinfda kishilik olmoshlarining ot bilan almashinib qo'llanishiga alohida to'xtab o'tilmaydi. Chunki men, sen olmoshlari hech qachon ot bilan almashinib qo'llanmaydi: „Men o'qiyapman, sen o'qiyapsan" deyish mumkin, lekin „Salima chiqyapman, Salima o'qiyapsan, qiz tikyapman" tarzida qo’llanmaydi. Lekin III shaxs kishilik olmoshi ot bilan almashinib qo'llanadi: „Qiz tikyapti — и tikyapti". O'qituvchi kishilik olmoshlari bilan tanishtirayotganda shunga diqqatni qaratish lozim. Kishilik olmoshi haqidagi dastlabki ma'lumot badiiy asardan keltirilgan og'zaki nutqqa doir misollarni kuzatish va tahlil qilish orqali beriladi.
Kishilik olmoshlarini o'rgatish jarayonida o'quvchilarda quyidagi bilim va ko'nikmalar hosil qilinadi:
—men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari, ular kim? so'rog'iga javob bo'ladi;
—kishilik olmoshlari so'z turkumi;
—kishilik olmoshlari 3 ta shaxsni birlik va ko'plikda ifodalaydi;
—ular kelishiklar bilan turlanadi; -ni, -ning qo'shimchalari men, sen olmoshlariga qo'shilganda o'zakdagi n tushib qoladi; и olmoshiga -ga, -da, -dan qo'shimchalari qo'shilsa, bir n tovushi orttiriladi kabi bilimlar beriladi;
—olmoshlarni nutqda to'g'ri va o'rinli qo'llash, ulami kelishikli holatda to'g'ri yozish, so'roqlar yordamida aniqlash va farqlash ko'nikmalari hosil qilinadi.
Olmosh so'z turkumi suhbat, yarim izlanishli muammoli metod, induktiv metodlarda tushuntiriladi. Bu metodlarning qaysi birida tushuntirilsa, shunga mos usul va ish turlari tanlanadi.
O'quvchilar olmoshlarning kelishik bilan qo'llanishini o'rganmagani uchun dastlabki tanishtirishda bosh kelishikdagi olmoshlar qatnashgan gap tanlanadi.
Kishilik olmoshi quyidagi matn asosida tushuntirilishi ham mumkin:
—Men „Jimjiloq" hikoyasini o'qim.
—Sen qaysi hikoyani o'qiding.
—U „Nihollarning nolasi" hikoyasini o'qidi. Suhbat o'tkaziladi:
—Birinchi gapdagi otni toping
—„Jimjiloq" nimaning nomi?
—Hikoya otichi?
—Shu gapda kim? so'rog'iga javob bo'Igan so'zni toping. Keyingi gaplar ham shu tarzda tahlil qilinadi.
Kim? so'rog'iga javob bo'Igan men, sen, и so'zlarini bir ustun qilib yozib qo'yiladi.
Biz, siz, ular so'zlanustida ham shunday tahlil o'tkaziladi. Suhbat davom ettiriladi:
—Birinchi gapni kim gapiryapti? (so'zlovchi I shaxs)
—Ikkinchi gapni kim gapiryapti? (tinglovchi II shaxs)
—Uchinchi gapni kim gapiryapti? (o'zga III shaxs)...
Demak, men, sen, и shaxsni bildiradi va bu so'zlar kim? so'rog'iga javob bo'ladi.
Biz, siz, ular so'zlari ustida ishlanadi. O'quvchilar javobiga aniqlik kiritiladi:
— Men, sen, u — so'z turkumi. Bu so'z turkumining nomi olmosh deb yuritiladi. Men, sen, u kishilik olmoshlari. Men I shaxsni, sen II shaxsni, и III shaxsni ko'rsatadi. Shundan so'ng biz, siz, ular olmoshlari yuzasidan suhbat o'tkaziladi. Kishilik olmoshlarining birlik va ko'pligi taqqoslash orqali ushuntiriladi va qaysi paytda men, sen, u, qaysi paytda biz, siz, ular qo'llanilishi ustida ishlanadi. Egalik qo'shimchalari ifodalaydigan 3 ta shaxs: so'zlovchi (men), tinglovchi (sen), o'zga . (u) eslatiladi va ular kishilik olmoshlari bilan bog'lanadi. Olmoshning gapda asosan ega vazifasida kelishi aytiladi.
Kishilik olmoshlarining ko'pligini tushuntirishda „Biz Vatan haqida ko'p maqollar biiamiz. Siz ham shunday maqollardan bilasizmi? tarzidagi gaplardan foydalanish mumkin. O'quvchilarning kishilik olmoshlari yuzasidan olgan tushunchalari bir necha dars davomida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlariga so'roq berish, qaysi so'roqlarga javob bo'layotganini aniqlash, matndan kishilik olmoshlarini topish, ularni o'zi bog'langan so'z bilan ko'chirish, kishilik olmoshlari ishtirokida gap tuzish, ularning gapda qanday bo'lak bo'lib kelayotganini aniqlash, kishilik olmoshlarining shaxs-sonini aytish, berilgan fe'llarga mos kishilik olmoshlarini tanlash va gap tuzish (Onamga yordam berdim. Onangga yordam berdingmi? Onasiga yordam berdimi?) kabi topshiriqli mashqlar bajariladi. Ayrim matnlar shaxsini o'zgartirib ijodiy qayta hikoya qildiriladi.
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'tish. Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'tishdan oldin shu mavzuni o'quvchilar ongli o'zlashtirishlari uchun xattaxtaga kelishiklarga doir jadval osib qo'yiladi. Suhbat metodidan fovdalanib shu jadval asosida kelishiklar haqidagi o'quvchilar olgan bllimlar takrorlanadi va ularning yangi mavzuni o'rganishlariga zamin tayyorlanadi:
— Nechta kelishik bor? Ularning nomini, qo'shimchasi va so'rog'ini ayting.
—Kelishiklar qaysi so'z turkumiga qo'shiladi?
—Kelishik qo'shimchalari qanday vazifa bajaradi? Misollar bilan tushuntiring.
O'quvchilar aytgan bitta gap xattaxtaga yozdiriladi va tahlil qilinadi. Masalan: Bilim davlatdan qimmat. (Maqol)
Do'stlaringiz bilan baham: |