O’qituvchi: Muammoni aniqlaydi.
1.Talabalarning o’zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratish;
2.Bildirilayotgan g’oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish;
3. Qog’oz varaqalari g’oyalar bilan to’lgandan so’ng ularning yozuv taxtasiga osib qo’yish;
4. Bildirilgan fikrlarni yangi g’oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash;
5. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlar ustidan kulish, kinoyali sharxlarning bildirilishiga yo’l qo’ymaslik;
7. Yangi g’oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to’g’ri yechimini aytishga shoshmaslik;
8. Talabalar tomonidan bildirilayotgan xar qanday g’oya baholanmaydi;
9. Talabalarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlari uchun qulay muhit yaratiladi;
10. G’oyalarning turlicha va ko’p miqdorda bo’lishiga ahamiyat qaratiladi;
11. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlarni yodda saqlash, ularning fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning talabalar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.
Talaba: O’qituvchi tomonidan yaratilgan shart- sharoitlarga amal qilgan holda berilgan vazifani mustaqil bajaradi. Kerakli natijani qo’lga kiritadi.
Kutiladigan natija: Talabalar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o’zlashtiradi, kursning mohiyati haqida tasavvurga ega bo’ladi.
“Klaster” metodini o’tkazish bosqichlari
O’qutuvchi: Talabalarni yangi mavzu bilan tanishtiradi.
1. Nimaniki o’ylagan bo’lsangiz, shuni qog’ozga yozing. Fikringizni sifati to’g’risida o’ylab o’tirmay ularni shunchaki yozib boring;
2. Yozuvingizni orfagrafiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang;
3. Berilgan vaqt nihoyasiga yetmaguncha yozishdan to’xtamang. Agar ma’lum muddat biron bir g’oyani o’ylay olmasangiz u holda kog’ozga biror narsani rasmini chiza boshlang. Bu xarakatni yangi g’oya tug’ulgunga qadar davom ettiring;
4. Muayyan tushuncha doirasida imkoniyat qadar ko’proq yangi g’oyalarni yig’indisining sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatishni cheklamang.
Talaba:Hamma tushunchalarni qabul qiladi.
1. Nimaniki o’ylagan bo’lsa, shuni qog’ozga yozadi;
2. Yozuvlarning orfagrafik, grammatik jixatlariga e’tibor bermaydi;
3. Berilgan vaqt nihoyasiga yetmagunga qadar o’z fikrini davom ettiradi;
4. Muayyan tushuncha yuzasidan ko’proq ma’lumotlarni yoritishga harakat qiladi;
Texnologiya nihoyasiga yetgach o’qituvchi boshchiligida tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |