Fanning maqsadi va vazifalari.
Fanning asosiy maqsadi – talabalarni boshlang`ich sinflarda ona tili fanining mazmuni va vazifalari, o`qitish usullari, ta'limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari:
1. Talabalarni ona tili ta'limi sohasi bo`yicha davlat ta'lim standarti va o`quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni va metodik qurilish bilan tanishtirish; boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarni husnixatga o‘rgatishning metod va usullarini o‘rgatish.
2. Talabalarni boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitishda kerakli bo`lgan qo`shimcha materiallarni, imloviy mashqlarni, diktantlarni, grammatik tahlil, qayta hikoyalash va bayon uchun matnlarni, insho uchun mavzu va materialni tanlash va ulardan foydalanishga o`rgatish.
Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakalariga
qo’yiladigan talablar
Ona tili o‘qitish metodikasi fanini o‘qitish jarayonida
Bakalavr:
boshlang’ich sinf ona tili o’qitish metodikasining o'ziga xos xususiyatlari:
husnixatga o‘rgatishning ahamiyati va vazifasi;
-boshlang’ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi sohasida olib borilgan tadqiqotlar va fanning muhim bo’lgan muammolari;
ona tili o’qitish metodikasining tarixi va hozirgi vaqtdagi holati haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
ona tili o’qitish metodikasi fanining ilmiy asoslarini, tamoyillarini;
ona tili o’qitish metodikasi bilan bog’liq fanlarni, ularning tekshirish metodlarini;
ta’lim jarayonida qo’llanadigan metodlami, dars tiplari va tarkibini;
savod o’rgatish metodikasini;
husnixat metodikasining shakllanish tarixini;
husnixatga o’rgatishning shartlari va grafik asoslari, metodlari va tamoyillarini;
boshlang’ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish va ularga qo’yiladigan talablar;
o’qish metodikasi va sinfdan tashqari o’qish metodikasini;
fonetika, so’z tarkibi va so’z yasalishini o’rgatish metodikasini;
orfografiya, sintaksis hamda punktuatsiya elementlarini o‘rgatish metodikasini;
so’z turkumlarini o’qitish metodikasini;
boshlang‘ich sinflarda ona tili, o’qish darslarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay va foydali shakllari, usullari va vositalarini bilishi va foydalana olishi;
ona tili darslarida ta’lim va tarbiya birligi tamoyiliga amal qilish;
grafik xatolar ustida ishlash, o’quvchilaming chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish;
dars turlarini farqlay olish, dars jarayoniga ilg’or va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib kirish;
kompyuter va o‘qitish texnika vositalaridan, turli ko’rgazma hamda tarqatma materiallardan samarali foydalana olish;
o’quvchilar bilimini tekshirish va baholash shakllarini aniqlay olish;
o‘quvchilarning nutqiy, imloviy va grafik xatolarni tahlil qila olish;
xatolarni kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda xatolaming oldini olish va bartaraf qilish ustida ishlash ko‘nikmalariga ega bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |