Sobirjon Ibrohimov
Og’zaki va yozma nutq yuqori madaniyatga erishish, ona tilini va uning mo’jizakor taraqqiyotini yaxshi bilish, uning tasviriy ifoda vositalaridan rang-barang uslubiy imkoniyatlaridan foydalana olish malakasi har bir kishi uchun, uning ijtimoiy hayotida va ijodiy faoliyatida eng yaxshi tayanch, eng sodiq ko’makchi va eng ishonchli rekomendatsiyadir.
V.V. Vinogradov
Ona tili milliy madaniyatimizning yuksalishida qudratli quroldir. Bu qurolni o’rganish bilan biz fikrimizni boyitamiz, bilimimizni oshiramiz. Tilning ifoda vositalarini, qonun-qoidalarini puxta bilish jamiyatning har bir sohasidagi ishda o’z rolini ko’rsatadi.
Ayub G’ulomov
25-amaliy mashg’ulot: 8.3. Ona tilim-qalbim quyoshi ertaligining rejasi va ishlanmasini tuzish (2 soat)
ONA TILIM - QALBIM QUYOSHI
boshlovchi:
Ona tilim, buyuklikda eng baland tog'san,
Ona tilim, suyuklikda Erami bog'san.
boshlovchi:
Ona tilim, jon tilim,
Yuragimning qo'rida sayrab turgan bulbulim.
boshlovchi: - Assalomu alaykum, aziz ustozlar, hurmatli o'quvchilar.
boshlovchi: - Assalomu alaykum, davramiz ishtirokchilari va mehmonlar.
boshlovchi: - Bugun mamlakatimizda katta tantana, ya’ni 21- oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
boshlovchi: - Shu munosabat bilan «Ilhom chashmalari» to'garagi a’zolari «Ona tilim - qalbim quyoshi» deb nomlangan tadbir tayyorlab kelganlar. Marhamat, tinglab tomosha qiling.
boshlovchi: - Jahondagi juda ko'p mamlakatlar o'z davlat tiliga ega. O'zbekiston Respublikasining ham o'z davlat tili bor. Bu haqda respublikamizning asosiy Qonuni - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4- moddasida shunday yozilgan: «O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir,..».
boshlovchi: Davlat tili deganda, shu davlat hududida asosiy aloqa vositasi bo'lgan til tushuniladi. Barcha davlat hujjatlari davlat tilida yoziladi. Majlislar, anjumanlar, qurul- toylar shu tilda olib boriladi.
boshlovchi: - Har bir davlat o'z tilining sofligini, uning boyib borishini ta’minlaydi va ist’emol doirasini kengaytirishga harakat qiladi, davlat tilini o'rganish va o'qitish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi.
boshlovchi: - «O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi qonuni 1989- yil 21- oktabrda qabul qilingan. Shuning uchun xalqimiz har yili ushbu kunni til bayrami sifatida nishonlaydi.
1- boshlovchi: - Bu kunda biz ona tilimiz haqida she’r va qo'shiqlar aytamiz. Tilimizning uzoq va boy tarixini eslab, uni rivojlantirishga hissa qo'shgan yozuvchilar, shoirlar, olimlar xotirasini yodga olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |