Denov filiali pedagogika fakulteti



Download 7,27 Mb.
bet69/360
Sana11.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#544168
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   360
Bog'liq
Denov filiali pedagogika fakulteti (3)

Savol va topshiriqlar

  1. Kichik yoshdagi oquvchilar uchun sintaktik bilimlarni ozlashtirishning ahamiyatini tushuntiring. Boshlang’ich sinflarda „Gap“ mavzusi materiallarini o’rganishdagi izchillikni asoslang.

  2. O’quvchilarning gapning bosh bo’laklari — ega va kesim bilan qanday tanishtirasiz? Darsda qanday ko’rgazmalardan foydalanasiz?

  3. Boshlangich sinf o'quvchilari gapda sozlarning bogianishini o'zlash- tirishda qanday qiyinchiliklarga duch keladilar?

  4. Boshlangich talimjurnalida chop etilgan gap ustida ishlashga doir maqolalardan topib, ularga taqriz yozing.

  5. Imlo qoidalarining ahamiyatini izohlang. Imlo qoidasi ustida ishlash jarayonining asosiy komponentlarini aniq misollar bilan tushuntiring.

  6. O’quvchilar lug’atini boyitishda ona tilining tutgan o’rnini tushuntiring.

  7. O’quvchilarning ona tilidan bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish usullaridan biriga oid topshiriqlar tizimini ishlab chiqing.

BBB” metodini o’tkazish bosqichlari


O’qituvchi: Talabalarni yangi mavzu bilan tanishtiradi;
Mazkur mavzu bo’yicha bilgan bilimlarini hoxlagan tushuncha va ma’lumotlarini yozma ravishda bayon etishlari talabalardan so’raydi;
- Quyidagi sxema asosida ishlashlarini taklif etadi;



Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim








Uchinchi, ya’ni bilib oldim bo’limini bo’sh qoldiriladi;
-Belgilangan vaqt yakunlangach talabalar yozgan fikr mulohazalarini o’qib eshittiradi;
-Ularni tiglab, mavzuning talabalar uchun o’rganilmagan jihatlarini tushuntirib yoritib beradi;
-Mashg’ulot yakunida “Bilib” oldim bo’limini to’ldirishlarini so’raydi va bo’limni xohlagan, bilib olgan ma’lumotlarini taqqoslashni uyga vazifa tarzida beradi.
Talaba: Hamma topshiriqlarni qabul qiladi va bajaradi;
-Nimaniki o’ylagan bo’lsa, shuni qag’ozga yozadi;
-Berilgan mavzu bo’yicha bilgan va bilmagan jihatlarini tahlil qiladi;
-Mustaqil ijodiy ishlaydi.
Kutiladigan natija: Talabalar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o’zlashtiradi, kursning mohiyati haqida tasavvurga ega bo’ladi.

Aqliy hujum” metodini o’tkazish bosqichlari


O’qituvchi: Muammoni aniqlaydi.
1.Talabalarning o’zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratish;
2.Bildirilayotgan g’oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish;
3. Qog’oz varaqalari g’oyalar bilan to’lgandan so’ng ularning yozuv taxtasiga osib qo’yish;
4. Bildirilgan fikrlarni yangi g’oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash;
5. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlar ustidan kulish, kinoyali sharxlarning bildirilishiga yo’l qo’ymaslik;
7. Yangi g’oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to’g’ri yechimini aytishga shoshmaslik;
8. Talabalar tomonidan bildirilayotgan xar qanday g’oya baholanmaydi;
9. Talabalarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlari uchun qulay muhit yaratiladi;
10. G’oyalarning turlicha va ko’p miqdorda bo’lishiga ahamiyat qaratiladi;
11. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlarni yodda saqlash, ularning fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning talabalar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.
Talaba: O’qituvchi tomonidan yaratilgan shart-sharoitlarga amal qilgan holda berilgan vazifani mustaqil bajaradi. Kerakli natijani qo’lga kiritadi.
Kutiladigan natija: Talabalar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o’zlashtiradi, kursning mohiyati haqida tasavvurga ega bo’ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o'qitish metodikasi. -T.: TDPU, 2009. - 70 b.
3. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standard. -T.: Yangi yo‘l poligraf service, 2010.- 42-46 b.
4. Uzviylashtirilgan o’quv dasturi. -T.: Yangi yo‘l poligraf service, 2010. - 46-68 b.


17-Mavzu: Nutq o’stirish metodikasi
Kichik yoshdagi o`quvchilar nutqini o`stirish yo’llari va vazifalari. Nutq va uni o’stirish tushunchasi. O’quvchilar nutqiga qo’yilgan talabalar. Nutq o’quvchilar tafakkurini o’stirishda muhim vosita (2 soat)
Reja:
1. Nutq va uni o‘stirish tushunchasi.
2. Nutq turlari.
3. O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar.
4. Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir.
5. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda boshqa mashg‘ulotlarning o‘rni.

Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. Nutq-kishi faoliyatining turi, titl vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funktsiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi.


Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvafaqqiyatli ta’limolish qurolidir.
Nutq –ustirish nima?Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi, bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va priyomlarni qo‘llash tushuniladi.
Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:
1, Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki va yozma bayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.
2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalasagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti –nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular:
1. Adabiy til normalarini o‘zlashtirish.
2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish.
3. O‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish.
Nutq o‘stirishda uch yunalish aniq ajraladi: 1) so‘z ustida ishlash; 2)so‘z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash.
So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib leksikalogiya (frazealogiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog‘lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikaga asoslanadi.
Nutq o‘stirishda izchyaillik to‘rt shartni, ya’ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga bo‘ysundirish ko‘nikmasini amalga oshirish bilan ta’minlanadi.
Nutq turlari. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o‘z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o‘ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan “o‘ylangan” (fikrlangan) nutqdir. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir.
Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi.
Fikrni ifodalash usuliga ko‘ra nutq og‘zaki va yozma bo‘ladi.
Og‘zaki nutq ko‘pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo‘ladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish